• Tayanch so‘zlar va iboralar Eritrotsitlar, donador va donasiz leykotsitlar, trombotsitlar
  • Qonning vazifalari
  • Qon tarkibi: - hujayralararo modda (plazma), - shaklli elementlari (hujayralari). Plazma
  • PLAZMANING TARKIBI
  • (Anthony L. Mescher Junqueira’s Basic Histology Text and atlas
  • Ma’ruza mavzusi: qon. Gemositopoez ma’ruza rejasi




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/14
    Sana29.04.2023
    Hajmi0.55 Mb.
    #54746
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Ma’ruza mavzusi qon. Gemositopoez ma’ruza rejasi
    2 ON savollari 2 курс, elektronika 3 lab, Sabzavot, Кафедра режаси Xayrulla, saqlash laboratoriya, 15.15, Buyruq loyiha, 6-sinf, Davlat Safarov amaliyot hisoboti, Nurbek Tursunboyev, E va S1 ma\'ruza Mustaqil ish chala, MB laboratoriya 9,10,11,12 Asliddin Starosta, 6-мавзу, O zbek tilini sohada qo llanilishi fanidan mustaqil ish mavzular


    MA’RUZA MAVZUSI: QON. GEMOSITOPOEZ 
     
    Ma’ruza rejasi 
    1. Qonning umumiy tavsifi. Uning vazifalari. 
    2. Qon tarkibi: 1) plazma; 2) qon shaklli elementlari.
    3. Qon yaratilishi. 
    4. Limfa. 
    Tayanch so‘zlar va iboralar 
    Eritrotsitlar, donador va donasiz leykotsitlar, trombotsitlar, plazma, limfa. 
     
    Ma’ruza matni 
    Qon va limfa organizmning ichki muhit to‘qimasi hisoblanadi. Mazkur to‘qimaning o‘ziga 
    xos xususiyatlari – uning mezenximadan rivojlanishi, hujayralararo moddaning ko‘pligi, hujayra 
    elementlarining turli tumanligi. 
    Qonning vazifalari: 
    1) transport – gazlarni, oziq moddalarni, gormonlarni, oqsillarni, ionlarni, almashinuv 
    natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlarni tashiydi; 
    2) trofik; 
    3) nafas olish 
    4) himoya – yallig‘lanish va immun reaktsiyalarda ishtirok etish; 
    5) ekskretor – metabolizm mahsulotlarini chiqarish; 
    6) gomeostazni boshqarish – organizm ichki muhitini doimiyligini ta’minlaydi, tana haroratni, 
    osmotik muvozanatni, kislota-ishqor holatini boshqaradi; 
    7) qonning ivishini – qon ketishini oldini oluvchi tromblarni hosil qilish. 
    Qonning og‘irligi tana og‘irligining 5% tashkil etadi, qonning hajmi – taxminan 5-5,5 l. 
    Qon tarkibi: 
    - hujayralararo modda (plazma), 
    - shaklli elementlari (hujayralari). 
    Plazma: suvdan (90-95%) va unda eriydigan oqsillar, aminokislotalar, nukleotidlar, 
    glyukoza, mineral moddalar, almashinuv mahsulotlaridan (7-10%) tashkil topgan. 
    PLAZMANING TARKIBI 
    Qon plazmasi suvli eritma bo‘lib, rN 7,4 ga teng.Plazmaning tarkibida yuqori va past 
    molekulyar massali moddalar bo‘lib,uning umumiy hajmining 7 % tashkil etadi. Plazmaning 
    tarkibidagi asosiy oqsillar va unda eruvchi moddalar,elektrolitlar yani respirator 
    gazlar,gormonlar 
    va 
    noorganik 
    ionlar 
    va 
    azot 
    qoldiqlaridan 
    tashkil 
    topgan 
    bo‘ladi.Kapillyarlarning devori orqali plazmaning tarkibidagi past molekulyar og‘irlikdagi 
    moddalar to‘qimalararo suyuqlik bilan muvozanatda turadi.Plazmaning tarkibida odatda
    hujayradan 
    tashqari 
    hamma 
    suyuqliklarning 
    o‘rtacha tarkibining ko‘rsatkichlari 
    bo‘ladi.Albumin,plazmaning tarkibidagi eng asosiy oqsil hisoblanib,jigarda ishlab 
    chiqariladi,uning vazifasi qonning osmotik bosimini bir meyorda ushlab turishda ishtirok 
    etish.Globulinlar,jigar 
    va 
    boshqa 
    azolarda 
    ishlab 
    chiqariladi, 
    ά-, β- va γ
    -
    globulinlar,transferrinshuningdek, 
    qonning 
    ivishida 
    ishtirok 
    etuvchi 
    protrombin 
    vafibrinogenkabi 
    oqsillardan 
    iborat 
    bo‘ladi.γ -globulinlar, ular immunoglobulinlar 
    (antitanachalar) hisoblanib,periferik immun azolarda plazmatik xujayralar tamonidan 
    sintezlaniladi.Fibrinogen, qon plazmasining eng yirik oqsili hisoblanadi (340 kDa), jigarda 
    ishlab chiqariladi,qonning ivishida ishtirok etadi.Qonning ivishi jarayonida u polimerizatsiya 
    bo‘lib,fibrin tolalariga aylanadi,hamda qon tomirni devorini yopib,qonni tashqariga chiqishiga 
    to‘sqinlik qiladi.Komplement bog‘lanish jarayonining oqsillarini mikroorganizmlardan 
    organizmni himoya qiladi.(Anthony L. Mescher Junqueira’s Basic Histology Text and atlas 

    Download 0.55 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza mavzusi: qon. Gemositopoez ma’ruza rejasi

    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish