11-mavzu: Avtomobil transportida tadbirkorlik faoliyatini
litsenziyalash tartibi
Reja:
Litsenziya haqida asosiy tushuncha.
O`zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g’risida”gi Qonuni va uning mazmun mohiyati.
Litsenziyalash tartibi.
Litsenziya — lotincha so'z bo'lib, «licentia», ya'ni ruxsatnoma ma'nosini anglatadi. Barcha turdagi xo'jalik yurituvchi subyektlar tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi uchun ular davlat tomoberilgan maxsus ruxsatnomaga, ya'ni litsenziyaga ega bo'lishlari kerak.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi ko'pgina davlatlarning qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan.
Rossiya Federatsiyasida «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash* bo'yicha qabul qilingan 128-F3 federal qonunga ko'ra 8 tadan ko'p odam tashishga mo'ljallangan barcha avtomobil-larda yo'lovchilar tashish uchun litsenziya olinishi kerak. Bu dav-latda litsenziya yuridik shaxslar bilan bir paytda jismoniy shaxs-larga ham berilishi mumkin. Moskva shahar hukumati bulardan tashqari shahar ichida yo'lovchilar tashishni amalga oshiradigan avtomobillar uchun avtomobilning sanitar pasportini ham talab etadi.
Rossiya Federatsiyasida avtomobil transporti sohasida litsenziyalash ishlari 1995-yil 10-dekabrda qabul qilingan «Yo'l hara-kati xavfsizligi to'g'risida»gi qonun hamda «Rossiya Federatsiyasida transport jarayonini tashkil etish bilan bog'liq bo'lgan transport-ekspeditsion tashishlar, avtomobil transportida ta'mirlash va tex-nik xizmat ko'rsatish va boshqa faoliyatni litsenziyalash to'g'ri-sida»gi farmon asosida amalga oshirilrnoqda. Rossiya poytaxti Moskva shahrida esa uning meri 1998-yil 9-iyundagi 451-sonli qarori bilan tasdiqlagan «Moskva shahrida transport-ekspeditsion xizmat ko'rsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini litsenziyalash to'g'risida»gi nizom asosida amalga oshirilyapti.
Nizomda transport-ekspeditsion xizmatlarni ko'rsatish deyil-ganda, tashish bilan bog'liq bo'lgan: tashishlami tashkil etish va yuklarni ekspeditsiya qilish, tashish hujjatlarini rasmiylashtirish, ortish-tushirish ishlarini bajarish, yuklarni saqlash va saqlash uchun omborxonalarni ajratish kabi operatsiyalar tushunilishi qayd qilingan.
Nizomda, shuningdek, litsenziyalarni berish tartibi va uni iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, monopoliyaga qarshi qonunlarning bajarilishini ta'minlash, bozorning normal holatda faoliyat ko'rsatishini ta'minlash, texnika xavfsizligi va ekologik norma talablarining bajarilishida davlat boshqaruvini tashkil etish maqsadlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilganligi hamda litsenziyalarning qaysi organ tomonidan berilishi, muddatlari (3 oy, 1 yil, 5 yil) va litsenziya olish uchun zaair bo'lgan huj-jatlar (8 tadan 11 tagacha) ko'rsatib o'tilgan.
Ba'zi bir davlatlarda avtomobil transportida tadbirkorlik fao-liyati uchun litsenziya olib berish bilan shug'ullanuvchi yuridik muassasalar ham mavjud bo'lib, ular tashuvchilarga yaqindan yordam beradilar.
Bizning respublikamizda xo'jalik yurituvchi subyektlar fao-liyatini litsenziyalash tartibi O'zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-maydagi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida»gi Qonunida belgilab qo'yilgan.
