• Dinamik rejim
  • Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Reja




    Download 1.75 Mb.
    bet9/56
    Sana23.05.2022
    Hajmi1.75 Mb.
    #21726
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56
    Bog'liq
    Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘t
    Axborot xavfsizligi asoslari, ру орг структура, Elektronika2-1mustaqil ish, M T algaritimlar M 2
    Differensial qarshilik. U p-n o‘tishning kichik ampli-tudali o‘zgaruvchan tokka ko‘rsatgan aktiv qarshiligiga ekvivalent bo‘lib, ifoda bilan aniqlanadi. Differensial qarshilik VAXning belgilangan nuqtasidagi tiklikka teskari proporsional. Ideallashtirilgan p-n o‘tish uchun (9) formuladan RDIF ning analitik ifodasini topish mumkin
    . (27)
    To‘g‘ri siljitilganda I>>I0, shuning uchun


    . (28 a)
    p-n o‘tishga to‘g‘ri kuchlanish berilganda RDIF qiymati kichik va kuchlanish ortishi bilan kamayadi, teskari siljitilganda esa juda yuqori bo‘ladi.
    r-n o‘tish sig‘imi. p-n o‘tishdagi qo‘sh elektr qatlam – barer sig‘imini, p- va n- sohalardagi nomuvozanat noasosiy zaryad tashuvchilar – diffuziya sig‘imini vujudga keltiradi.
    Statik rejimda yoki past chastotali kuchlanish ta’sir etganda p-n o‘tishdagi tok va kuchlanish orasidagi bog‘liqlik (10) munosabat bilan ifodalanadi. Dinamik rejimda barer va diffuziya sig‘imlari mavjudligi tufayli (10)dan foydalanib bo‘lmaydi.
    Past chastotalarda p-n o‘tish toki elektron - kovak o‘tishning hamda yarimo‘tkazgich p- va n- sohalarining aktiv qarshiligi (rB) bilan aniqlanadi. Yuqori chastotalarda p-n o‘tishning inersiya-dorligi uning sig‘imi bilan belgilanadi.
    p-n o‘tish to‘g‘ri ulanganda chegaradosh sohalarga noasosiy zaryad tashuvchilar injeksiyalanadi. Buning natijasida p-n o‘tish chegaralari yaqinidagi yupqa qatlamlarda qiymatlari bir-biriga teng qarama-qarshi ishorali nomuvozanat noasosiy zaryad tashuvchilar QDIF to‘planadilar. Kuchlanish qiymati o‘zgarganda injeksiyalangan zaryad tashuvchilar soni, zaryad miqdori o‘zgaradi. Zaryad-larning kuchlanish ta’sirida bunday o‘zgarishi kondensator qoplamalarida zaryadning o‘zgarishiga o‘xshaydi. Noasosiy zaryad tashuvchilar bazaga diffuziya hisobiga kelgani sababli bu sig‘im diffuziya sig‘im deb ataladi va quyidagi formulaga binoan hisob-lanadi:


    . (29)

    To‘g‘ri tok qiymati va zaryad tashuvchilarning bazada yashash vaqti ortishi bilan diffuziya sig‘im ortadi. p-n o‘tish teskari siljitilishi bilan CDIF=0 bo‘ladi. Diffuziya sig‘imning kuchlanish bilan o‘zgarishi p-n o‘tish VAX to‘g‘ri shaxobchasi bilan o‘xshashligi (29)dan ko‘rinib turibdi. Chastota ortishi bilan diffuziya sig‘im kamayadi.


    Elektron - kovak o‘tish qo‘sh elektr qatlamni tashkil etadi va zaryadlangan kondensatorga o‘xshaydi. p-n o‘tish sig‘imi o‘tish yuzasi S, uning kengligi va yarimo‘tkazgichning dielektrik doimiysi ε bilan aniqlanadi. U barer sig‘im deb ataladi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
    . (30)
    p-n o‘tishga kuchlanish berilganda uning qalinligi o‘zgargani sababli sig‘imi ham o‘zgaradi. Sig‘imning kuchlanish qiymatiga bog‘liqligi kuyidagicha bo‘ladi:
    . (31)
    Bu ifodada p-n o‘tish to‘g‘ri ulanganda ishora manfiy, teskari ulanganda esa, musbat olinadi. Barer sig‘im SB p-n o‘tishga berilgan kuchlanish qiymatiga bog‘liq bo‘lgani sababli, undan o‘zgaruvchan sig‘imli kondensator sifatida foydalanish mumkin.
    To‘g‘ri siljitilganda diffuziya sig‘im barer sig‘imdan ancha katta qiymatga ega, teskari siljitilganda esa, aksincha bo‘ladi. Shu sababli to‘g‘ri siljitilganda p-n o‘tishning inersiyadorligi diffuziya sig‘imi bilan, teskari siljitilganda esa, barer sig‘imi bilan aniqlanadi.
    Barer sig‘im chastotaga bog‘liq emas. p-n o‘tishning volt – farad xarakteristikasi 8-rasmda keltirilgan.
    Elektron asboblarni ishlatishda, baholashda va loyihalashda modellashtirishdan keng foydalaniladi. Xususan, (10) munosabat statik rejimda p-n o‘tishning analitik modelini, VAX esa (5-rasmga qarang), grafik modelini tasvirlaydi
    Dinamik rejimda p-n o‘tishning xususiyatlarini ifodalash uchun ham qator moddelardan, xususan, dinamik VAXlardan foydalaniladi. Sig‘imlar ta’sirini e’tiborga olgan holda, ushbu model chegarasida p-n o‘tish tokini quyidagi ifodadan topish mumkin:
    , (32)
    bu yerda, I(U) –statik VAXdan aniqlanadigan tok, - ko‘rinishga ega bo‘lib, u p-n o‘tish sig‘imini ifodalaydi.



    8-rasm. p-n o‘tishning volt - farada xarakteristikasi.


    CD(U) sig‘im qiymatlarini bilgan holda, kuchlanishning turli o‘zgarish tezliklari uchun, ya’ni turli chastotalar uchun xarakteristikalar oilasini qurish mumkin.
    Yarimo‘tkazgich asboblarning p- va n- sohalaridan elektrodlar chiqarish uchun metall-yarimo‘tkazgich kontaktlardan foydalaniladi. Bunday kontaktlar to‘g‘rilovchi yoki omik (Om qonuniga bo‘ysunuvchi) xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Ular yarimo‘tkazgichning o‘tkazuvchanlik turiga, kiritmalar konsentratsiyasiga, elektronlarning yarimo‘tkazgich va metalldan chiqishishlari nisbatiga bog‘liq holda hosil qilinadilar.
    To‘g‘ri yo‘nalishdagi qarshiligi teskari yo‘nalishdagisidan kichik bo‘lgan va nochiziqli VAX ga ega kontakt to‘g‘rilovchi kontakt deb ataladi. Qarshiligi kontaktdan o‘tayotgan tok qiymati va yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lmagan kontaktlar omik kontakt deyiladi. Metalldan yoki yarimo‘tkazgichdan elektronni tortib olish uchun sarflanadigan ish miqdori chiqish ishi deb yuritiladi va u elektron - volt (eV) birliklarda o‘lchanadi, 1 eV=1,60∙10-19 Dj.

    Download 1.75 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




    Download 1.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Reja

    Download 1.75 Mb.