-mavzu: Litsenziya da’vogarlariga qo`yilgan malaka talablar




Download 394 Kb.
bet12/29
Sana23.07.2021
Hajmi394 Kb.
#15941
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
12-mavzu: Litsenziya da’vogarlariga qo`yilgan malaka talablar
Reja:


  1. Litsenziya olish uchun talab etiladigan hujjatlar.

  2. Litsenziya berish to`g’risida qaror qabul qilish.

  3. Litsenziya da’vogarlariga qo`yilgan malaka talablar

Respublikaning mustaqillikka erishishi va bozor iqtisodiyotiga o'tishining dastlabki natijalari ma'muriy buyruqbozlik asosida rahbarlik qilishga o'rganib qolgan ayrim byurokratlar bir qancha vaqt davlatning boshqaruv apparatlarida saqlanib qolishi mumkin ekanligini ko'rsatdi. Bularga qarshi ishlab chiqilgan qonunlar, farmonlar va boshqa tadbirlar har doim ham kutilgan samarani beta olmaydi. Prezidentimiz LA. Karimov ta'biri bilan aytganda, har bir tadbirkor «O'z uyingni o'zing asra» degan aqidaga amal qilishni bilishi kerak. Buning uchun har bir tadbirkor avtotransport vositalarida tashish sohasida tadbirkorlik bilan erkin shug'ullanishi, uning faoliyatiga hech qanday byurokratik to'siqlar g'ov bo'la olmasligi uchun avtotransport faoliyatini bozor iqtisodiyoti talab-lariga mos ravishda tashkil eta olishi, bozor iqtisodiyotining o'ziga xos xususiyatlarini va uning qonunlarini bilishi, o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbe-kiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qarorlari va boshqa hujjatlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezi-dentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshirishi kerak.

Bulardan tashqari, har bir tadbirkor yuksak madaniyatli, halol, rostgo'y, shu bilan bir paytda istiqbolni ko'ra oladigan, yangilikka intiladigan, tavakkal qilishdan qo'rqmaydigan va sabr-toqatli bo'hshi lozim.

Avtomobil transportida yo'lovchilar va yuk tashish bilan shu-g'ullanuvchi yuridik shaxslarning xodimlariga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qo'yiladigan malaka talablari O'zbekiston Respub­likasi Avtomobil va daryo transport! agentligi tomonidan ishlab chiqilgan va O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'limi hamda O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy mu-hofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan bo'lib, agentlikning 2004-yil 26-apreldagi 65-son buyrug'i bilan tasdiqlangan va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 28-iyunda 1377-raqam bilan qayd qilingan Nizomda bayon etilgan.

Nizom to'rt bo'limdan iborat bo'lib, uning birinchi bo'limida Nizomni ishlab chiqishda Yevropa Ittifoqining yuklar va yo'lovchilarni tashuvchilar faoliyatini e'tirof etish hamda milliy va xalqaro tashishlarni amalga oshirish erkinligi huquq uchun ushbu tashuv-chilarga yordam berish maqsadida diplomlar, sertifikatlar va malakaning boshqa hujjatli dalillarini o'zaro e'tirof etish bo'yicha 1998-yil 1-oktabrdagi 98G’76 Konsullik direktivasi normalari, O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Yevropa konfe-rensiyasi mamlakatlari a'zolari orasida kuzatuvchi mamlakat ma-qomini olish niyati metodologik prinsiplar asosi qilib olinganligi ko'rsatilgan.

Nizomning ikkinchi bo'limi malaka talablari deb nomlanadi va unda quyidagilar bayon etilgan.

Malaka talablari avtomobil ixtisosligi bo'yicha oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot, kasb-hunar ta'limi to'g'risidagi diplom va suhbatdan o'tganlik haqidagi xulosa yoki malaka imtihoni topshi-rilgandan keyin beriladigan kasb vakolati ta'g'risidagi hujjatning nusxasi yuridik shaxsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbir-korning litsenziya talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.Ushbu hujjatlarga ko'ra, yuridik shaxsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning malaka talablari avtomobil transportida yo'lovchilar, yuk va bagaj tashish qoidalarini hamda avtomobilda tashishlarni tashkil etish va ular xavfsizligini ta'min-lash bo'yicha boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, ularga rioya qilinmaganligi uchun javobgarlik choralarini bilishi bilan belgilanadi.

Xalqaro tashish bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslarning rahbarlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar bulardan tashqari, O'zbekiston Respublikasining xalqaro avtomobilda tashish soha-sidagi xalqaro konvensiyalari, shartnomalari va bitimlari norma­lari, chegaralarni kesib o'tish qoidalarini, transport vositalarining og'irlik va gabarit parametrlariga qo'yiladigan talablarni «Xalqaro avtomobilda tashishlarni bajarayotgan transport vositalari ekipaj-lari ishiga tegishli Yevropa bitimi»ga muvofiq xalqaro avtomo­bilda tashishlarni amalga oshirayotgan haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga qo'yiladigan talablarni va boshqa talablarni bilishi lozim.

Nizomning uchinchi bo'limida malaka talablarini bajarma-ganlik uchun tashuvchilarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi qonunida nazarda tutilgan ta'sir ko'rsatish choralari belgilangan tartibda qo'llanilishi ta'kidlangan.


Download 394 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Download 394 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Litsenziya da’vogarlariga qo`yilgan malaka talablar

Download 394 Kb.