Bir silindrli 4 taktli karbyurator va dizel dvigatellarining ishlash prinsipi. 1 silindrli 2 taktli karbyuratorli dvigatelining ishlash prinsipi




Download 0,56 Mb.
bet2/3
Sana04.06.2024
Hajmi0,56 Mb.
#260112
1   2   3
Bog'liq
Ma\'ruza № 1A

1.5. Bir silindrli 4 taktli karbyurator va dizel dvigatellarining ishlash prinsipi. 1 silindrli 2 taktli karbyuratorli dvigatelining ishlash prinsipi
Karbyuratorli, injektirli va dizelь dvigatellarning ish jarayonida porshenь ish yo’li taktida gazlar bosimi ta’siridan siljib tirsakli valni aylantiradi. Kiritish, siqish va chiqarish taktlarida esa porshenni maxovikning kinetik energiyasi hisobiga aylanuvchi tirsakli val harakatlantiradi.
Ikki taktli dvigatelda kiritish va chiqarish klapanlari yo’q. Yonuvchi aralashmani kiritish va ishlatilgan gazlarni chiqarish uchta teshik orqali porshenь yordamida bajariladi.
Porshenь silindr ichida yuqoriga harakatlanganda krivoshipli kamerada siyraklik hosil bo’ladi. Porshenь karbyuratorga tutashtirilgan kiritish tuynugini ochganda krivoshipli kameraga yonuvchi aralashma kiradi.
Porshenь pastga harakatlanganda yonuvchi aralashma dastlab qisiladi. Porshenь pastgi qo’zg’almas nuqtaga yaqinlashganda puflash kanalining tuynugini ochib, krivoship kamerani krivoship ichidagi (porshenь ustidagi) bo’shliqga tutashtiradi.
Oldindan siqilgan yonuvchi aralashma krivoship kamerasidan puflash kanali orqali silindrga kiradi va porshenь yuqoriga qo’zg’almas nuqtaga harakatlanganda siqiladi.
Porshenь yuqoriga qo’zg’almas nuqtaga yaqinlashganda o’t oldirish svechasining yordamida ish aralashmasi alangalanadi. Porshenь kengayuvchi gazlar bosimi ta’sirida pastga harakatlanib, ish yo’lini bajaradi va ayni vaqtda krivoship kameradagi yonuvchi aralashmani siqadi. Bu vaqtda ishlatilgan gazlar bosim ostida chiqarish trubasi orqali tashqariga chiqariladi. Krivoship kamerada siqilgan aralashmaning bosimi silindrdagi gazlar bosimidan ortiq bo’lgani uchun ishlatilgan gazlar puflab chiqariladi va silindr aralashma bilan to’ldiriladi so’ngra porshenь Yu. CH. N ga harakat etib jarayon takrorlanadi.
Bir silindrli dvigatel katta quvvat hosil qilmaydi. Bunda katta quvvat hosil etish uchun silindr diametrini oshirish, muvozanatlashtirish mexanizmi o’rnatilishi zarur. Yuqorida qayd qilingan kamchiliklari tufayli 1 silindrli dvigatellar juda kam qo’llaniladi. Silindrlar soni ko’payishi bilan Dvigatel barqaror va puxta ishlaydi. SHu sababli zamonaviy traktor va avtomobillarga 4, 6, 8 va 12 silindrli dvigatellar o’rnatiladi.

Download 0,56 Mb.
1   2   3




Download 0,56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bir silindrli 4 taktli karbyurator va dizel dvigatellarining ishlash prinsipi. 1 silindrli 2 taktli karbyuratorli dvigatelining ishlash prinsipi

Download 0,56 Mb.