|
Ma’ruza Uch fazalik elektr dvigatellarni bir fazalik tarmoqqa ulash
|
bet | 4/6 | Sana | 06.09.2024 | Hajmi | 2,05 Mb. | | #270389 |
Bog'liq 2-Ma\'ruzaIshga tushiruvchi kondensator
Quvvati 200400 Wdan oshmaydigan kichik elektr motorlar ishga tushiruvchi kondensatorsiz ishlashi mumkin. Ular uchun bitta ishchi kondensator yetarli. Biroq, agar boshida sezilarli yuklama mavjud boʻlsa, qoʻshimcha ishga tushiruvchi kondensatorlardan foydalaniladi. U ishchi kondensator bilan parallel ravishda ulanadi va maxsus tugma(pusk knopkasi) yoki rele yordamida dvigatel tezlik olayotgan davrida, yoqilgan holatda ushlab turiladi.
Ishga tushiruvchi kondensatorning sigʻimini hisoblash uchun ishchi kondensatorning sigʻimini 2 yoki 2,5 ga teng boʻlgan koeffitsiyentga koʻpaytirish kerak. Ushbu maqsadlar uchun ilgari eski sovetlar davridagi МБГЧ, МГБО va boshqa shunga oʻxshash kondensatorlar qoʻllanilgan.
Bizga hozirda doʻkonlarda katta assortimentda sotilayotgan, maxsus ishlab chiqilgan CD, CBB tipidagi, ishga tushiruvchi kondensatorlarni uchratish mumkin. Bunday kondensatorlar har xil shakl va turlarda boʻladi, lekin ularning korpusida markirovka (yozuv) mavjud: “Start”, “starting” “motor starting” yoki shunga oʻxshash yozuvi boʻladi, ularning barchasi elektr dvigatelini ishga tushirish uchun xizmat qiladi.
Dvigatelni ishga tushirish vaqtida ishga tushiruvchi kondensatorlar bir necha soniya ishlaydi. Kondensator faqat ishga tushirish momenti uchun kerak, Shuning uchun ham, ishga tushiruvchi deb ataladi.
Elektr dvigatellarini bir fazalik tarmoqqa ulash sxemalari
Uch fazali elektr motorini bir fazali tarmoqqa ulash uchun bir nechta sxemalar mavjud, ular bir xil prinsipga ega, biroq bir nechta farqlar mavjud.
1. Ishga tushiruvchi kondensatorsiz sxema, oʻramlarlar “uchburchak” ulanadi.
2. ishga tushiruvchi kondensatorlik sxema, oʻramlar “uchburchak” ulanadi.
3. ishga tushiruvchi kondensatorlik va teskari aylanish (revers)sxemasi, o'ramlari “uchburchak” usulida ulanadi.
180 W uch fazali dvigatel uchun kondensatorni qanday tanlanadi?
Bu kundalik hayotda ishlatilishi mumkin boʻlgan eng kichik uch fazali dvigatellardan biridir. Undan odatda yaxshi jilvirlash mashinasini yasaladi. Uning oʻramlari uchburchakda ham, yulduz usulida ham ulanishi mumkin, chunki bunday mashina odatda yuklamasiz rejimda ishlaydi, undagi yuklama sezilarli darajada boʻlmaydi. Yuqorida koʻrsatilgan formulaga koʻra, ishchi kondensatorning sigʻimi 15 mikrofaradni tashkil qiladi, bu holatda ishga tushiruvchi kondensatordan foydalanish shart emas.
|
| |