|
Ma`ruza Mavzu: Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi moddalar tasnifi
|
bet | 12/13 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 170,32 Kb. | | #100654 |
Bog'liq Ma`ruza Mavzu Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi moddalaPardadevorlar uchun gipsli plita. Pardadevorlar uchun gipsli plita gips yoki gipsobetondan tayyorlanadi. Ularni eni 400...800 mm gacha, qalinligi 80...100 mm gacha uzunligi 800...1500 mm gacha qilib chiqariladi. Gipsli plitani zichligi 1000...1300 kg/m3 gacha siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 3...4 MPa gacha va namligi (massa bo‘yicha) ortig‘i bilan 8% gacha bo‘lishi lozim. Gips plitalarni egilishga va cho‘zilishga bo‘lgan mutahkamligini oshirish maqsadida ularni ichiga armatura sifatida yog‘och reyka yoki qamish joylashtiriladi. Bu plitalarda muntazam ravishda namlanmaydigan pardadevor qismlarini tiklash maqsadida ishlatadilar.
Gips-beton panellar industrial qurilishda o‘z-o‘zini tutib turuvchi pardadevorlar qurish va pol asoslarini qurish maqsadida ishlatiladi, hamda plitalar o‘z hajmini kattaligi va mustahkamligi bilan farq qiladi. Panellarning uzunligi xona uzunligiga yoki yarmiga, eni esa qavat balandligiga teng yassi plitadan iborat bo‘lib, qalinligi esa 80...120 mm gacha bo‘ladi. Ular sidirg‘a bo‘lishi, eshik o‘rinlari qoldirib tayyorlangan bo‘lishi mumkin .
Gips-beton panellar prokat kassetalarda uzluksiz qoliplash usulida tayyorlanadi. Panellarni prokat stanida tayyorlash jarayoni tayyorlangan gips-beton qorishmasining reyka karkaslarga yotqizish, panellarni qoliplash, gipsni tutib qolishi uchun ularni saqlab turish keyin esa quritish kameralarida quritish so‘ngra esa omborga tashishdan iborat.
Tayyor panellar namligi 8% gacha bo‘lishi zichligi esa 1250-1400 kg/m 3 gacha va mustahkamligi 3,5 MPa gacha bo‘lishi lozim. Ularni qurilishga panelovozlar yordamida tashiladi va montaj qilingunga qadar metall kassetalardagi tayanch bruslarda saqlanadi, hamda yog‘in-sochindan himoya etish uchun ular brezentlar bilan o‘ralib qo‘yilishi lozim .
Pol asoslari uchun mo‘ljallangan panellar gips-sement-putssolanli (GSPV) bog‘lovchilar asosida tayyorlangan gipsobetondan iborat bo‘lib, yog‘och armatura bilan armirovkalanadi. Panellar 50-60 mm qalinlikda va uzunligi hamda eni xona o‘lchamiga mos yoki xona o‘lchami katta bo‘lsa bir qismiga mos qilib mo‘ljallab chiqariladi.
Bu panellarni quritish kamerasidan chiqqan holdagi namligi 10% gacha, mustahkamligi esa 7 MPa, zichligi esa 1300 kg/m 3 gacha bo‘lishi kerak. Panellar yuzasi shunday qilinishi lozimki, uning ustiga bir tekis xarajatsiz linoleum yotqizilishi, plitkalar yoki parketlar bir tekis holda yotishi lozim.
|
| |