5-mavzu: Yo'lovchi tashuvchi mas'uliyati cheklangan jamiyatlar
Reja:
Avtomobil transportida yo`lovchilar tashish sohasida tadbirkorlik.
MCHJ ta’sischilarining jamiyatga qo`shgan ulushlari.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi «Avtomobil transportida yo'lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to'g'risida»gi 303-sonli qaroriga ko'ra, avtomobil transportida yo'lovchilarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yo'na-lishlarda tijorat asosida tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi deb ta'kidlab qo'yilgan.
Tadbirkorlik subyektlari (jismoniy shaxslar) tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari, o'z huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadida o'z mol-mulki asosida yoki jalb etilgan mol-mulk asosida o'zaro birlashib tashkil etgan jamiyatlar mas'uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) deb ataladi va ular O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 39-moddasiga ko'ra, yuridik shaxs hisoblanadi.
MCHJ ta'sischilarning jamiyatga qo'shgan ulushlari asosida topadi va u quyidagi usullar orqali tarkib topishi mumkin:
— xususiy avtomobillarni jismoniy shaxslardan ijaraga olib;
— bankdan olingan kreditga avtomobillar xarid qilib;
— lizing kompaniyalaridan avtomobillarni lizing shartnomasini tuzish orqali olib.
Bugungi kunda MCHJning asosiy qismi jismoniy shaxslar-ning avtomobillarini ijaraga olish orqali tashkil etilyapti. Buning uchun avtomobil egasi (ijaraga beruvchi) va MCHJ (ijaraga oluvchi) o'rtasida ijara shartnomasi tuziladi.
Ijara shartnomasida quyidagilar qayd qilinishi kerak:
1. «Ijaraga beruvchi» «Ijaraga oluvchi»ga ijaraga berilayotgan avtomobilga (transport vositasi) o'z vaqtida texnik xizmat ko'rsatish sharti bilan vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun top-shirilishi.
2. Ijara muddati.
3. Ijara haqining miqdori va uni to'lash bilan bog'liq bo'lgan shartlar (ijara haqini to'lash sanasi).
4. «Ijaraga beruvchi»ning majburiyatlari.
5. «Ijaraga oluvchi»ning majburiyatlari va huquqlari.
6. Shartnoma muddatini uzaytirish yoki bekor qilish tartibi va h.k.
|