|
Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 28/69 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,78 Mb. | | #251021 |
Bog'liq Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaz (1)Asosiy tushunchalar.
Kataliz- katalizatorlar ishtiroqida boruvchi reakstiyalarni o’rganuvchi fizik kimyo fanining bo’limidir. Hozirgi kunda kimyoviy va oziq- ovqat sanoatining korxonalaridagi maxsulotlarni 90% idan ortig’i kattalitik reakstiyalar xisobiga olinadi. Ammiak, nitrad kislota, azot o’g’itlarini olish, neftni qayta ishlash (kreking, riforming, izomerlash gidrotozalash) neftkimyo jarayonlari sung’iy kauchuk, elestomerlar, sun’iy tolalar olish va shunga o’xshash jarayonlar – katalitik jarayonlarda misol bo’laoladi.
Kataliz xodisasi tabiatda juda ko’p uchraydi. O’simlik va xayvon organizmida ko’pgina jarayonlar biokatalizatorlar (fermentlar) ta’sirida boradi. Yaqingacha, asosan kataliz jarayoning amaliyotigaginahamiyat berib kelingan edi, faqat so’nggi yillardagina uning nazariyasiga alohida ahamiyat berila boshlandi.Tadqiqotlar katalizatorlar reakstiyalarning aktivlanish energiyasni kamaytirix orqali reakstiyalar tezligini oshirishni ko’rsatdi, ya’ni katalizatorlarning reakstiyalar tezligini oshirishga asosiy sabab, katalizator ishtirokida reakstiya aktivlanish energiyasining kamayishidir (yoki uning maydalanishidir).
Kataliz reakstiya bergan sohaga ko’ra gomogen va geterogen katalizlarga bo’linadi. Gomogen katalizda reakstiya kirishuvchi moddalar va katalizator bir xil fazoda bo’lsa; geterogen katalizda katalizatorboshqa fazoda bo’ladi va kimyoviy reakstiya fazorlar chegarasida boradi. qattiq holdagi katalizator va reagentlar suyuq yoki gazsimon xoliga amaliyotda ko’p uchraydi.
Katalizatorlar saylovchanlik (selektivlik) xossasiga yoga. Ya’ni hamma kimyoviy reakstiyalarning tezlashtinradigan umumiy katalizator bo’lmaydi.
Katalizatorlarni selektivligidan, ya’ni ma’lum katalizatorgina tezlatadi. Reakstiya bir necha yo’nalishda borishi mumkin bo’lsa, ma’lum katalizator ma’lum yo’nalishigina tezlatadi.
Katalizatorlarni selektivligidan, ya’ni ma’lum katalizatorning ma’lum reakstiyani yoki reakstiya yo’nalishini tezlatishdan sanoatda keng foydalaniladi.
Katalizatorlar reakstiya muvozanatiga ta’sir etmaydi.
Katalizatorlarni qo’llash nazariy jixatdan chiqishi kerak bo’lgan mahsulot miqdorini qisqa vaqt ichida olishga imkon beradi.
Katalizatorlar to’g’ri va teskari reakstiya tezliklarini bir xilda oshiradi ya’ni muvozanat konstanta qiymati o’zgarmadi.
Katalizatorlarni kimyoviy reakstiya tezligiga ta’sirini katalizatorlarning reakstiyani kamida biron bir bosqichida aktivlangan kompleks xosil qilishda ishtiroki bilan tushuntiriladi. Shularni kimyoviy o’zgarishlarning bir yoki bir necha bosqichda aktivlangan kompleks tarkibida bo’lib reakstiya tezligini o’zgartiradigan va maxsulotlar tartibiga kirmaydigan moddalarga aytiladi-deb aytgan. Jarayon birin-ketin boradigan jarayonlardan iborat bo’lib, bundan barqaror bir qancha oraliq moddalar xosil bo’ladi. Bu oraliq moddalarni hamma vaqt ajratib olib bo’lmasa xam, ularning borligini turli usullar bilan aniqlash mumkin.
Birin –ketin boradigan reakstiyalardan har qaysisining aktivlanish energiyasi katalizatorsiz boradigan reakstiyaning aktivlanish energiyasidan kichik bo’ladi. Shunga bu reakstiyalar katalizator ishtirokida tezlashadi
k
A V S
Reakstiyani ko’raylik k- katalizator.
Bu reakstiya quyidagi bosqichlar bilan boradi;
a) Reagentlardan bittasi katalizator bilan birikma beradi;
A K AK
b) Bu AK oraliq birikma ikkinchi komponent bilan aktiv komplekis xosil qiladi;
AK V (AV)* K
a) Aktiv komplekis ajralib maxsulot beradi.
(AV)* K K S
Gomogen kataliz turlaridan eng tarqalgani kislota – asos katalizidir. Ko’pchishik reakstiyalar uchun N3O va ON-ionlar katalitik ta’sir ko’rsatadi.
