Yarimo‘tkazgichlarda erkin zaryad tashuvchilar statistikasi. Yarimo‘tkazgichlar elektr o’tkazuvchanligi




Download 1.75 Mb.
bet3/56
Sana23.05.2022
Hajmi1.75 Mb.
#21726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘t
Axborot xavfsizligi asoslari, ру орг структура, Elektronika2-1mustaqil ish, M T algaritimlar M 2
10.2 Yarimo‘tkazgichlarda erkin zaryad tashuvchilar statistikasi. Yarimo‘tkazgichlar elektr o’tkazuvchanligi.


Xususiy elektr o‘tkazuvchanlik. Yarimo‘tkazgichlar elektronikasi mahsulotlarining ko‘p qismi kremniy asosida tayyorlanadi. Sof (kiritmalarsiz) kremniyning soddalashtirilgan kristall panjarasi modeli 4 a-rasmda va zonalar energetik diagrammasi 4 b-rasmda keltirilgan. Yarimo‘tkazgich kristallda kiritmalar va kristall panjara tuzilmalari nuqsonlari (bo‘sh tugunlar, panjara surilishlari va boshqalar) bo‘lmasa, u xususiy yarimo‘tkazgich deyiladi. Bunday yarimo‘tkazgichni i – bilan belgilash qabul qilingan.
Xususiy kremniy kristalli atomining to‘rt valent elektroni qo‘shni atomlarning to‘rt valent elektronlari bilan bog‘langan holda mustahkam sakkiz elektronli qobiq (to‘g‘ri chiziqli) hosil qilishi .4 a-rasmdan ko‘rinib turibdi. Bunday yarimo‘tkazgichda 0 K temperaturada EZTlar yo‘q, uning elektr o‘tkazuvchanligi =0. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, temperatura ortishi bilan yoki yarimo‘tkazgich kristall yoritilganda kovalent bog‘lanishlarning bir qismi uzilib valent elektronlar o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tishi uchun yetarli bo‘lgan energiya oladilar (4 b-rasm). Natijada, valent elektron EZTga aylanadi va elektr kuchlanish berilganda tok hosil bo‘lishida qatnashadi. Atomdan elektron ketishi natijasida atom qo‘zg‘almas musbat ionga aylanib qoladi.
Bir vaqtning o‘zida valent zonada bo‘sh sath hosil bo‘ladi va valent elektronlarda o‘zining energiyasini o‘zgartirish imkoniyati tug‘iladi, ya’ni valent zonaning ruxsat etilgan bir sathidan boshqasiga o‘tish imkoniyati ochiladi. Elektron, shunday qilib, yarimo‘tkazgich orqali tok hosil bo‘lishida ishtirok etishi mumkin. Temperatura ortishi bilan o‘tkazuvchanlik zonaga o‘tayotgan elektronlar soni ko‘payadi va natijada, elektr o‘tkazuvchanlik ortadi.


a) b)

4 – rasm. Xususiy kremniyda EZTlarning hosil bo‘lishi.

Valent zonadagi to‘ldirilmagan energetik sath yoki erkin valent bog‘lanish kovak deb ataladi. Kovak qiymati bo‘yicha elektron zaryadiga teng bo‘lgan musbat zaryadli EZTdir. To‘ldirilmagan energetik sathlardagi kovaklarning ko‘chishi valent elektronlar tizimi harakatiga qarama-qarshi bo‘ladi.


Shunday qilib, atomlar orasidagi kovalent bog‘lanishlarning uzilishi bir vaqtning o‘zida erkin elektron va kovak (elektron-kovak juftligi) hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu jarayon zaryad tashuvchilar generatsiyasi deb ataladi. Agar bu jarayon issiqlik ta’sirida amalga oshsa, u termogeneratsiya deyiladi. 4 b-rasmda o‘tkazuvchanlik zonada elektron, valent zonada kovak hosil bo‘lishi musbat va manfiy ishorali doirachalar ko‘rinishida keltirilgan.
Zaryad tashuvchilar generatsiyasi natijasida hosil bo‘lgan elektron va kovaklar yarimo‘tkazgich hajmida xaotik harakatlanib, yashash vaqti deb ataluvchi ma’lum vaqt davomida yashaydilar. Shundan so‘ng erkin elektron atomlar orasida bo‘sh qolgan bog‘ni to‘ldiradi va bog‘langan holatga o‘tadi. Bunda elektron – kovak juftlik yo‘qoladi. Ushbu jarayon rekombinatsiya deb ataladi.
EZTlar yarimo‘tkazgich hajmida xaotik harakat qilishi nati-jasida kristall panjara tugunlaridagi atomlar bilan to‘qnashib, o‘z harakat yo‘nalishi va tezligini o‘zgartiradi. Shu sababli elektronning kristalldagi massasi uning bo‘sh fazodagi massasi dan farq qiladi. massa o‘tkazuvchanlik elektronining effektiv massasi deyiladi. Kovaklarning effektiv massasi elektronlarning effektiv massasi ga nisbatan katta. Masalan, kremniyda =0,28∙, =0,59∙ tashkil etadi. Bu ifodalarda = 9,11∙10-31 kg.
O‘zgarmas temperaturada va kristallga boshqa energetik omillar ta’sir etmaganda (kristall muvozanat holatda bo‘lganda) EZTlarning generatsiya va rekombinatsiya tezliklari teng bo‘ladi.
Yarimo‘tkazgichning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi qiymati birlik hajmdagi zaryad tashuvchilar soni, ya’ni konsentratsiyasi bilan aniqlanadi. Xususiy yarimo‘tkazgichda elektronlar konsentratsiyasi kovaklar konsentratsiyasiga teng (=). Yarimo‘tkazgich o‘tkazuvchanlik turini belgilovchi n va r lar, mos ravishda negative (manfiy) va positive (musbat) so‘zlarining bosh harflarini tashkil etib, kattalik elektronga yoki kovakka tegishli ekanini anglatadi. Kiritmasiz yarimo‘tkazgichda hosil bo‘lgan elektron va kovaklar xususiy erkin zaryad tashuvchilar (va), ular bilan bog‘liq elektr o‘tkazuvchanlik esa xususiy elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi.

Download 1.75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Download 1.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yarimo‘tkazgichlarda erkin zaryad tashuvchilar statistikasi. Yarimo‘tkazgichlar elektr o’tkazuvchanligi

Download 1.75 Mb.