-mavzu: Tashuvchi va buyurtmachi o`rtasida transport xizmati ko`rsatish yuzasidan kontraktlar tuzish




Download 394 Kb.
bet18/29
Sana23.07.2021
Hajmi394 Kb.
#15941
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
17-mavzu: Tashuvchi va buyurtmachi o`rtasida transport xizmati ko`rsatish yuzasidan kontraktlar tuzish
Reja:

  1. Tashuvchi va buyurtmachi o`rtasida kontraktlar tuzish tartibi.

  2. Kontrakt tuzish muddati.

  3. Kontrakt moddalari tavsifi.

Tender g'olibi bilan Departament, ya'ni buyurtmachi ortasida yo'nalishda transport xizmatini ko'rsatish uchun kontrak . zishdan asosiy maqsad buyurtmachi bilan tashuvchi orasidagi majburiyatlarni, tomonlarning huquqlari, javobgarhgi hamda boshqa kelgusida vujudga kelishi mumkin bo'lgan shartlarni dan aniq qilib kelishib olishdir.

Kontrakt lotincha contractus so'zidan olingan bo'lib, shart-orna, kelishuv ma'nosini anglatadi.

Kontraktda uni tuzuvchi tomonlarning nomi, kontrakt predmeti arnal qilish muddati ko'rsatiladi.

G'olib bilan tuzilgan kontraktni imzolash muddati tender 'tkazilgandan keyin 10 ish kunidan oshmasligi kerak. Departa-ment tender komissiyasining qarori asosida tender g'olibi bilan C4-ilova) kamida 3 yil va ko'pi bilan 5 yil muddatga yo'nalishlarda shahar transportida yo'lovchilar tashish bo'yicha xizmatlar ko'r-satish yuzasidan kontrakt tuzadi. Kontrakt har bir yo'nalish uchun alohida-alohida tuziladi.

Yo'nalishda shahar transportida yo'lovchilar tashish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish yuzasidan tuziladigan kontrakt 9 ta moddadan iborat bo'ladi. Kontraktning 1-moddasida uning predmeti, ya'ni yo'nalishida yo'lovchilarni tashish huquqi qachondan boshlab kuchga kirishi, yo'nalishning texnik-foydalanish ko'rsatkichlari va unga qo'yilgan talablar ko'rsatiladi, yo'nalishda necha dona va qanday rusumdagi harakatlanuvchi tarkibdan foydalanishi hamda ularga qo'yilgan talablar bayon etiladi.

Kontraktning 2-moddasida tomonlarning majburiyatlari sanab o'tiladi.

Bunda tashuvchi tomonidan aholiga yuqori sifatli transport xizmatini ko'rsatish va kontrakt shartlarini to'liq bajarish uchun buyurtmachiga qanday majburiyatlar yuklanishi sanab o'tiladi. Masalan, yo'lovchilar tashishning asosiy shartlari, harakat yo'nalishidagi o'zgarishlar to'g'risida tashuvchini oldindan ogoh-lantirish, tashuvchiga dispetcherlik xizmatini ko'rsatish va hokazo.

Kontraktda tashuvchiga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi: yo'lovchilarni sifatli tashishni va yuqori xizmat ko'rsatish madaniyatini, transport vositasini boshqarish huquqi yuzasidan tegishli toifaga, shuningdek, yo'lovchilar tashishda kamida 3 yil ish stajiga ega bo'lgan haydovchi kadrlar tanlashni ta'minlash; yo` nalishda yo'lovchilarni muntazam tashishni tashkil qilish va bajarish; belgilangan ish rejimiga rioya qilish; harakatdagi tarkibga o`z vaqtida texnik xizmat ko'rsatilishini, salon, harkatdagi tarkibni texnik ko'rikdan va haydovchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishni ta’minlash va boshqalar.

Kotraktda yo'nalishdagi ish vaqtida haydovchilarga ushbu kontraktning nusxasiga, shaharda yo'lovchilar tashishni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya kartochkasiga, yo'nalish hujjatlariga, yo'l va chipta-hisob varaqasiga, liniyaga chiqishdan oldin yo'l varaqalarida avtotransport vositasining texnik ko'rik-dan va haydovchilarning tibbiy ko'rikdan o'tganligi to'g'risidagi Harakatlanish jadvaliga va yo'nalish sxemasiga ega bo'lish; transportda tekin yoki imtiyozli yurish huquqidan foydalanuvchi yo'lovchilarni to'sqinliksiz tashish va hokazo.

«Tomonlarning huquqlari» deb nomlanuvchi kontrakting 3-moddasida tashuvchiga buyurtmachiga yo'nalishni o'zgartirish yoki yopish, transport vositalarining rejadagi sonini, jadvallarni, ish rejimini qayta ko'rib chiqish, yo'lovchilar tashish tariflarini o'zgartirish bo'yicha asoslangan takliflar kiritish, yo'nalishning ko'cha-yo'l tarmog'i harakatlanish xavfsizligi yoki yo'lovchilar tashish talablari va shartlariga javob bermaydigan uchastkalarida yo'lovchilar tashishni bajarishni rad etish yoki to'xtatish huquqlari berilganligi, buyurtmachiga esa ushbu kontrakt shartlarining bajarilishini nazorat qilish, nazorat natijalari asosida, aniq qoida buzilishlarini ko'rsatgan holda dalolatnomalar (ma'lumotnomalar) tuzish, tashuvchiga aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish vazifasini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoida buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilash kabi huquqlar berilganligi qayd qilinadi.

4-modda «Tomonlarning javobgarligi» deb nomlanadi va unda kontrakt shartlarini buzilganligi uchun tomonlarning barcha javobgarliklari sanab o'tiladi.

5-moddada tashuvchining kontrakt shartlarini bajarayotganligi to'g'risida hisobot berishi shartligi va hisobotning shakli ko'rsatiladi.

Kontraktning 6-moddasida uni bekor qilish tartibi sanab o'tiladi.

Kontrakt shartlari, agar faoliyatning holatlari va shartlari ob-yektiv ravishda o'zgarsa, tomonlardan birining taklifiga ko'ra qayta ko'rib chiqilishi mumkinligi, muddati kabi masalalar kontraktning 7-moddasida bayon etiladi.

Kontraktning amal qilish muddati, unga ilova qilinayorgan hujjatlar kontraktning 8 va 9-moddalarida sanab o'tiladi.

Kontrakt tomonlarning yuridik manzillari, rekvizitlarini ko'r-satish uni tuzuvchilarning imzolari hamda imzoni tasdiqlovchi tamg'a bilan rasmiylashtiriladi va kucnga kirgan hisoblanadi.


Download 394 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Download 394 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Tashuvchi va buyurtmachi o`rtasida transport xizmati ko`rsatish yuzasidan kontraktlar tuzish

Download 394 Kb.