-mavzu: Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish




Download 394 Kb.
bet4/29
Sana23.07.2021
Hajmi394 Kb.
#15941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
2-mavzu: Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish
Reja:

  1. Monopoliyadan chiqarish.

  2. Boshqaruvni takomillashtirish.

  3. Avtomobil transportini rivojlantirishni kompleks mintaqaviy dasturlari.

Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish bo'­yicha islohotlar «o'zbek modeli»ni tashkil etgan tamoyillarga mu-vofiq amalga oshirilmoqda. Islohotlar boshidanoq respublikada avtomobil transportini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni monopoliyaga barham berish hamda turli mulk-chilik shakllaridagi tadbirkorlik uchun raqobatni rag'batlantira-digan sharoitlarni yaratish yo'nalishida olib borildi.

Monopoliya deganda, ko'pchilik o'quvchilar uning lug'aviy ma'nosidan kelib chiqqan holda, respublikada yagona bo'lgan katta korxonalar faoliyatini tushunadi. Haqiqatan ham yo'lovchi tashuv-chi transportni oladigan bo'lsak, sobiq Ittifoq davrida u eng yirik va yagona monopolist edi. Yo'nalishlarda va yengil avtomobillarda yo'lovchi tashish huquqi faqat unga berilgan edi. Bugungi kunda xususiy tashuvchi kichik korxonalarning vujudga kelishi shuni ko'rsatyaptiki, amalda kichik bo'lgan korxonalar ham monopolist" bo'la olar ekan. Hozirda bunday korxonalar transport xizmatini ko'rsatish narxiga sezilarli darajada ta'sir o'tkaza oladi.

Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish jara-yonlarini chuqurlashtirish, bozor munosabatlarini shakllantirish. va transport xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratish ishlaril shu to'g'ridagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil' 4-iyundagi 2871-sonli Farmoni asosida amalga oshirilyapti.

Farmonda eng asosiy masalalardan biri qilib avtotransportda yo'lovchilar va yuk tashish sohasida bozor munosabatlari va raqobat muhitini yanada rivojlantirish, avtomobil transporti tash-kilotlarini va korxonalarini keng xususiylashtirish, xususiy avto­mobil tashuvchilar faoliyati sohasini kengaytirish, transport xiz­matlari bozorida mulkchilikning barcha shakllaridagi avtomobil­larda tashuvchilar uchun teng shart-sharoitlarni yaratish asosiy maqsad qilib qo'yildi. Shunga ko'ra avtomobil transportida bosh-, qaruvning ortiqcha bo'g'inlarini tugatish maqsadida O'zbekiston ' avtomobil transport! davlat aksionerlik korporatsiyasini tugatish to'g'risida qaror qabul qilindi. Bugungi kunda sobiq «O'zavtotrans» davlat aksionerlik korporatsiyasi tarkibida bo'lgan konsernlar avtomobillarda tashuvchilarning hududiy uyushmalariga aylantirilgan bo'lib, ular Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtiyorida faoliyat ko'rsatmoqdalar.

Avtomobil transportini rivojlantirishning kompleks mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, iqtisodiyotga va rnintaqa aholisiga barqaror avtotransport xizmatini ko'rsatish uchun shart-sharoitlarni yaratish, raqobat muhitini shakllantirish, mulkchilikning barcha shakllaridagi avtomobilda tashuvchilar uchun faoliyat ko'rsatishning teng sharoitlarini yaratish, tarif siyosatini amalga oshirishni nazorat qilish va boshqalar Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asosiy vazifalari qilib belgilandi.

Farmonda avtomobil transportining hududiy uyushmalari zimmasiga ham muayyan vazifalar yuklatilgan. Avtomobil transporti sohasida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, avtotransport korxonalarini xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini rivojlantirish, yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish madaniyatini va sifa-tini oshirish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish, ta'mirlash bazasini rivojlantirish, zamoniylashtirish va boshqalar shular jumlasidandir.


Download 394 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 394 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish

Download 394 Kb.