Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Reja




Download 1.75 Mb.
bet4/56
Sana23.05.2022
Hajmi1.75 Mb.
#21726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘t
Axborot xavfsizligi asoslari, ру орг структура, Elektronika2-1mustaqil ish, M T algaritimlar M 2
Kiritmali elektr o‘tkazuvchanlik. Elektron asboblarning juda ko‘pchiligi kiritmali yarimo‘tkazgichlar asosida hosil qilinadi. Elektr o‘tkazuvchanligi asosan kiritmalar atomlarining ionlashuvi natijasida hosil bo‘ladigan zaryad tashuvchilar bilan bog‘liq yarim o‘tkazgichlar kiritmali yarimo‘tkazgichlar deb ataladi.
Kremniyga D.I. Mendeleyev davriy jadvalining V guruh elementi atomlari (masalan, As, 1-jadval) kiritilsa, uning beshta valent elektronidan to‘rttasi qo‘shni kremniy atomlarining valent elektronlari bilan bog‘lanadi va sakkiz elektrondan iborat mustahkam qobiq hosil qiladi. Bunda beshinchi elektron o‘z atomi bilan kuchsiz bog‘langan bo‘lib qoladi. Shuning uchun u, kuchsiz issiqlik energiyasi ta’sirida, o‘z atomidan uziladi va erkin elektronga aylanadi (5 a-rasm). Elektronini yo‘qotgan kiritma atomi qo‘zg‘almas (As+) musbat ionga aylanadi. Bu holda, As atomlari kremniyning kristall panjarasida donor kiritma sifatida qatnashadi. Energetik diagrammada ushbu jarayon elektronni donorlar sathi Wd dan o‘tkazuvchanlik zonaga o‘tishiga mos keladi (5 b-rasm). Donor kiritmali yarimo‘tkazgichlarda kovaklar, ilga-ridagidek, kremniy atomlari elektronlarining xususiy yarimo‘t-kazgichlardagidek o‘tkazuvchanlik zonaga termogeneratsiya hisobiga o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi.
Yarimo‘tkazgichga donor kiritmalar kiritish erkin elektronlar konsentratsiyasini oshiradi, kovaklar konsentratsiyasi esa xususiy yarimo‘tkazgichdagi konsentratsiyaga nisbatan kamayadi, chunki EZTlar konsentratsiyasi ko‘paytmasi ( n p) o‘zgarmas temperaturada doimiy qiymatga ega va faqat yarimo‘tkazgich taqiqlangan zonasi kengligi bilan aniqlanadi. Xona temperaturasi (300 K) da kremniy uchun np ≈ 0,64∙1020 sm-3, germaniyda esa np ≈ 4∙1026 sm-3 qiymatga egaligini yodda tutish foydali. Shunday qilib, agar misol uchun, kremniy kristalliga konsentratsiyasi 1016 sm-3 bo‘lgan donor kiritma kiritilsa, T=300Kda o‘tkzuvchanlik elektronlari konsentratsiyasi n=1016 sm-3 ni, kovaklar konsentratsiyasi esa p=104 sm-3 ni tashkil etadi. Natijada, bunday kiritmali yarimo‘tkazgichda elektr o‘tkazuvchanlik asosan, elektronlar yordamida amalga oshiriladi (1 b-rasm), yarimo‘tkazgichning o‘zi esa elektron o‘tka-zuchanlikka ega yoki n-turdagi yarimo‘tkazgich deb ataladi. n – turli yarimo‘tkazgichlarda elektronlar asosiy zaryad tashuvchilar nn deb, kovaklar esa, noasosiy zaryad tashuvchilar pn deb ataladi.
Agar kremniy kristall panjarasiga D.I. Mendeleyev elementlar davriy jadvalining III guruh elementlari (masalan, V, 1-jadval) atomlari kiritilsa, kiritmalarning uchta valent elektroni qo‘shni kremniy atomlarining uchta elektroni bilan to‘liq bog‘ hosil qiladi. To‘rtinchi bog‘ esa to‘lmay qoladi. Qo‘shni kremniy atomlarining valent elektronlaridan biri kuchsiz issiqlik energiyasi ta’sirida kiritma atomidagi egallanmagan bog‘ni to‘ldirishi mumkin. Bunda kiritma atomi manfiy zaryadlanadi va qo‘zg‘almas manfiy (V-) ionni hosil qiladi. Kremniy atomining to‘ldirilmagan bog‘i kovakni tashkil etadi (5 v-rasm).
Energetik diagrammada ushbu jarayon valent zonadagi elektronni Wa akseptor sathga o‘tishiga va valent zonada kovak hosil bo‘lishiga mos keladi (5 g-rasm). Bunda erkin elektron hosil bo‘lmaydi. Kiritmalarning bunday turi – akseptor kiritma deb, akseptor kiritmali yarimo‘tkazgich esa, kovakli o‘tkazuvchanlikka ega yoki r – turdagi yarimo‘tkazgich deb ataladi.
a) v)

b) g)



5-rasm. Elektron (a,b) va kovakli (v,g) o‘tkazuvchanlikka ega kremniyda EZTlarning hosil bo‘lishi.


Bunday yarimo‘tkazgichlarda elektronlar, xususiy yarimo‘tkazgich-lardagidek, termogeneratsiya hisobiga hosil bo‘ladi. Akseptor kiritmali yarimo‘tkazgichlarda erkin elektronlarga nisbatan kovaklar konsentratsiyasi katta bo‘ladi, shu sababdan bunday yarimo‘tkazgichlar kovakli elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladilar. r – turdagi elektr o‘tkazuvchanlikka ega pp yarimo‘tkazgichlar uchun kovaklar asosiy zaryad tashuvchi, elektronlar esa, noasosiy zaryad tashuvchi np hisoblanadi.



Download 1.75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Download 1.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Reja

Download 1.75 Mb.