|
MA’RUZA 17.
SIRT-XO’LLANISHI, HO’LLANISHNING MIQDORIY IFODASI. ADGEZIYA, KOAGEZIYA
|
bet | 50/69 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,78 Mb. | | #251021 |
Bog'liq Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaz (1)MA’RUZA 17.
SIRT-XO’LLANISHI, HO’LLANISHNING MIQDORIY IFODASI. ADGEZIYA, KOAGEZIYA.
REJA:
Xo’llanish jarayoni, xo’llanish issikliklari.
Adgeziya va koageziya xodisalari.
Kapillyarlarda suyuqlik sirtining o’zgarishi.
Suyuqliklarning yoyilib ketishi.
Kolloid eritmalar xosil qilish usullari bir-biriga qarama-qarshi ikkita printsipga asoslangan. Birinchi usul dispergatsiya, ikkinchisi esa kondensatsiya usullari deb nomlanadi. Aytib o’tganimizdek, kolloid sistemalarda zarrachalar o’lchami 1 nm dan 100 nm gacha bo’lishi kerak edi. Bunday o’lchamli zarrachalarni olish uchun katta o’lchamli zarrachalarni maxsus tegirmonda yoki vibrotegirmonlarda maydalanadi. Bu dispergatsiya usuli deb ataladi. Kolloid tegirmon yordamida bo’yoq, oltingugurt, grafit, kvarts va boshqa moddalarning kolloid eritmalari tayyorlanadi.
Dispergentsiya usulida kolloid sistema olish uchun qattiq jism stabilizator ishtirokida kukun qilib maydalanadi, xosil qilingan kolloid o’lchamidagi dispers faza dispersion muxitda bir tekis tarqalishi natijasida kolloid sistema olinadi. Dispergatsiya usullari bir necha xil bo’lib ulardan mexanik va elektrik dispergatsiya kolloid sistema olishda keng tarqalgan usullardir.
Suyuqlik va qattiq jism chegarasida bo’ladigan xodisalarni, jumladan, qattiq jism sirtning suyuqlik bilan xo’llanishini tekshirishda ikki kuchni: suyuqlik molekulalarining o’zaro va suyuqlik molekulalari bilan qattiq jism molekulalari orasidagi tortishish kuchlarini xisobga olish kerak bo’ladi.
Qattik jismni xo’llamaydigan suyuqlik tomchisi qattiq jism sirtida ellipsoid shaklini oladi (25-rasm)
25-rasm. Qattiq jismni xo’llamaydigan suyuqlik.
Agar suyuqlik qattiq jismni xo’llasa, qattiq jism sirt energiyasi o’z qiymatini kamaytirishga intilib, suyuqlik tomchisini yoyib yuboradi (rasm-26).
|
| |