Generogen kataliz.
Geterogen katalitik jarayonlarda katalizatorlar ko’pincha qattiq modda, reagentlar esa suyuq yoki gazsimon bo’ladi.
Geterogen kataliz mexanizmi xam, umumiy olganda, gomogen kataliz mexanizmidan farq qilmaydi. qattiq katalizator yuzasidagi atom yoki atomlar gruxi reagentlar bilan aktivlangan kompleks yoki beqaror oraliq birikmalar xosil qiladi. Buni xisobiga reakstiyalarning aktivlanish energiyasi kamayadi va u yoki bu yo’nalishda reakstiya tezlanadi.
Shuning bilan birga, generogenkataliz mexanizmi bir oz murakkabroqdir. Bu – jarayon fazalar chegarasida borishi va quyidagi bosqichlar movjudligidandir;
Dastlabki moddalarning katalizator yuzasiga xajmdan etib kelishi (diffo’ziya).
Katalizator yuzasidagi reakstiyalar .
Maxsulotlarni katalizator yuzasidan desorbstiyasi va aktiv markazlarning bo’shashi.
Bu jarayonlarningqaysi biri sekin bersa, umumiy jarayon tezligi shu bosqichning tezligiga teng bo’ladi. Bu bosqichga chegaralovchi (limitlovchi) bosqich deyiladi. qaysi bosqich chegaralovchi bo’lishi katalizatorning xossasiga (aktivligiga) va reakstiya sharoitiga boqliq.
Katalizator aktivligi turli omillarning ta’siri;
Haroratning ta’siri. Har bir katalizator tarkibi va tayorlanish sharoitiga qarab, ma’lum reakstiya uchun malum xaroratlar chegarasida eng katta aktivlikka ega bo’ladi. Odatda, katalizator qancha aktiv bo’lsa, uning past temperaturadagi aktivligi shuncha katta bo’ladi va xaroratning katalizator normal ishlaydigan ish haroratidan oshishi uning aktivligini kamaytiradi va xatto, uni butunlay passiv qilib qo’yadi. Shuning uchun katalitik va ayniqsa xaddan tashqv’ari oshib ketish katalizator uchun xaflidir.
Bosimning ta’siri. Umuman olganda, bosim o’zgarishi bilan katalitik reakstiyalarning unumi Le-Shatel’e prinstipiga bo’ysinadi. Lekin geterogen katalitik reakstiyalarda jarayonning birinchi bosqichi adsorbilanish bo’lgani uchun bosim o’zgarishi bilan reakstiyaning tezligi, binobarin, katalizatorning aktivligi xam o’ziga xos ravishda o’zgaradi.
Baezan bosimning o’zgarishi reakstiya yo’nalishini xam o’zgartirish mumkin. Vodorod bilan bo’la oladi. Normal bosimda reakstiyaning asosiy maxsuli metan bo’ladi. Reakstiya oksid katalizatorlar ishtirokida yuqori bosimda olib berilsa, metil spirti, juda yuqori bosimda esa yuqori molekulali spirtlar xosil bo’ladi.
Katalizatorning maydalanganlik darajasi (dispersligi).
Katalizator donachalrining o’lchami kichraygan sari uning yuzasi ortib boradi, natijada uning aktivligi xam oshadi. Boshqa tomondan, donachalar kichiklashgan sari reagentlarning diffo’ziyalanishi qiyinlasha boradi, bu esa katalizator aktivligining kamayishiga sabab bo’ladi. Demak, optimal disperslikni topish zarur.
Katalizator zaxarlari.
Ba’zi moddalar katalizator aktivligini kamaytiradi yoki butunlay yo’qotadi. Bunday moddalarda katalitik yoki zaxarlar deb ataladi. Brom birikmalari, NSN, RN3, ASN3 AS2 O3, R2O5, SO, N2S, NgCL2 lar misol bo’la oladi.
Umuman katalizatorlarni zaharlanishini 4ga bo’lishadi;
qaytar zaharlanishda zaharlanib aktivligini yo’qotgan katalizatorni turli usullar bilan yana aktiv xolga keltirish mumkin.
Masalan, N2O2 ni platina katalizator ishtirokida parchalash reakstiyasida SO zahardir. Bo’zaxar ishtirokida reakstiya oldin tez susayib so’ngra asta -–ekin o’z-o’zidan yana tezlasha boshlaydi. Buning sababi N2O2 ni parchalanishidan xosil bo’lgan kislarodni SO ni SO2 gacha oksidlashidir. SO2 esa yomon adsorbilanadi va SO2 zaxar emas.
