Ma`ruza Mavzu: Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi moddalar tasnifi




Download 170,32 Kb.
bet10/13
Sana17.11.2023
Hajmi170,32 Kb.
#100654
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ma`ruza Mavzu Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi moddala

Silikat betonlar
Silikat beton - avtoklavda qotadigan sementsiz betonlarning ohak-qum, ohak-kul va boshqa ohak-qumli bog‘lovchilar asosida olinadigan katta guruhidir.
Silikat betonlar tuzilishi bo‘yicha 2 xil: zich va g‘ovakli bo‘ladi. Mayda donador zich silikat beton og‘ir betonning turidir, lekin yirik to‘ldirgichli og‘ir sementli betondan farqli o‘laroq silikatli betonning tuzilishi bir jinsliroq va narxi ancha arzon bo‘ladi.
Zich silikat betonli buyumlar tayyorlash jarayoni quyidagicha bo‘ladi: so‘ndirilmagan ohakni maydalash, ohak qum va gipsni dozalash va sharli tegirmonda tuyish yo‘li bilan ohak-qumli bog‘lovchi va suv bilan aralashtiradigan beton qorgichda silikatobeton qorishmasini tayyorlash, buyumlarni avtoklavda 174...1910S bug‘ haroratida qotirish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Zich silikat betondan tayyorlangan buyumlarning zichligi 1800...2200 kg/m3 . Uning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi keng chegaralarda o‘zgaradi va u aralashma tarkibiga avtoklavda ishlash rejimi kabi boshqa omillarga bog‘liq. Masalan, avtoklavda qotirilgan silikat betonlar ohak qattiq komponentlar massasi bo‘yicha 8...11% sarflanganda hamda shibbalab zichlanganda 15...30 MPa mustahkamlikka ega bo‘ladi. Lekin mayda tuyilgan kvars qumdan 15...30% qo‘shilsa, ularning siqilishga mustahkamligi 2...3 marta ortishi mumkin, ya’ni 40...60 MPa ga teng bo‘ladi. Silikat betonning suvga chidamliligi qoniqarli, suvga to‘la to‘yinganda mustahkamligining pasayishi 25% dan ortmaydi. Sovuqqa chidamliligi 25...30 sikl, portlandsement qo‘shilganda esa 100 siklni tashkil etadi.
Yengil silikat betonli buyumlar tarkiban bog‘lovchilari nuqtai nazardan o‘xshash bo‘lsada, lekin to‘ldirgichlari sifatida keramzit, granullangan shlak, shlak pemzasi va shag‘al kabi g‘ovakli materiallar ishlatiladi.
Silikatli betonlar zichligi bo‘yicha quyidagi turlarga ajratiladi. Konstruksion silikat betonlar 1400...1800 kg/m3 bo‘lgan betonlar, zichligi 500...1400 kg/m3 konstruksion-issiqlikdan himoyalovchi va zichligi 500 kg/m 3 gacha bo‘lgan issiqlikdan himoyalovchi betonlarga bo‘linadi. Issiqlikdan himoyalovchi betonlarni issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,5...0,7 Vt/(m. 0S) gacha bo‘ladi.
Yengil silikatli betonlarni siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 3,5 MPa dan 20 MPa gachadir. Suv shimuvchanligi 12...30% gacha va sovuqqa chidamliligi 15...50 siklgachadir. G‘ovakli to‘ldirgichlar qo‘shib tayyorlangan engil silikatli betonlardan turar joy binolarini tashqi va ichki devorlarini blok va panellarini tayyorlashda ishlatiladi.
G‘ovakli silikatli betonlar g‘ovakli tuzilishini hosil qilish usuliga qarab peno va gazosilikatli betonlarga ajratiladi. Bu betonlar ohak-qumli plastik aralashma tarkibiga barqaror ko‘pik yoki gaz hosil qiluvchi alyuminiy pudrasi yoki gidrolizlangan qon qo‘shish yo‘li bilan olinadi. Bunday betonlar zichligi 300...1200 kg/m3 gacha, mustahkamligi esa 1...20 MPa gacha, issiqlik o‘tkazuvchanligi esa 0,09-0,4 Vt/(m. 0S).
G‘ovak silikatli betonlardan ham turar joy va jamoat binolarini parda devorlarini hamda tashqi devorlarini tiklashda ishlatiladi.

Download 170,32 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 170,32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma`ruza Mavzu: Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi moddalar tasnifi

Download 170,32 Kb.