|
Ishga tushiruvchi kondensatorni ulanishi
|
bet | 5/6 | Sana | 06.09.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #270389 |
Bog'liq 2-Ma\'ruzaIshga tushiruvchi kondensatorni ulanishi
Shunday qilib bizda elektr dvigatel, ishchi va ishga tushiruvchi kondensator bor. Bularning barchasini qanday ulashimiz mumkin? Buning uchun bizga ПНВС knopkasi kerak.
ПНВС knopkasi uchta kontaktga ega: ikkita chekkadagi — fiksatsiya bilan(ulangan holatda) va oʻrtada esa – fiksatsiyasiz. Oʻrtadagi kontakt ishga tushiruvchi kondensatorni yoqish uchun xizmat qiladi va tugmani bosishni toʻxtatgandan soʻng, u oʻzining dastlabki holatiga qaytadi (“Cp” ishga tushiruvchi kondensatori faqat dvigatelni ishga tushirish paytida yoqiladi va “Cr” ishchi kondensatori doimiy ravishda ishlaydi. ) qolgan ikkita chekkadagi kontaktlar yoniq holatda qoladi va “Stop” tugmasi bosilganda oʻchadi. “Start” tugmasi val aylanishi maksimal tezlikka yetguncha ushlab turilishi kerak va shundan keyingina qoʻyib yuboriladi.
ПНВС quyidagi koʻrinishda ulanadi
Tezlik olish jarayonida dvigatel borgan sari ozroq sigʻim talab qiladi. Shuning uchun, ishchi kondensatorni doimiy ravishda ushlab turish kerak emas. Katta tezlikda, yuqori sigʻimli dvigatelning haddan tashqari qizishi va ishdan chiqishiga olib keladi.
Asinxron dvigatellar uchun kondensatorlar turini tanlash boʻyicha tavsiyalar
Dvigatellarning ishlashi jarayonida oʻrami orqali nominal tokidan 20-40% yuqori boʻlgan tok oʻtadi, shuning uchun elektr dvigatelini kam yuklamada yoki salt ishlash rejimda (yuklamasiz) ishlatilganda, ishchi kondensatorning sigʻimini kamaytirish kerak.
Kondensatorlar ishlashi jarayonida toʻgʻridan-toʻgʻri elektr dvigateli korpusiga oʻrnatilishi mumkin. Bunday holatda, kondensator turini tanlashda, kondensator yuqori harorat va vibratsiyalarga taʼsir qilishini hisobga olish kerak.
Kuchlanishni amplituda qiymati va tarmoqda kuchlanish sakrashlarini sodir boʻlishini inobatga olgan holda kondensatorlarning kuchlanishi minimum 320 V boʻlishi kerak. Kondensator uzoq muddat kuymasdan ishlashi uchun 400 yoki 450 voltlik kondensatorlardan foydalaniladi.
Ishga tushiruvchi kondensatorning terminallaridagi maksimal kuchlanish 450V dan oshmasligi kerak va uning sigʻimi, qoidaga koʻra, ishchi kondensatorning sigʻimidan ikki yoki uch baravar tanlanadi.
Agar bitta korpusdagi sigʻimni topish imkoni boʻlmasa, Cumum = C1 + C2 .... + Cn kondensatorlarini parallel ulash orqali birlashtirishga ruxsat beriladi.
Elektrolitik kondensatorlarni ishchi sifatida foydalanish mumkin emas.
Ishga tushiruvchi kondensator sigʻimini bir necha baravar katta 300 mikrofarad oʻrniga hatto 1000 mikrofarad olish ham mumkin, bu bilan dvigatel ishdan chiqib qolmaydi. Ammo, har bir narsa meʼyorda boʻlishi kerak, ishga tushiruvchi kondensatorlarning ortiqcha koʻp sigʻimi bilan, juda qoʻrqinchli narsa boʻlmaydi, lekin elektr motorini ishga tushirish samaradorligi yomonlashadi. Shuning uchun katta sigʻimdagi kondensator sotib olishga ortiqcha pul sarflashga hojat yoʻq.
|
| |