• 4-rasm.
  • Ultratsentrifugalash
  • Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 1,78 Mb.
    bet53/69
    Sana23.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #251021
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69
    Bog'liq
    Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaz (1)

    Kolloid eritmalarni tozalash


    Kolloid eritmalar xosil bo’lganida, ular tarkibida dispers faza va dispersion muxitdan tashqari xar xil aralashmalar - kislota, asos, tuzlar xamda kolloid eritmalarni barqaror bo’lishi uchun qo’shilgan elektrolitlarning ortiqcha mikdori xam bo’ladi. Shu aralashmalardan kollod eritmalarni tozalashda qo’yidagi usullardan foydalaniladi:
    I. Dializ. Tag tomonida yarim o’tkazgich membrana – (kollodiy yoki mol pufagidan iborat parda) bo’lgan idishga kolloid eritma solinadi. Shu eritmali idish distillangan suvli boshqa idishga tushirilib maxkamlab qo’yiladi (4 rasm).

    I dishdagi suv tez-tez almashtirilib turiladi, Yarim o’tkazgich membrana teshiklarining diametri 20-ZOnm atrofida bo’ladi. Bu teshiklardan molekula va ionlar o’tadi, dispers faza zarrachalari o’ta olmaydi. Kolloid eritmadagi elektrolitlar diffuziyalanib chiqib ketadi, va kolloid eritma tozalanib qoladi.


    4-rasm. Oddiy dializator.
    2. Elektrodializ. Kolloid eritmalarni tozalashda elektrodializdan xam keng foydalaniladi, chunki bu usul juda kam vaqt talab qiladi. Elektrodializ usuli elektr maydonida olib boriladi:
    N2O

    N2O N2O
    5 -rasm. Elektrodializ sxemasi.
    Ikki membrana oraligiga elektrolitlardan tozalanishi kerak bo’lgan kolloid eritma solinadi. Membranalar tushirilgan idishning bir chekkasiga anod, ikkinchi chekkasiga katod o’rnatiladi. Idish orqali elektr toki o’tkazilganda musbat ionlar katodga, manfiy ionlar esa anodga tomon xarakat qiladi. Ular membranadan o’tib, idishning elektrodlar tushirilgan qismlariga yiqila boshlaydi. Tozalangan zol esa idishning ikki membrana o’rtasidagi qismida qoladi.
    3. Ultrafiltratsiya. Ultrafiltratsiya--kolloid eritmani teshiklarining o’lchami kolloid zarracha o’lchamlaridan kichik bo’lgan filtrlardan foydalanib elektrolit­lardan tozalashdir.

    U ltrafiltrlar sifatida tsellyu­loza efirlari, oksillar, kollodiy, polistirol kabilar ishlatiladi. Ultrafiltrat teshiklari membrananing suv kirituvchanligi bilan aniqanadi:



    bu erda D - suv kirituvchanlik yoki 1 dinasm2 kuch ta’sirida 1 sekundda 1 sm2 membrana orqali o’tgan suv miqdori;
    F - ultrafiltr maydoni;
    R - tezlashtiruvchi bosimning o’zgarishi (1 dinsm2  0,00075 mm simob ust);
    t- filtratsiya vaqti; r - membrana teshiklari radiusi :

    bu erda
     - membrana qalinligi (mikrometrlarda o’lchanadi)


     - suv qovushoqligi
    - 1 sm2 yuzada suv bilan to’lgan qovaklar xajmi.
    Teshiklar xajmi  qo’yidagicha aniqlanadi:
    bu erda Jnnam membrana og’irligi
    JK quruq membrana og’irli
    suvning zichligi
    F - filtr maydoni
    4. Ultratsentrifugalash. Kolloidlarni tozalashda va ularni turli fraktsiyalarga ajratishda eng ko’p ishlatiladigan usul – ultratsentrifugalash usulidir. Kolloid eritmalarni tozalash uchun tsentrifugadan dastlab 1913 yilda A.V.Dumanskiy foydalandi. Keyinchalik shved olimi Svedberg (va uning shogirdlari) 105-106g ga (bu erda g-er tortish kuchining tezlanishi) yaqin tezlanish bilan ishlaydigan ultratsentrifugalar yaratishga muvaffaq bo’ldi. Zamonaviy ultratsentrifugalar yordami bilan faqat gidrofob kolloid zarrachalarnigina emas, balki oqsil va boshqa yuqori molekulyar moddalarni xam cho’kmaga tushirish mumkin bo’ldi.

    MA’RUZA BO’YIChA TAYaNCh SO’Z VA IBORALAR:


    Dispergatsiya – yirik zarrachalarni maydalash.
    Kondensatsiya – kichik zarrachalarni yiriklashtirish.
    Peptizatsiya – cho’kmani qaytadan kolloid eritma xolatiga o’tkazish.
    Fizik kondensatsiya – dispersion muxitga qattiq jism buqini yuborib kolloid eritma xosil qilish.
    Kimyoviy kondensatsiya – kimyoviy reaktsiyalar yordamida kolloid eritmalar olish.
    Stabilizator – zarrachalarning turqunligini oshiruvchi modda.
    Dializ – kolloid eritmalarni yarim o’tkazgich membrana yordamida tozalash.
    Elektrodializ – dializni elektr maydonida o’tkazish.
    Ultrafiltratsiya – dispers sistemalarni bosim ostida tozalash.
    Ultratsentrafuga – kolloid eritmalarni markazdan qochma kuch yordamida tozalash.
    MA’RUZA BO’YIChA SAVOLLAR:

    1. Kolloid sistemalarni qanday usullar bilan olish mumkin?

    2. Dispergatsiya usulining moxiyatini tushuntirib bering.

    3. Qattiq jism mustaxkamligining adsorbtsion kamayishi (Rebinder effekti) qanday sodir bo’ladi?

    4. Elektr yordamida “changlatish” usuli bilan dispers sistema olish qachon va kim tomondan taklif etilgan?

    5. Peptizatsiya usulining moxiyatini tushuntiring.

    6. Kondensatsiya usuli necha xil bo’ladi? Kimyoviy kondensatsiyaga misollar keltiring.

    7. Fizik kondensatsiya usulini tushuntirib bering.

    8. Kolloid eritmalarni tozalashning nechta usuli bor?

    9. Dializ va elektrodializ usullarini tushintirib bering.

    10. Ultrafiltratsiya usuli bilan dispers sistemalar qanday tozalanadi?

    MA’RUZA BO’YICHA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

    1. K.S. Axmedov, X.R. Raximov. Kolloid ximiya. T, 1992, 12-21 betlar.

    2. Yu.T. Frolov. Kurs kolloidnoy ximii. M., 1982, s. 96-107.

    3. S.S. Voyutskiy. Kurs kolloidnoy ximii. M., 1976. s. 223-240.

    4. Q.R.Raxmonberdiev, M.N. Mavlonova, A.S. Sidikov, S.M.Turabjonov. “Texnika fanlari bakalavrlari uchun kolloid kimyodan uslubi ko’llanma”. (Kolloid sistemalar, ularning olinishi va tozalash usullari. Mitsellalar tuzilishi. 1 qism) T, 1999, 8-14 betlar.

    Download 1,78 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69




    Download 1,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 1,78 Mb.