2.qayitmas zaharlanishda zaharlangan katalizatorning aktivligini qaytadan tiklab bo’lmaydi. Masalan N2S, RN3 gazlari ko’p katalizatorni qaytmas zaharlaydi.
3.Ba’zan reagentdagioz miqdor zahar tasirida katalizator progessiv ravishda passivlanadi. Bu xil zaharlanish kummulativ yoki yig’ilib boradigan zaharlanish deyiladi. Masalan, N2 O2 ni platina katalizator ishtirokida parchalanishda katalizatorni yod shunday zaxarlaydi. Vaqt o’tishi bilan reakstiya tegligi 5amayib boradi.
Ba’zan, katalizatorning aktivligini kamaytiruvchi qo’shimchalar katalizator aktivligini kamaytirish bilan birga uning xususiyatinig va ba’zan fukstiyalarini o’zgartiradi.
Natijada ko’p bosqich bilan boradiga jarayon biror oraliq bosqichda to’xtab qoladi. Katalizatorning bunday zaralanishi qulay zaharlanish deyiladi. Masalan, benzol eritmasida benzoil xlorid platina katalizator ishtirokida gidrogenlanganda toluol xosil bo’ladi. Lekin bu reakstiya bir qancha bosqich bilan boradi;
S 2N5 SOSI n 2 S6 N5 SNO N 2 S6N5SN2ON
n 2 S6N5SN3
Agar toza benzol o’rniga iflosroq benzol yoki xinolin aralashgan benzol ishlatilsa, katalizatorning aktivligi kamayadi aproess al’digid xosil bosqichida to’xtab qoladi.
Kontakt zaxarlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, juda, oz miqdorda bo’lganda xam katalizator aktivligini sezilarli kamaytirib yuboa olish va xatto butunlay yo’q qilishdan iborat. Masalan nikel qatlamalarining aktivligi 0,000005g NSN ta’sirida ikki barobar, 0, 00003 g NSN ta’sirida esa katalizator tamomida passivlashadiyu
Ko’pgina katalizatorlarning aktivligi turli qo’shimchalar ta’sirida oshadi. Bu qo’shimchalar aktivlovchilar yoki promotorlar deyiladi.
Ma’lumki reakstiya uchun katalizator bo’lmasdan shu reakstiyaning katalizatori aktivligini oshiruvchi reakstiyaning katalizatori aktivligini oshiruvchi qo’shimchalar promotorlar deb, promtorlar qo’shish esa promotorlash deb tanladi. Masalan steriy va tariy moddalari gidrogenlovchi katalizator emas, lekin ularning xar biri nikelga 5% dan qo’shilsa, SO2 ni SN4 ga aylantirishdagi nikel katalizator aktivligi 10 marta ortadi.
Promotrlar ikki gruxga – stukturalar xosil qiluvchi va modifistirlovchi promotorlarga bo’linadi .Stukturalar xosil qiluvchi promotrlar katta konstentrastiyada bo’lgandagina ta’sir qiladi.
Modifistirlovchi promotrlar juda kam miqdorda ta’sir qiladi.
Ko’pgina katalizatorlar g’ovak materiallar (moddalar) yuzasiga surtilgan (yoyilgan) xolda qo’maniladi. Bunday g’ovak moddalar yoyuvchilar yoki tregerlar deb ataladi. Bunda, birinchidan katalizator tejaladi, ikkinchidan mexaniq mustaxkamligi ortadi; uchunchidan yuzasi kattalashadi va x.k.
Yoyuvchi sifatida ko’pincha tuproq, asbesk, ko’ir, metallar, ularning oksidlari ishlatiladi.
Kataliz nazariyalari.
Katalizning katta amaliy ahamiyatga egaligidan kataliz nazariyasini o’rganish zaruriyati tug’ildi. Xozircha katalizni to’la-to’kis tushuntirib beradigan yagoa nazariya yo’q, lekin katalizning turli tomonlarini ayrim- ayrim tushuntirib beruchi nazariyalar movjud.
Kataliz nazariyasi tarixiy nuqtai nazardan ikki gruxga; kimyoviy nazariyalar (oraliq birikmalar nazariyasi) bilan fizikaviy nazarichyaga bo’linadi.
Oraliq birikmalar nazariyasi gomogen katalizni yaxshi tushuntirib bersada, geterogen katalizdakuzatilgan turli funktlarni asbobini tushuntirib bera oladi.
Katalizning fizikaviy nazariyasi adsoroblanish jarayoniga asoslanadi.
Yuqoridagilarni xisobga olgan nazariyalar; Teylorning energenik nazariyasi, N.I. Kobozevning aktiv ansanbil’ nazariyasiS.Z. Roginskiyning kim1viy nazariyasi, A.A Balandinning mul’tplet nazariyalari mavjud.
