9-mavzu: Avtomobil transportida raqobat va uning turlari
Reja:
Raqobat tushuncha va uning turlari.
Raqobat modellari.
Narx bilan raqobatlashuv.
Har qanday ijtimoiy tuzumda raqobat muayyan ijtimoiy vazifa-larni bajaradi.
Raqobat deganda bir maqsad sari ijtimoiy subyektlarning faol musobaqadagi o'zaro munosabatlari tushuniladi.
Raqobat tufayli uning ishtirokchilari raqobatda yutib chiqishi uchun boshqa raqobatchilarning faoliyatini kuzatib boradi, tahlil qiladi va qiyoslash natijalariga qarab maqsadga erishishning eng maqbul yo'llarini tanlaydi.
Demak, raqobat mahsulot (xizmat) birligiga mehnat sarfini kamaytirishga, eng mukammal texnologiyalarni ishlab chiqishiga va qo'llashga, mahsulot sifatini yaxshilash va narxini kamaytirishga olib keladi.
Asrimizning eng buyuk tadbirkorlaridan biri — mashhur «Soni» kompaniyasining boshlig'i yaponiyaUk Akio Morita shunday deydi: «Yapon biznesining shuhrati ham, keskir qilichi ham, sanoati-mizni harakatlantiruvchi kuch — bu o'sha marhamatli kuch — marhamatJi raqobat hisoblanadi».
Bugungi kunda raqobatning to'rt modeli mavjud:
1. Mukammal (sof) raqobat. Sof raqobat bozorda o'z tovar yoki xizmatlarini subyektlar va ularga ehtiyoji bo'lgan talabgorlarning ko'pligi bilan tavsiflanadi. Masalan, yengil avtomobillarda xizmat ko'rsatuvchilar (taksistlar) va mijozlarning ko'pchiligi to'plangan joy. Bu yerda avtotransport egalarining hech biri transport xizmati narxiga alohida ta'sir eta olmaydi, aks holda uning xizmatidan hech kim foydalanmay qo'yishi mumkin. Ijtimoiy nuqtayi na-zardan xalqimiz uchun shunday raqobatli bozorning mavjudligi juda ham maqsadga muvofiqdir.
2. Monopolistik raqobat. Bunday raqobatda raqobatchilar anchagina bo'lishiga qaramay, bozor narxlarini nazorat qilish im-koniyati bo'Imasa-da, unga qisman ta'sir etishlari mumkin. Monopolistik raqobatga xos bo'lgan muhim belgilardan biri tovarlarni tabaqalashtirishga intilishdir. Masalan, avtobus o'rindiqlarining qattiq yoki yumshoqligi, avtobusning yangi yoki eskiligi, xuddi shunday boshqa transport vositalarining ham ayrim belgilariga qarab transport xizmati narxini belgilash.
3. Oligopoliya raqobati sharoitida tarmoqda bir necha taklif etuvchi subyektlar bo'lib, ularning har biri bozorning katta qis-mini egallaydi. Bunday sharoitda subyektlar o'zaro bog'lanib qo-ladi. Ularning har biri o'z harakati bilan raqiblarga bevosita ta'sir ko'rsatadi va ularning ta'sirida bo'ladi.
Masalan, bir yo'nalishda yo'lovchilarga xizmat ko'rsatayotgan transport korxonasi har xil mulkchilik subyektlariga tegishli bo'l-salar, ular transport xizmatini ko'rsatish narxini o'zgartirish orqali boshqalariga ta'sir o'tkazadilar. Yana shuni ham eslatib o'tish joizki, oligopoliya raqobatida subyektlar o'zaro til biriktirib olish-lari ham mumkin.
Xo'jalik subyektlarining raqobatni jiddiy cheklashga olib ke-ladigan noqonuniy keJishuvlariga yoki o'zaro kelishilgan faoliyatiga qarshi kurashish bozor iqtisodiyoti davlatlarida antimonopol qo-nun hujjatlari yordamida hal qilinishi kerak bo'lgan eng asosiy vazifalardan biridir.
4. Mukammal (sof) monopoliya. Bu raqobatda bir-biriga yaqin bo'lmagan mahsulot ishlab chiqaruvchi subyekt faoliyat ko'rsatadi. Bu yerda bozor tanho yoki ularga o'xshaganlarning soni deyarli li bo'ladi. Shuning uchun monopoliya bozorda mahsulot-iiing hajmi (taklif hajmi) va narxiga hech bir qiyinchiliklarsiz ta'sir o'tkazadi.
Bugungi kunda barcha davlatlarda jamiyatning eng muhim ehtiyojlariga xizmat ko'rsatadigan tarmoqlar: elektr ta'minoti, havo va temiryo'l transport! va shu kabilar tabiiy monopoliyalar qa-toriga kiradi.
