• Qanday kondensatorlar bo ʻ ladi
  • Elektr dvigateli uchun kondensatorni qanday tanlash mumkin
  • Kondensator funksiyalari haqida qisqacha




    Download 2,05 Mb.
    bet3/6
    Sana06.09.2024
    Hajmi2,05 Mb.
    #270389
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-Ma\'ruza

    Kondensator funksiyalari haqida qisqacha
    Uch fazali AC tarmogʻida fazalar bir-biriga nisbatan 1200 ga siljiydi. Bu elektr dvigatel ichida aylanadigan elektromagnit oqimni yaratishga imkon beradi.
    Bir fazali tarmoqqa ulanganda, aylanadigan oqim yoʻq. Uni yaratish uchun faza siljituvchi kondensator ishlatiladi. Bu elektr maydonida aylanadigan oqimini yaratishga imkon beradi.
    Kondensator bitta fazani siljitadi va ikki fazalik ulanishni simulyatsiya qiladi. Yaʼni dvigatelga ikkita faza ulanganday holatni yuzaga keltirib beradi. Bunda dvigatel quvvatining taxminan 40% ni yoʻqotadi.
    Qanday kondensatorlar boʻladi
    Uch fazali dvigatellar uchun kondensatorlarni tanlashdan oldin ular haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlishingiz kerak. Asosan, kondensatorlar qutbli va qutbsizlarga boʻlinadi. Qutbli kondensatorlar sigʻimi yuqori boʻlib, odatda past  kuchlanishiga ega elektrolitik kondensatorlardir.
    Ular faqat oʻzgarmas kuchlanishda ishlaydi, AC kuchlanishiga ulanganda yoki nominal kuchlanishdan oshib ketganda, bu kondensatorlar yorilib ketadi. Agar siz diod orqali ulansangiz, ulardan foydalanishingiz mumkin, ammo bu sxemani yoki konstruksiyani murakkablashtiradi.
     
    Qutbsiz kondensatorlar bizning maqsadimiz uchun eng mos keladi, ular AC kuchlanish bilan ishlaydi. Ularning yagona kamchiliklari nisbatan kichik sigʻimidir.
    Elektr dvigateli uchun kondensatorni qanday tanlash mumkin
    Kondensatorni toʻgʻri tanlanganda,  ulanish uchun maksimal quvvatni taʼminlash, past darajada qizish va dvigatelning ohista ishga tushishi taʼminlaydi.
    Buning uchun quyidagi formulalardan foydalanish kerak:
    Oʻramlarni “yulduz” usulida ulash uchun — Cr = 2800*P/(√3*U²*η*cosϕ);
    Oʻramlarni “uchburchak” usulida ulash uchun — Cr = 4800*P/(√3*U²*η*cosϕ);
    Uch fazali dvigatel uchun ishga tushiruvchi kondensatorni qanday tanlash kerak – Sp= 2,5 * Cr.
     
    Bu yerda:
    Cr — ishchi kondensatorning sigʻimi (mF);
    Cp – ishga tushiruvchi kondensatorni sigʻimi (mF);
    I – tok amperda (A);
    U — tarmoq kuchlanishi (V);
    η - dvigatel samaradorligi (FIK), 100 ga boʻlingan foizda ifodalangan;
    cosϕ - quvvat koeffitsiyenti.
    I, U, η, cosϕ ni dvigatel birkasidan topish mumkin.
     
    Misol: 3 kW quvvatga ega dvigatel uchun qanday kondensator kerak?
    Ishchi — 4800 * 3 / (√3 * 2202 * 0,85 * 0,8) = 252 mF.
    Ishga tushiruvchi — 2,5 * 252 \630 mF.

    Uch fazali elektr dvigatel uchun kondensatorni tanlash tajriba yoʻli bilan ham amalga oshiriladi. Amaliyot shuni koʻrsatadiki, elektr dvigatelni har 100 W quvvatiga, taxminan 6-7 mF sigʻimdagi ishchi kondensator kerak boʻladi. Misol: 600 W quvvatdagi elektr dvigatel uchun, sigʻimi 42 mF kondensator toʻgʻri keladi.
     
    Bitta kondensatorning quvvati yetarli boʼlmasligi mumkin, shuning uchun bir nechta kondensatorlardan yigʼishga toʼgʼri keladi. Shuni yodda tutish kerakki, parallel ulanishda kondensator sigʼimlari qoʼshiladiQutbsiz kondensatorning ishchi kuchlanishi kamida 400 V boʼlishi kerak.

    Download 2,05 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 2,05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kondensator funksiyalari haqida qisqacha

    Download 2,05 Mb.