Ushbu qonun 4 bobdan va 27 ta moddadan iborat bo'lib, uning 3-moddasi «Asosiy tushunchalar» deb nomlanadi va unda quyi-dagi atamalarga tushunchalar berilgan:
— litsenziya — litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so'zsiz rioya etilgani holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
— faoliyatning litsenziya] anayogan turi — O'zbekiston Res-publikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turi;
— litsenziyalash — litsenziya berish to'g'risidagi arizani top-shirish va ko'rib chiqish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish, tugatish va bekor qilish jarayoni bilan bog'liq tadbirlar kompleksi;
— litsenziya talablari va shartlari — faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirayotganda litsenziat tomonidan baja-rilishi majburiy bo'lgan, qonun hujjatlarida belgilangan talablar va shartlarning majmuyi;
— litsenziyalovchi organlar — qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalashni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organlar;
— litsenziya da'vogari — litsenziyalovchi organga faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya berish to'g'risidagi ariza bilan murojaat etgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
— litsenziat — faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish litsenziyasi bo'lgan yuridik va jismoniy shaxs;
— litsenziya shartnomasi — faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziatning litsenziya olishi va undan foydalanishi borasidagi litsenziyalovchi organ bilan litsenziya da'vogari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadigan va ular o'rtasida tuziladigan shartnoma;
— litsenziyalar reyestri — berilgan, to'xtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan litsenziyalar, sliuningdek, amal qilishi tugatilgan litsenziyalar to'g'risidagi jna'lumotlarni o'z ichiga olgan litsenziyalovchi organlarning 0ia'lumotlar bazasi majmuyi.
Litsenziyalar Qonunning 3-bobi 10-moddasiga ko'ra namu-naviy (oddiy) va yakka tartibdagi turlarga bo'linadi.
Namunaviy (oddiy) litsenziyalar jumlasiga cheklanmagan doiradagi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan litsenziyalar kiradi.
Yakka tartibdagi litsenziyalar jumlasiga yuridik va jismoniy shaxslarga alohida talablar va shartlar asosida beriladigan, litsen-ziyatlarga faoliyatning mazkur turini amalga oshirishda mutlaq huquqlar beruvchi, miqdoriy cheklangan litsenziyalar kiradi.
Litsenziyalarni berish tartibi va shartlari, shu jumladan, tan-lovlarni (tenderlarni) o'tkazish shartlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Toshkent shahrida avtomobil transportida yo'lovchilar tashishni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash vakolati Vazirlar Mahka-masining 2006-yil 14-iyulda tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo'lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, sha-harlararo va xalqaro yo'nalishlar bo'yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to'g'risida»gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 138-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.
Mazkur Nizom avtomobil transportida yo'lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo'nalish-larda tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi. Ushbu Nizomga ko'ra tijorat asosida amalga oshiriladigan yo'lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlar bo'yicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak. Bunda yo'lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlarda tashish faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Aholining hayoti va sog'lig'ini xavf ostiga qo'ygan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish va avariya-qut-qarish va tiklash ishlarini amalga oshirish bilan bog'liq tashishlarni amalga oshirishga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida»gi Qonunning 9-moddasida nazarda tutilgan korxonalar va muassasalarga (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuzil-gan unitar korxonalar va muassasalar, basharti, ularni tashkil etish to'g'risidagi hujjatlarda faoliyatning ayrim turini amalga oshirish nazarda tutilgan bo'lsa) litsenziya olish talab etilmaydi.