Bulardan ko'rinib turibdiki, monopoliyalar (mahsulot ishlab chiqaruvchi subyekt xoh davlat yoki xoh nodavlat mulkchiligida bo'lsin) davlat tomonidan boshqarilishi kerak.
Monopoliyalarning davlat tomonidan boshqarilishi, bir tomon-dan, monopolistga mahsulot birligini ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni ta'minlashga, ikkinchi tomondan, xarajatlarning iqti-sod qilinishidan ishlab chiqaruvchigina emas, balki, birinchi nav-batda, iste'molchilar foyda ko'rishiga xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi va mukammallashib borgani sari raqobatning shakl va usullari ham o'zgarib boradi.
Jahondagi barcha mamlakatlarda qonuniy hisoblangan va amalda keng qo'llanib kelinayotgan raqobatning quyidagi shakllari mavjud.
Narx bilan raqobatlashuv. Bu shaklning bir necha usullari mavjud bo'lib, ulardan eng asosiysi «narxlar jangi» deb ataladi. Bu usulda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish maqsadida narxlarni vaqt-vaqti bilan yoki uzoq mud-datga pasaytirib turadi. «Narxlar jangi»da baquwat firma tovarning sotilishi hajmini ko'paytirish hisobiga ko'proq daromad ko'rishni ko'zlaydi. Masalan, ko'pgina MCHJlarning yo'nalishli taksila-ridagi yo'l kira haqi shu yo'nalishda qatnayotgan avtobuslarning yo'l kira haqiga teng bo'lgani uchun yo'lovchilar ulardan ko'proq foydalanib keldilar. Yo'lovchilar dastlab tarmoqdagi «narxlar jangi»dan foyda ko'radilar, ammo keyinchalik bunday monopo-liyalashtirishning «jabrini tortishlari» ham mumkin. Masalan, yo'lovchilar yo'nalishli taksilardan ko'proq foydalanayotgani sababli ko'pgina yo'nalishlarda ishlash uchun zarur bo'lgan avtobus soni kamayadi. Buning natijasida avtobuslarning harakat interval! ortib ketadi. Bu esa, birinchi galda, davlat tomonidan yo'lov-chilarning ba'zi toifalariga berilgan imtiyozlardan foydalanish sa-niarasining keskin kamayishiga, boshqacha qilib aytganda, ijti-moiy himoyani yo'qqa chiqarib qo'yishi mumkin.
Demping, amal qilish va maqsadlariga ko'ra «narxlar jangi»ga yaqin bo'lib, narx bilan raqobatlashuv usuliga kiradi. Uning mohiyati shundaki, yirik tovar ishlab chiqaruvchilar boshqa mamlakatlar hududida korxona qurmaydilar, ammo uning bozor-lariga o'z ichki bozoridagi narxlardan, ayrim hollarda hatto mah-sulotning tannarxidan ham past bahoda mahsulotlarini kiritadilar. Dempingning ma'nosi shuki, tovar ishlab chiqaruvchi mamlakat-ning ichki bozorida narxlarni sotilayogan ortiqcha mollarni yo'-qotish va yangi bozorlarga so'zsiz qoniqtirishi bilan birga, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishiga keskin to'sqinliic holatlari vujudga kelganida davlat bu jarayonni savdo cheklash-larini joriy qilish, muayyan turdagi tovarlarni kiritish uchun bojlarni ko'tarish bilan nazorat qilishi mumkin (chetdan kiritila-yotgan avtomobillar uchun bojxona narxi).
Narx bilan raqobatlashuv usullariga yana quyidagilarni misol qilib ko'rsatish mumkin:
— muayyan toifadagi iste'molchilar uchun imtiyozli narxlar;
— vaqti va joyiga qarab narxlarni tushirish va yoki ko'tarish (transport xizmati takliflari talabga qaraganda sezilarli darajada kam bo'lgan vaqt va joylarda);
— ko'rsatilgan xizmat hajmiga qarab narxni pasaytirish;
— xaridorlar uchun kreditlar tashkil etish va boshqalar «narx-siz raqobat*.
Narx bilan raqobatlashuvga kirmaydigan raqobat usullari «narxsiz raqobat» deb ataladi:
— ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga ko'proq foyda olishni ta'minlash;
— bozorda yuqori sifatli tovarlar (xizmat) bilan ishtirok etib, boshqa raqiblardan o'zib ketish;
— xizmat ko'rsatish sifatini oshirish orqali ko'proq foyda olishni ta'minlash;
— sotilgan tovar uchun ma'lum muddat servis xizmatini ko'rsatish orqali yutib chiqish va boshqalar.
|