|
Hikoya qilishda lirik yoki komik maylning kuchliligi
|
bet | 6/7 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 33,84 Kb. | | #101877 |
Bog'liq 1 лекция2.Hikoya qilishda lirik yoki komik maylning kuchliligi. Bolalar adabiyotining asosiy xususiyatlaridan biri – uning samimiy his-tuyg‘ularga boyligi ekani o‘z vaqtida V.G.Belinskiy tomonidan qayta-qayta uqdirilgan edi. Quvnoq yumor esa uni yanada to‘ldiradi. Bu hali-hanuz bolalar adabiyotining o‘ziga xosligini belgilab kelmoqda. N.G.Chernishevskiy shu ma’noda, bolalarga mo‘ljallangan badiiy asarlarda “Vah... Qanday dahshat?”, “Ey, muncha kulgili!”, “Bay-bay, muncha yaxshi!” kayfiyatlarini qo‘zg‘ovchi alomatlari bo‘lmasa, yosh kitobxonlarni to‘lqinlantira olmaydi, deb hisoblagan edi. Shu jihatdan qaralsa, o‘zbek bolalar adabiyoti tarixida ham lirik ko‘tarinkilik va quvnoq yumorga boy asarlar yosh avlod qiziqishiga ko‘proq muyassar bo‘lgan. Zero, G‘afur G‘ulomning “Shum bola”, X.To‘xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Sariq devning o‘limi”, “Sehrgarlar jangi yoxud, shirin qovunlar mamlakati”, A.Obidjonnng “Dahshatli Meshpolvon” va “Meshpolvonning janglari” kabi asarlarini o‘zgacha zavq bilan o‘qilishining siri avvalo shunda.
Real olam voqealarini xayolot dunyosiga o‘g‘irib, adadsiz orzular tasvirida berish bolalar adabiyotining doimiy ehtiyojlaridan. Ayniqsa, kichik yoshdagi bolalar kitobxonligiga xos ertak va hikoyalarni sehrli predmetlar, ajoyib-u g‘aroyib sarguzashtlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bolalar adabiyotida X.Andersen, M.Tven, R.Kipling, J.Rodari, K.Chukovskiy, X.To‘xtaboyev, A.Obidjon kabi bolalar adiblari asarlarida bu sirli tilsimlar asosiy g‘oyani ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. “Ayniqsa, Xudoyberdi To‘xtaboyevning Hoshimjoni – deb yozadi A.Rasulov – sehrli qalpoqchasini kiyib yarim dunyoni kezib chiqdi, ming-minglab kitobxonlar qalbidan joy oldi”6. Olim bunda X.To‘xtaboyevning mahorati, bolalar qalbini rom etish san’atini nazarda tutadiki, chindan ham o‘zbek bolalar adabiyotshunosligi oldida ularni teran yoritish masalasi hali-namuz ko‘ndalang turibdi.
Umuman, kichik yoshdagi o‘quvchilarni ham davr taraqqiyotining barcha muammolari, mavzulari qiziqtiradi. 8-11 yoshli bolalar, xalq nasri va adabiy ertaklar, tabiat, Vatan, vatanparvarlik, ota-onaga muhabbat, axloq-odob va kitob o‘qishga da’vat ruhidagi asarlar bilan birga, insonni teranroq o‘rganishga oid she’r va hikoyalarni katta qiziqish bilan o‘qiydilar. Binobarin, o‘zbek bolalar adabiyoti tarixida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar kitobxonligini G‘.G‘ulom, H.Olimjon, S.Jo‘ra, Z.Diyor, Q.Muhammadiy, Sh.Sa’dulla, I.Muslim, A.Rahmat, Q. Hikmat, P.Mo‘min, T.Adashboyev, M.A’zam, A.Obidjon va boshqalarning quvnoq she’r va qo‘shiqlari, dostonlari va she’riy ertaklari; H. Nazir, X.To‘xtaboyev, N.Fozilov, M.Osim, T.Malik, H.Shayxov, S.Barnoyev, F.Musajon, O.Husanov va boshqalarning hikoya, qissa hamda romanlari tashkil etib keldi. Istiqlolga erishgach, bu yoshdagi kitobxonlarga, ayniqsa, vatanparvarlik va Vatan tarixi haqidagi badiiy asarlar behad zarurligi, xorijdagi tengqurlari hayoti haqidagi asarlar ham alohida qiziqish uyg‘otishi yaqqolroq anglandi. Bu jihatdan ham o`zbek bolalar adabiyoti namunalari hisoblangan “Qonli barmoqlar”, “Zafar va Zahro” (Oybek), “Dunyo bolalari” (A.Muxtor), “Afg‘on hikoyalari” (S.Barnoyev) qatorida mashhur italyan bolalar adibi Janni Rodarining “Chipollinoning boshidan kechirganlari”, “Jelsomino yolg‘onchilar mamlakatida”, “Muzqaymoqdan qurilgan shahar”, shved bolalar adibasi Astrid Lindgrenning “Mittivoy va tomda yashovchi Karlson haqida ikki qissa”, polyak adibi Yanush Korchakning “Qirol Matiush birinchi”, shuningdek, qardosh xalqlar bolalar adabiyotlarining eng sara namunalari alohida qimmat kasb etadi. Bu xildagi asarlar bolalarning olam va odam haqidagi bilimlarini rivojlantiradi, lug‘at boyligini oshiradi, dunyoqarashining shakllanishiga, insoniy fazilat tarkib topishiga, shaxs xarakterining toblanishiga ta’sir ko‘rsatadi, nihoyat, badiiy adabiyot ular uchun chinakam “hayot darsligi”ga aylana boradi.
|
| |