Toshkent shahrida avtomobil transportida yo'lovchilar ta-shishni amalga oshirishga litsenziyalar berish, shuningdek, qonun hujijatlarida belgilangan hollarda litsenziyalarning amal qilishini to'xtatib turish, to'xtatish va ularni bekor qilish to'g'risidagi qaror Toshkent shahar hokimligi Yo'lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (keying! o'rinlarda Departament deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Toshkent shahrida, shu jumladan, shahar atrofida avtomobil transportida yo'lovchilar tashish huquqining quyidagi turlari uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Litsenziya kartochkalarini berish tartibi Departament tomo-nidan belgilanadi. Litsenziatning litsenziya kartochkalari bilan ta'minlanmagan avtomobil transportidan foydalangan holda olgan daromadi (foydasi) noqonuniy hisoblanadi va qonun hujjatlariga muvofiq budjetga olib qo'yilishi kerak. Litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi. Har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi litsenziyaning amal qilish muddatidan ortiq bo'lma-gan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlarning yoki ijara shart-nomasining amal qilish muddati litsenziyaning amal qilish muddatidan kam bo'lsa, litsenziya kartochkasining amal qilish muddati ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bilan cheklanadi. Litsenziya kartochkasining amal qilishi litsenziya kartochkasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Quyidagilar Toshkent shahrida avtomobil transportida yo'-lovchilar tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydala-nishda, ularni kerakli narsalar bilan ta'minlashda qonun hujjat-lariga, tashish qoidalariga, ekologiya talablariga majburiy rioya qilinishi, yo'1-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbir-larining amalga oshirilishi;
b) yuridik shaxsning shtatida yo'l harakati xavfsizligini ta'min-lash uchun mas'ul bo'lgan, tegishli lavozimni egallash huquqi uchun Departament tomonidan belgilangan tartibda attestatsiya-dan o'tgan mansabdor shaxslarning mavjud bo'lishi;
d) litsenziat foydalariayotgan har bir avtotransport vositasida litsenziya kartochkasi mavjud bo'lishini ta'minlash;
e) yuridik shaxs xodimlarining avtomobil transportida tegishli tashishlarni amalga oshirish chog'ida qo'yiladigan malaka talablariga muvofiqligi;
f) qonun hujjatlariga muvoflq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi;
g) tender natijalari bo'yicha Departament bilan shartnoma asosida yo'lovchilarni avtomobilda muntazam tashish (yengil avtomobil taksilaridan tashqari);
h) tashish xavfsizligi va yong'in xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik soz holatda saqlash, uni asrash, texnik ko'rikdan o'tkazish, texnika xavfsizligini ta'minlash, avtotransport vositalarini yo'lga chiqishdan oldin texnik ko'rikdan o'tkazish va haydovchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish;
i) yangidan olinayotgan va to'ldirilayotgan avtotransport vosi-talariga litsenziyalar tomonidan qo'shimcha litsenziya kartochka-lari o'z vaqtida olinishi.
Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjat-larni taqdim etadi:
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylash-gan joyi (yuridik manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) ko'rsatilgan holda litsenziya berish to'g'risidagi ariza;
b) yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
d) mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to'g'risidagi ma'lu-motlar, shuningdek, yo'l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo'linmasi tomonidan berilgan belgilangan shakldagi avtotransport vositasi texnik jihatdan soz ekanligi to'g'risida belgi qo'yilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko'rikdan o'tkazilganligi dalolat-nomasining nusxasi;
e) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko'rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko'rikdan o'tkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko'rik va texnik ko'rikdan o'tish imkoniyati berilishi to'g'risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma'lumotlar;
f) yuridik shaxs xodimlari malakasining belgilangan talablar va shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
g) yuridik shaxsning yo'l harakati xavfsizligi ta'minlanishi uchun mas'ul bo'lgan mansabdor shaxsning tegishli attestatsiya-dan o'tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
h) ariza ko'rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig'im to'langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatlar Departamentning mas'ul xodimi tornonidan ro'yxat bo'yicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana ko'rsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Toshkent shahrida avtomobil transportida yo'lovchilar tashishni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga (11-rasm) muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya va litsenziya kartochkalari Departament tomonidan litsenziya talabgori davlat boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi.
Nizomda litsenziyalovchi organ bilan litsenziat o'rtasidagi o'zaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimlari, uning qayta rasmiylashtirilish, amal qilish muddatlarini uzaytirish va dublikat berish, litsenziyaga qo'yilgan talablar, litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgar-iigi, litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazo-ratni amalga oshirish, litsenziyaning amal qilishning to'xtatib turish masalalari ham alohida bayon etilgan.
Shu bilan birga, mazkur Nizom normalari hamda faoliyat-ning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun Departament belgilangan tartibda javob berishini ko'zda tutadi.
|