13-mavzu: Avtomobillarda tashishda uchun ochiq
tenderlarni tashkil etish. Tender tushunchasi va uning maqsadi
Reja:
Tender haqida tushuncha va tenderlarni o`tkazish tartibi.
Tender o`tkazish bosqichlari.
Avtomobil transportidigi raqobat va uning turlari oldingi bo'limlarda atroflicha bayon etildi. Yo'lovchilarni hamda yuklarni tashishda har xil mulkchilikka asoslangan xo'jalik yurituvchi subyektlar orasida sog'lom va erkin raqobatni ta'minlashga faqat ochiq tenderlarni o'tkazish orqali erishish mumkin. Shuning uchun ham tenderlar o'tkazish va uni takomillashtirish masalalari aholiga yuqori sifatli transport xizmatini ko'rsatishni ta'minlashda katta ahamiyatga ega.
Tender (tender) inglizcha so'z bo'lib, savdo, konkurs (tanlov) ma'nosini anglatadi. Ba'zi bir davlatlarning (Rossiya) qonun huj-jatlarida tender atamasi o'rniga bugungi kunda ham konkurs so'zi ishlatilganligi sababli tadbirkorlar tenderlar o'tkazilish chog'ida ko'p hollarda ularni konkurs deb atab kelmoqdalar.
Tenderlar qaysi maqsadda o'tkazilishiga va mohiyatiga qarab bir necha turlarga bo'linadi: ochiq tenderlar, yopiq tenderlar, ko'p (odatda ikki) bosqichli tenderlar va maxsuslashtirilgan tenderlar.
Davlat mudofaasi yoki siri bilan bog'liq masalalar bo'yicha tenderlar o'tkazilish zarurati tug'ilganida yopiq tenderlar o'tkazi-ladi va unga faqat maxsus, oldindan qo'yilgan shartlarga javob bera oladigan subyektlar taklif etiladi, tender yopiq tarzda o'tadi. Bun-day tenderlar yopiq tender deb ataladi.
Ba'zi tenderlarni o'tkazishda unda qatnashishni istagan bar-cha talabgorlar taklif etiladi. Ularning ichidan tender talablariga eng ko'proq javob bera oladiganlari qoldiriladi va qolgan talabgorlar orasida qaytadan yana tender o'tkaziladi. Bunday tenderlar ikki bosqichli tender deb ataladi.
Bugungi kunda eng ko'p tarqalgan tender turi bu ochiq ten-derlardir.
Ochiq tenderlarda qatnashuvchilar soniga hech qanday cheklovlar qo'yilmaydi. Istalgan xo'jalik yurituvchi subyekt tenderda qatnashishi mumkin.
Tenderlarni o'tkazish ikkala tomonga, ya'ni tenderni o'tka-zuvchi hamda unda qatnashuvchi uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Masalan, tenderni o'tkazuvchi tomon takliflar ichida eng maqbul yuqori sifatliligini va arzonini tanlash imkoniyatiga ega bo'lsa, qatnashuvchi shu sohada eng yetakchi o'rinda ekanligiga, keyinchalik ham u bilan hamkorlik qilish yaxshi natijalar berishi mumkinligiga kafolat bera olishiga ishontiradi.
Shuni ham alohida ta'kidlab o'tish joizki, tenderlar har doim ham kutilgan natijalarni bermay, salbiy va noxush holatlarga ham olib kelishi mumkin. Anton Gagenning ma'lumotlariga ko'ra, tenderlarnmg salbiy oqibatlarga tushib qolishining eng birinchi sababi — bu tender tashkilotchilarining odob-axloqidir (tashkilot-chilarning va da'vogarlarning etikasi). Rivojlangan davlatlarning tajribalari shuni ko'rsatadiki, ba'zi bir paytlarda tenderda yutib chiqish maqsadida da'vogarlar tender komissiyasi a'zolari bilan oldindan kelishib olishi ham mumkin ekan. Bunday hollarda tender g'olibi oldindan ma'lum bo'lganligi sababli ularda qatnashish hech qanday samara bermaydi. Shuning uchun ba'zan «halol tender* tushunchalari ham qo'llanib kelinyapti.
