|
Badiiy obrazning, voqelikning aniq-tiniqligi, ko‘rimliligi
|
bet | 5/7 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 33,84 Kb. | | #101877 |
Bog'liq 1 лекция1.Badiiy obrazning, voqelikning aniq-tiniqligi, ko‘rimliligi. Bu xususiyat aksaran, maktabgacha tarbiya va kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar kitobxonligiga xos. Ular uchun yozilgan asarlarning har bir jumlasi asosida rasm chizish mumkin. G‘afur G‘ulomning “O‘ylashni o‘rganamiz” she’rida mavhum hodisani ko‘rimli qilib tasvirlash yorqin kuzatiladi. Muxtorjon olti yoshli singlisi Munisxondan “O‘ylashni bilasanmi?”– deb so‘raganida, uning: “Aka-a, o‘zing ayta qol, O‘ylash degan nimadi?”, – deya iqror bo‘lgani bejiz emas. Shunda, Muxtorjonning “jiddiy turib”, “qoshini birga yig‘ib” o‘ylashida ham aynan kichkintoylarga xos “muzqaymoqdan tog`, nuqul gilos bog`, bir qozon qaymoq, “tuyaday pishloq” kabi obrazlar ko‘rimlilik – predmetlilik kasb etadi. Bu esa kichkintoylar tasavvurini yorqinlashtiradi.
Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarga mo‘ljallab yozilgan asarlarda yana do‘stlik, Vatanga muhabbat, iymon, e’tiqod singari mavhum tushunchalar obrazli tasvirda, ramziy detallarda tasvirlanadi. A.Obidjonning “Vatan” she’ri bugungi yosh avlod tafakkuri, o‘tkir aql-idrokiga monandligi bilan e’tiborga loyiq :
– Senga bitta savol bor,
Menga quloq sol, hoy, qush.
Vayronada yashaysan,
Noming esa naq Boyqush,
Ayt-chi, nahot sen boysan?
– Asl boylik neligin
Tushunmaysan, chamasi.
Bu vayrona bo‘lsa ham,
O‘zimniki hammasi,
Shuning uchun men boyman!
Shoirning bolalarga xos tushuncha va tasavvurdan foydalanib, asl muddaoni ayta olgani diqqatga sazovor. Boyqushning ko‘rimsizligi, buning ustiga xarobada yashashi uning nomiga munosib emasligi bolalarni qiziqtirishi tabiiy. Shoir aniq va ko‘rimli timsol – boyqush hamda u yashaydigan vayrona orqali kichik maktab yoshidagi kitobxonlar uchun hali mavhum bo‘lgan tushuncha – vatanparvarlik, o‘ziga beklik hissini anglatishga erishgan.
Bu jihat badiiy adabiyotning ijtimoiy hayotni o‘rganishdagi asosiy vosita ekanligini ham oydinlashtiradi. Zotan, S.Jo‘ra, Q.Muhammadiy, A.Muxtor, Sh.Sa’dulla, X.To‘xtaboyev, T.Adashboyev, S.Barnoyev kabi ijodkorlarning kichkintoylar uchun yaratgan asarlarida aniqlik ustuvor bo‘lsa, N.Fozilov, H.Nazir, M.A’zam, A.Obidjon, T.Malik singari adiblar ijodida o`smirlarga xos tasavvur yetakchi.
|
| |