|
Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 48/69 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,78 Mb. | | #251021 |
Bog'liq Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaz (1)16-rasm. Gidrofob va gidrofil adsorbentlarda sirt aktiv moddalarning adsorbtsiyalanishi.
Adsorbtsiyalangan sirt-aktiv modda adsorbentning tabiatiga qarab, orientatsiyalanadi va monomolekulyar qavatni xosil qiladi. Sirt-aktiv moddalarning molekulalari qutbli qismi bilan qutbli adsorbentga, qutbsiz qismi bilan qutbsiz muxit tomonga orientatsiyalanadi va sirtning tabiatini o’zgartira oladi.
Ya’ni gidrofob adsorbent gidrofil adsorbentga, gidrofil adsorbent esa gidrofob adsorbentga aylanishi mumkin. Traube qoidasi bo’yicha SAMning uglevodorod radikali qancha uzun bo’lsa, shu modda adsorbent sirtiga shuncha yaxshi adsorbtsiyalanadi. Agar adsorbent g’ovaklarining o’lchamligi kichik bo’lib, SAMning o’lchamligi katta bo’lsa, adsorbtsiya Traube qoidasiga bo’ysunmay qoladi.
Molekulyar adsorbtsiya uchun izoterma grafigi qo’yidagi ko’rinishiga ega (17-rasm)
g
17-rasm. Molekulyar adsorbtsiyaning eritma kontsentratsiyasi o’zgarishi bilan o’zgarishi. 1 - musbat; 2,3manfiy adsorbtsiyalar.
Adsorbtsiya izotermalarini xisoblashda Gibbs ( ),
Lengmyur ( ) va Freyndlix ( ) tenglamalari
ishlatiladi. Freyndlix tenglamasi bo’yicha x- yutilgan modda
miqdori, m - adsorbentning massasi.
Freyndlix tenglamasi asosida adsorbtsiyani xisoblashdan avval bu tenglamaga kirgan «k» va «n»ni grafik usulda topish lozim. Buning uchun Freyndlix formulasini logarifmik ko’rinishda yozamiz:
so’ngra, abtsisslar o’qiga lgSni, ordinatlar o’qiga lg xm ni qo’yib, grafikdan burchakning tangensini (tg 1p) topa olamiz (18-rasm).
18-rasm. Freyndlix formulasining logarifmik koordinatalarda chizilgan grafigi.
Freyndlix formulasi o’rtacha kontsentratsiyalar uchungina to’g’ri natijalar beradi, lekin kichik va katta kontsentratsiyalar uchun to’g’ri natijalar bermaydi. Tajribada molekulyar adsorbiyani aniqlashda
formula ishlatiladi. Bu erda: G- adsorbtsiya, n - eritmadagi moddaning umumiy mol soni, N0-moddaning eritmadagi adsorbtsiyaga qadar mol qismi, N -adsorbtsiyadan keyingi mol qismi, m - adsorbent massasi.
MA’RUZA BO’YICHA TAYANCH SO’Z VA IBORALAR:
Sirt taranglik
| |
Sistemaning geterogenlik darajasini xarakterlovchi kattalik.
|
|
Sirt-aktiv moddalar
| |
Sirt tarangligini kamaytiruvchi moddalar.
|
|
Adsorbtsiya
| |
qattiq jism va suyuqliklarning fazalararo sirtlarida sirt tarangliklari kam bo’lgan moddalarning yig’ilishi.
|
|
Gibbs tenglamasi
| |
Suyuqlik sirtidagi adsorbtsiya bilan sirt taranglik o’rtasidagi mikdoiy bog’lanishni ifodalaydi.
|
|
Dyuplo-Traube qoidasi
| |
Sirt aktivlikning uglevodorod radikali uzunligiga bog’likligini o’rganadi.
|
|
Maksimal adsorbtsiya (G)
| |
To’yingan adsorbtsion qavat hosil bo’lishi.
|
|
|
Fazalararo sirt
| |
O’zaro bir-biriga tegib turgan fazalar orasidagi sirt.
|
|
Solishtirma sirt
| |
Fazalar orasidagi sirt fazalararo sirt
kattaligini xajmga nisbati.
|
|
Sirt taranglik
| |
Sirtning yuzasini 1 sm2 ga kengaytirish uchun
ketgan ishning miqdori
|
|
Sirtning erkin energiyasi
| |
Fazalararo sirt kattalikning sirt
taranglik koeffitsintiga ko’paytmasi.
|
|
Sorbtsiya
| |
qattiq jism yoki suyuqliklarning gazlarni yoki
erigan moddalarni yutishi.
|
|
Absorbtsiya
| |
qattiq jism yoki suyuqlikning gaz yoki bug’larni
butun xajmi bilan yutishi.
|
|
Kapillyar kondensatsiya
| |
qattiq adsorbentlarning g’ovaklarida
bug’ning suyuqlikka aylanib yig’ilishi.
|
|
Sirt aktiv moddalar
| |
Suyuqlikning sirt tarangligini
kamaytiruvchi moddalar.
|
|
Sirt noaktiv moddalar
| |
Suyuqlikning sirt tarangligini
ko’paytiruvchi moddalar.
|
|
Sirt befarq moddalar
| |
Suyuqlikning sirt tarangligini
o’zgartirmaydigan moddalar.
|
MA’RUZA BO’YIChA SAVOLLAR.
Dispers sistemalar geterogenligi bilan fazalararo sirt energiyasi orasida qanday bog’liqlik bor?
Sirt qavatlar termodinamikasi qanday ifodalanadi?
Sirt taranglik deb nimaga aytiladi?
Sirt-aktiv moddalar (SAM) deb nimaga aytiladi, va ular qanday belgilanadi?
Sirt-aktiv moddalarga misollar keltiring.
Adsorbtsiya deb nimaga aytiladi. U qaysi fazalar chegara sirtida boradi?
Gibbs tenglamasini yozing va izohlab bering.
Sirt taranglik va adsorbtsiya izotermalarini tahlil qiling.
To’yingan adsorbtsion qavat deb nimaga aytiladi?
G - maksimal solishtirma adsorbtsiya nima?
Dispers sistemalar geterogenligi bilan fazalararo sirt energiyasi orasida qanday bog’liqlik bor?
Qattik sirt- eritma orasidagi adsorbtsiya kanday boradi?
Molekulyar adsorbtsiya nima?
Erigan modda, erituvchi va adsorbentning polyarliklari orasida kanday bog’liklik bor?
Elektrolitlar adsorbtsiyasi kanday boradi?
Tanlanish adsorbtsiyasi nima? Panet-Fayans qoidasini tushuntiring.
Ion almashinish adsorbtsiyasini aytib bering.
Nikolskiy tenglamasini izoxlab bering.
Ionitlar kanday moddalar, ularning qanday axamiyati bor?
Adsorbtsiyalanish darajasi bilan ionlarning gidratlanish darajasi orasida kanday bog’liklik bor?
Suvni tozalashda kanday ionitlardan foydalaniladi?
MA’RUZA BO’YIChA FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR:
K.S. Axmedov, X.R. Raximov. Kolloid ximiya. T, 1992, 40-47 va 60-68 betlar.
Yu.T. Frolov. Kurs kolloidnoy ximii. M., 1982, s. 32-41.
S.S. Voyutskiy. Kurs kolloidnoy ximii. M., 1976. s.81-99 va 114-12
|
| |