Halol tenderlarni o'tkazishda Yevropa reklamalar agentligi uyushmasi (YARA) ishlab chiqqan va bugungi kunda ko'pgina rivojlangan davlatlarda qo'llanib kelinayotgan tavsiyalar — tenderlarni o'tkazish axloq kodeksidan foydalanish maqsadga mu-vofiqroq bo'ladi.
YARA tenderlarni o'tkazish uchun 5 ta punktga alohida aha-miyat berish kerakligini ta'kidlaydi. Masalan, birinchi galda oldindan sinalgan mijozlar bilan ishlashga intilish, talabgorlarning sonini ko'paytirishga intilmaslik va boshqa shunga o'xshashlar.
Tender o'tkazishning qonuniy bazasi yaratilmaganligi ham tenderlarning obyektivligi ta'minlanmasligiga olib kelishi mum-kin. Tenderlar noto'g'ri o'tkazilishining yana bir sababi uni o'tkazish qoidalarining talabga javob bera olmasligi yoki mukam-mal emasligi ham bo'lishi mumkin. «Halol» tenderning eng asosiy kafolati uning ochiqligi va yagona tender o'tkazish qoidasining mavjudligidir.
Ba'zi adabiyotlarda tenderlarni o'tkazish bosqichlari va ularda qanday masalalar ko'rilishi kerakligi tavsiya etilgan. Masalan, shu sohada izlanishlar olib borgan Anna Nesmeyeva tenderni 7 bos-qichga bo'lib tashkil etishni tavsiya etadi:
Birinchi bosqich — tender o'tkazish bo'yicha qaror qabul qilish.
Ikkinchi bosqich — tenderga taklifnomalarni tayyorlash.
Uchinchi bosqich — talabgorlarni tanlash.
To'rtinchi bosqich — talabgor tomonlarning qarashlarini aniqlash.
Beshinchi bosqich — talabgorlarning takliflarini ko'rib chiqish.
Oltinchi bosqich — tender g'olibini aniqlash.
Yettinchi bosqich — tender g'olibini e'lon qilish.
Ko'pgina davlatlarda yo'nalishlarda yo'lovchilar tashishni tashkil etishda eng yaxshi tashuvchilarni tanlash uchun ochiq tenderlarni o'tkazish qabul qilingan. Buning uchun ochiq tenderlarni tashkil etish tartibi va me'yorlari ishlab chiqilgan. Ammo tajribalar shuni ko'rsatadiki, bu boradagi hujjatlar haligacha yetarli darajada mukammal emas ekan. Masalan, Ukraina Respublikasining Lvov shahrida niarshrutlarni taqsimlash uchun o'tkazilayotgan tenderlarni o'tkazish qoidalarini ko'rib chiqaylik. Bu shaharda bugungi kunda ham tadbirkorlik maqsadida yo'lovchilar tashish bilan shug'ullanishga jismoniy shaxslarga nafaqat ruxsat berilyapti, balki ular uchun keng imkoniyatlar (ular to'laydigan to'lovlar yagona to'lov bo'lib, daromadning atigi 10% ini tashkil etadi) yaratib berilgan. Bu respublikada tender talablari va takliflarini takomillash-tirishga qaratilgan ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ularni baholash mezonlari ham ba'zi bir kamchiliklardan xoli emas. U yercla tender g'olibi 100 ballik sistema bo'yicha baholanadi. Ballarni aniqlashda malakaviy talablar majmuasiga harakatlanuvchi tarkibning texnik holati va da'vogarning ish staji kiritilgan, ammo uni aniqlash mezoni ishlab chiqilmagan. Shu bilan birga, tender qatnashchisi yo'l haqi tarifming miqdorini kamaytirishi yoki aho-lining ma'lum bir qatlamiga transportda yurishi uchun imtiyozlar berishi sababli to'plashi mumkin bo'lgan balining miqdorini oshirish imkoniyatiga ham egadir.Vazirlar Mahkamasining «Ten-der g'oliblarini aniqlash tartibi to'g'risida»gi 2003-yil 29-yanvar-dagi 139-sonli qaroriga ko'ra, korxonaning moddiy-texnika bazasi bilan ta'minlanganlik darajasiga qarab ball berilishi kichi]< korxonalarning tenderda yutib chiqish imkoniyatini pasaytirib yuboradi. Ukraina Respublikasining poytaxti Kiyev shahrining radasi ham transport vositalarining texnik holatiga katta ahamiyat beryapti. Radaning talabiga ko'ra tenderda dvigateli Yevro-2 va Yevro-3 talablariga javob beradigan avtomobillarga katta imtiyozlar beriladi.
