Tuzuvchi: Tolliyev S.B.
Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji maxsus fan o`qituvchisi
Taqrizchi: Axmedov I.X.
Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji maxsus fan o`qituvchisi
KIRISH
Bugungi kunda xalq xo'jaligining hech bir tarmog'ini avtomobil transportisiz tasawur etib bo'lmaydi, 90-yillargacha avtomobil transportining oidida turgan eng asosiy vazifalardan bin iste'molchi tashkiiotlar bo'yicha taqsimlangan reja ko'rsatkichlarini, shu jum-ladan, tonna va tonna km da belgilangan tashish hajmlarini baja-rishdan iborat bo'lib, uni hal etish ma'muriy buyraqbozlikka va yuqoridan rejalashtirishga asoslangan edi.
Tajribalardan ma'lumki, ma'muriy buyruqbozlik davrida hamma ishlarning markazdan rejalashtirilishi sababli barcha avtotransport korxonalari (ATK) mijozlar, tashiladigan yuk va yo'lovchilar hajmi ro'yxatini yuqoridan olar va uni bajarish shart edi. Mijozlar ham faqat yuqoridan biriktirib qo'yilgan ATK xiz-matidan foydalana olar edilar.
Respublikaning mustaqillikka erishishi va bozor iqtisodiyotiga o'tishining dastlabki natijalari ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan bunday rejalashtirish noto'g'ri ekanligini ko'rsatdi.
Avtotransport faoliyatini bozor iqtisodiyotiga o'tkazish uchun respublika, awalo, bozor iqtisodiyotining o'ziga xos xususiyatiarini va uning qonunlarini yaxshi biladigan, o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qarorlari va boshqa hujijatJariga. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshira oladigan yuqori malakali ishchi kuchiga va mutaxassislarga ega bo'lishi kerak.
O'quv qo'llanma Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida avtomobillarda tashishni tashkii etish va harakatni boshqarish Vo'nalisMda ta'lim olayotgan o'quvchilarga o'z sohasi bo'yicha chu-qur nazariy bilim va amaliy ko'nikmalar berishga qaratilgan. Bundan tashqari, qo'Ilanmada rnutaxasislarni o'z faoliyatini davlatning tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshira oladigan, ularga rioya qiladigan va ertangi kunni ko'ra oladigan qilib tayyorlash asosiy maqsad qilib qo'yilgan.
O'quv qo'llanmada bozor iqtisodiyotining (shu jumladan, transport xizmati bozorining) asosiy tushunchalari, uni hayotga tatbiq etishda «o'zbek modeli»ning o'ziga xos xususiyatlari, avtotransportni monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni yanada takomillashtirish, xususiy avtotransport korxonalarini tashkil etish, ochiq tenderlarni tashkil etish va ularda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha mavjud qonunchilik hujjatlarining ahamiyati yoritilgan.
O'quv qo'llanma tayyorlangandan buyon o'tgan vaqt mobaynida aholiga transport xizmati ko'rsatish sohasiga muayyan o'zgartirishlar kiritildi. Hukumatimiz tomonidan bu sohaga doir qa-tor yangi hujjatlar (ulardan biri qo'llanma so'ngida ilova tariqasida keltirilgan) qabul qilindi. Bu hujjatlar ham transport xizmati ko'rsatish sohasini zamon talablariga mos rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda.
|