Tajribada ancha tasdiq topgan ko’pchilik e’tirof qilgan nazariyalardan biri A.A Balandinning mul’tplet nazaniyasidir. Bu nazariyaga ko’ra, adsorbstion aktiv markazlarning ma’lum sondagi (dunlet, treplet mul’plet) guruhi katalitik markazlarni xosil qiladi. Birdan ortiq markazlarga tortilgan moekula kuchli deformastiyaga uchraydi.
Bu nazariyaga muvofiq ikki xil muvofiqlar bo’lishi kerak; geometrik va energiyaviy muvofiqlik bo’lishi kerak.
Agar kristal to’zumidagi katalizatorlarda boradigan reakstiyalarni A.A.Balandin nazariyasi yaxshi izoxlasa, kristal oldi, amorf tuzilishdagi katalizatordagi jarayonlarni N.I.Kobozevning aktiv ansambllar nazariyasi bir muncha to’laroq tushuntiradi.
N.I.Kobozev fikricha, aktivmarkazlarning tabiatini kristal xolat bilan bog’lash noto’g’ri. Yoyuvchiga yoyilgan katalizator misolida katalitik aktivlik yoyuvchidagi katalizator miqdoriga ekstemal bog’liqligini ko’rsatdi vabu nazariyaga ko’ra aktiv markazlar ma’lum miqdordagi bir qancha atomlar ansambilidan iborat bo’ladi. Ansambl’ bir xil qancha atomlardan (faqat katalizator atomlaridan) yoki har xil atomlardan (faqat katalizator atomlaridan) yoki xar xil atomlardan iborat bo’lishi mumkin.
Yana S.Z.Roninskiy va F.F.Vol’kenshteynlar tomonidan ishlab chiqilgan katalizning elektron nazariyasini va N.N.Semenov, V.Voevodskiylar tomonidan ilgari surilgan katalizning radikal nazariyalarini keltiribsh mumkin. Bu nazariyalar tajriba ma’lumotlari bilan boyib tiklanish davrini kechirmoqda.
Fermentativ kataliz xaqida tushunchalar
Tabiiy gomogen katalizator – fermentlar o’ziga xosligi,yuqori saylovchanligi bilan ajralib turadi. Bo’lar maxsus oqsil molekulalar bo’lib ularda bo’shliq va bir necha aktiv markazlar mavjudbo’lgani uchun fazoda bir –biriga va aktiv markazlarga nisbatan ma’lum yo’nalishda yaxshi joylashadi. Ko’pincha fermentlar tarkibida o’zgaruvchan valentligi bo’lgan metallar kiradi. Shuning uchun fermentlarni gomogen metalkompleksli katalizatorlarda sinfiga belgilashadi.
Fermentlar ko’pgina reakstiyalarni “yumshoq” sharoitlarda olib borishga imkon beradi. Masalan oqsillar pH 7 da proteaza deb ataladigan fermentlar yordamida gidrolizlanadi. Boshqa fermentlar ta’irida azot vodotod bilan uy haroratida va atmosfera bosimida (0,1 Mpa) birikadi, vaxolanki sintetik, anorganiq (geterogen) katalizatorlar yordamida bu jarayonni olib borish uchun 700-800 K harorat va yuqori bosimlar (o’nlab atmasfera) zarur bo’ladi. Jorli tabiatdagi xamma jarayonlar maxsus fermentlar tomonidan boshqarib boriladi.
Tayanch so’z va iboralar izoxi.
Kataliz – katalitik jarayonlarni o’rganuach fizik kimyo fanining bo’limidir.
Fermentlar – tabiiy katalizatorlar.
Gomogen katalizda – reakstiyaga kirishuvchi moddlar va katalizator bir xil fazoda bo’ladi.
Geterogen katalizda – reakstiyaga kirishuvchi moddalar va katalizator har xil fazalarda bo’ladi.
Mavzu bo’yicha nazorat savollari.
Katalizator nima?
Kataliz deb nimaga aytiladi.
“Katalizatorning saylovchanligi” tushunchani izohlang.
Gomogen kataliz moxiyatini misollarda tushuntiring.
Geterogen katalizni borish mexanizmlarini keltiring va izoxlang.
Geterogen katalizda katalizator aktivligiga ta’sir qiluvchi omillarni izohlang.
Katalizatorning zaxarlanish turlarini aytib bering.
Kataliz nazariyalarini aytib bering.
A.A.Balandin nazariyasini moxiyatini keltiring.
10. Fermentativ kataliz xaqida nima bilasiz?
Adabiyotlar:
1.X.R. Rustamov “Fizik kimyo”, T. , “O’zbekiston”, 2000., 448-458, 467-472 betlar.
2.A.G. Stromberg, D.P. Semchenko “Fizicheskaya ximiya”, M., “Visshaya shkola”, 1988., 427-433, 454-455 betlar.
|
| |