Ba'zi davlatlarda tender g'oliblariga yo'nalishda yo'lovchilar tashish huquqini boshqa xo'jaliklarga topshirishiga ruxsat berishgan, bu esa vaqti kelib yo'nalishlarda yo'lovchilar tashish huquqi butunlay begona xo'jaliklar tasarrufiga o'tib ketishiga olib kelishi mumkin.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, tenderlarni muvaffaqiyatli va halol o'tkazish, undan kutilgan natijalarga erishish uchun tenderlarni tashkil etish va o'tkazish tartibi ishlab chiqilishi va u davlat organlari tomonidan nazorat etilishi kerak ekan.
O'zbekiston Respublikasida bu sohada e'tirof etishga loyiq ishlar amalga oshirildi va oshirilib kelinyapti. Ochiq tenderlarni o'tkazish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-avgustdagi 350-sonli, 2000-yil 18-fevraldagi Idora-lararo komissiyaning tavsiyalari va 2006~yil 31-yanvardagi 11-sonli Qarorlari bunga dalil bo'la oladi.
Shahar atrofida, shaharlararo (viloyatlararo, viloyat ichida) va xalqaro yo'lovchilar tashish yo'nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va o'tkazish to'g'risidagi Nizom va uni qo'llash bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar O'zbekiston Respublikasi Avtomobil va daryo trasporti agentligi tamonidan tayyorlangan «Avtomobil va daryo transportini davlat tomonidan boshqarish, tartibga solish va nazorat qilish bo'yicha normativ-huquqiy hu]jatlar» to'plamida to'liq bayon etilgan.
Toshkent shahrida yo'lovchilarni tashish yo'nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va o'tkazish ishlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-yanvardagi 11-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshirilyapti.
Ushbu Nizomga ko'ra, Toshkent shahar hokimligi Yo'lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvo-fiqlashtirish departamenti ochiq tenderlar buyurtmachisi va tash-kilotchisi hisoblanadi.
Toshkent shahrida «Yo'lovchilar tashish yo'nalishlarini joy-lashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va o'tkazish to'g'-risida»gi Nizom bir nechta bo'limdan tashkil topgan.
Nizomning birinchi bo'limi umumiy qoidalar deb nomlanadi. Unda Nizom Toshkent shahrida yo'lovchilar tashish yo'nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish tartibi va ularni o'tkazish shartlarini belgilaydi hamda avtotransport vosita-lari bilan yo'lovchilar tashish uchun majburiy hisoblanadi, deb ta'kidlangan. Nizomda ko'cha-yo'l tarmog'ida ko'zda tutilmagan holatlar yuzaga kelganda, alohida uchastkalar, transport uzellari va maydonchalari yopilganda kiritiladigan vaqtinchalik yo'nalishlar bo'yicha, korxonalar, tashkilotlar buyurtmasi bo'yicha soatbay haq to'lash asosida, tashkilotlar xodimlarini ish va yashash joyiga tashish maxsus yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiriladigan ta-shishlar tender asosida joylashtirilmasligi ko'rsatilgan.
Ushbu Nizomga ko'ra, tender savdolarida yuridik shaxs ma-qomiga ega bo'lgan ta'sis hujjatlari, moliyaviy ishtirok etish, xol-ding shaklida va boshqa shakllarda ifodalangan, bevosita bir-biri bilan tashkiliy-hududiy yoki moliyaviy bog'liq bo'lgan tashuvchi-larning muqobil talabgor sifatida ishtirok etishi mumkin.
|