3-mavzu: Monopolistik faoliyatni cheklash to`g’risidagi qonun hujjatlari va monopoliyaga qarshi organlar tizimi
Reja:
O'zbekiston Respublikasining «Monopolistik faoliyatni cheklash to'g'risida»gi Qonunining mazmun-mohiyati.
Monopoliyaga qarshi kurashuvchi organlar.
Davlat tomonidan monopoliyaga qarshi tartiblashning me'yoriy-huquqiy asosini 1992-yilda qabul qilingan O'zbekiston Res-publikasining «Monopolistik faoliyatni cheklash to'g'risida»gi Qonuni tashkil etadi.
1993-yil fevralda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra monopoliyaga qarshi siyosatni o'tkazish bo'yicha vazifalar Moliya vazirligi zimmasiga yuklandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 15-maydagi Farmoniga binoan ushbu vazirlik qoshida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi asosida qo'mita tashkil etildi. Farmonda belgilab qo'yilganidek, qo'mita raqobatni rivojlantirish, monopolistik faoliyatni cheklash hamda iste'molchilar-ning huquqlarini muhofaza qilish sohasidagi siyosatni o'tkazish bo'yicha Davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Monopoliyaga qarshi kurashda monopolistik birlashmalarni' bo'lib tashlash asosida maydalashtirish usuli ijobiy natijalar be-; rishi mumkinligi amalda isbotini topyapti. Shuning uchun ham bugungi kunda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida monopol xo'jalik tuzilmalari yoki korxonalarini kichik; korxonalarga aylantirish ishlari amalda qo'llanilyapti.
O'zbekiston avtomobil transporti davlat aksionerlik korpo-ratsiyasining tugatilishi munosabati bilan avtomobil va daryo transportida yo'lovchilar va yuk tashish xavfsizligini tashkil etish va ta'minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, boshqaruv organlari va xo'jalik yurituvchi subyektlar tornonidan ularga rioya etilishi ustidan nazorat o'rnatish, yo'lovchilar va yuk tashish yo'nalishlarini tender asosida realizatsiya qilish mexanizmini joriy etish, raqobatda teng shart-sharoitlarni yaratish, avtomobil transportida tashuvchilar faoliyatini litsen-ziyalashni tashkil etish, litsenziya talablari va shartlariga rioya etili-shini nazorat qilish ishlari O'zbekiston avtomobil va daryo trans-Porti agentligiga yuklatildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika davlat , boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to'g'risida»gi 2003-yil 9-dekabrdagi 3358-sonli Farmonini bajarish yuzasidan harnda avtomobil va daryo transporti faoliyatini takomillashtirish aqsadida 2004-yil 10-martda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 118-sonli qarorini qabul qildi. Qarorda O'zbekiston va daryo transport! agentligining asosiy vazifalari belgilab Shu bilan bir paytda agentlikning hamda uning hududiy tashkiliy tuzilmasi va nizomi tasdiqlandi. Toshkent shahrida shahar yo'lovchi transport! korxonalarini alohida uyushmalarga aylantirish O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2006-yil 11-yanvardagi 3713-sonli hamda 2006-yil 18-yanvardagi 262-sonli Farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir qator Qarorlari asosida amalga oshirildi.
|