• 2-modda. Tomonlarning majburiyatlari
  • Avtobuslar/mikroavtobuslar rusumi




    Download 394 Kb.
    bet21/29
    Sana23.07.2021
    Hajmi394 Kb.
    #15941
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
    Avtobuslar/mikroavtobuslar rusumi


    Davlat raqami


    O'rindiqlar sig'imi


    Umumiy sig'im


    1.










    2.










    3















    2-modda. Tomonlarning majburiyatlari

    2.1. «Buyurtmachi» quyidagilarga majbur:

    «Tashuvchi»ni yo'lovchi tashishlarning asosiy shartlari, ha-rakatlanish yo'nalishi va hokazolardagi o'zgarishlar to'g'risida ol-dindan (qoidaga ko'ra, ikki hafta oldin) xabardor qilish;

    «Tashuvchi»ga transportda tekin yoki imtiyozli yurish huquqiga ega bo'lgan yo'lovchilar toifalari ro'yxatini taqdim etish;

    shahar yo'nalishlarida yo'lovchi transportining bir maromdagi faoliyatini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

    «Tashuvchi»ga dispetcherlik xizmatlari ko'rsatish, 3-ilovaga muvofiq shakl bo'yicha nazorat-dispetcherlik hujjatlarini yuritish;

    bir oy muddatda «Tashuvchi»dan harakatlanish oraliqlarini, avtobuslar, mikroavtobusning kattaligi va miqdorini, tariflarni o'z-gartirish yo'li bilan tashishlar samaradorligini oshirish masalalari bo'yicha tushgan takliflarni ko'rib chiqish hamda unga asoslangan yozma javob berish;

    yo'lovchi tashish transporti ishi yuzasidan shikoyatlarni ko'rib chiqish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha ta'sirchan chora-tadbirlar ko'rish;

    transportda tekin yurish huquqidan foydalanuvchi yo'lovchilarni tashish bilan bog'liq daromadlar kamayishini qoplash, shu-ningdek, tariflarning cheklangan darajalari qo'llanilishi munosabati bilan ko'riladigan zararlarni qoplash masalasini vakolatli organlar bilan birgalikda hal etish;

    transportda yurish kartochkalarini sotishdan tushgan daromad-larni, mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, tashuvchilar o'rtasida qonunchilik talablariga muvofiq taqsimlash;

    tashish jarayonini tashkil etishda, ko'cha-yo'l tarmoqlarining harakatlanish xavfsizligi talablariga javob beradigan zarur holatda bo'lishini ta'minlashda yordam ko'rsatish.

    2.2. «Tashuvchi» quyidagilarga majbur:

    yo'lovchilarni sifatli tashishni va yuqori xizmat ko'rsatish madaniyatini, transport vositasini boshqarish huquqi yuzasidan tegishli toifaga, shuningdek, yo'lovchilar tashishda kamida 3 yil ish stajiga ega bo'lgan haydovchi kadrlar tanlashni ta'minlash;

    ushbu kontraktning butun amal qilish muddati mobaynida transport xizmati ko'rsatish uchun birkitilgan yo'nalishda yo'lov­chilarni muntazam tashishni tashkil qilish va bajarish;

    soat-daqiqadan soat-daqiqagacha belgilangan ish rejimiga rioya qilish;

    harakatlanishning belgilangan jadvallariga muvofiq jadvalini va reyslarini ta'minlash (avtobuslarG’mikroavtobuslarning ish jad-vali shakli namunasi 4-ilovada berilgan);

    bir martalikchiptalarni sotish yo'li bilan tushumlar yig'ishni va ularni kunduzgi va kechki vaqtlarda inkassatsiya qilishni ta'minlash;

    yo'lovchilar tashishga 1 nafar yo'lovchi uchun so'm miqdoridagi tarifni qo'llash;

    reyslar, yo'lovchilar soni, daromadlar yig'imi bajarilishi tahlili va hisobini, yo'1-transport hodisalari hisobini yuritish hamda yo'lovchilar tashish xavfsizligini ta'minlash tadbirlarining bajari-lishini nazorat qilish;

    harakatdagi tarkibga o'z vaqtida texnik xizmat ko'rsatilishini, salon, harakatdagi tarkibni texnik ko'rikdan va haydovchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishni ta'minlash;

    zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uchun asbob-us-kunalar, ko'tarish moslamalari yoki ko'zdan kechirish xandaq-lari, nazorat-o'lchash priborlari, asfalt yoki beton qoplamali tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega bo'lgan tashkilotlarda; texnik xizmat ko'rsatish stansiyalarida; diagnostika stansiyalarida va Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati texnik nazorat postlarida yo'lovchi tashish transportini texnik ko'rikdan o'tkazishni o'z vaqtida tashkil etish;

    yo'lovchilar tashish uchun belgilangan talablarga muvofiq bo'lgan harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish;

    har qaysi transport birligi salonida ko'rinarli joyda haydovchi (familiyasi, ismi, otasining ismi) to'g'risidagi ma'lumotlarni, Yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalaridan ko'chirmani, markaziy dispetcherlik xizmati, «Tashuvchi»telefonlari raqamlarini, yo'l haqi tariflarini, transportda tekin va imtiyozli yurish huquqiga ega bo'lgan shaxslar ro'yxatini, yo'1-transport hodisasi ro'y bergan taqdirda avtobus salonida luklarni, oynalarni, eshiklarni shoshilinch ochish va oynalarni ko'chirish usullari to'g'risidagi ko'rgazmali ma'lumot­larni, o't o'chirish anjomlari va aptechkalarni joylashtirish, ava-riya vaqtidagi chiqish joylarini ko'rsatish;

    «Buyurtmachi»ga dispetcherlik punkti orqali yo'nalishning ko'cha-yo'l tarmoqlarining harakatlanish yoki yo'lovchilar tashish xavfsizligi talablari va shartlariga javob bermaydigan uchastkala-ridagi mavjud to'siqlar to'g'risida o'z vaqtida xabar qilish.

    2.3. Yo'nalishdagi ish vaqtida haydovchilar quyidagilarga majbur:

    ushbu kontraktning nusxasiga, shaharda yo'lovchilar tashishni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya kartochkasiga, yo'-nalish hujjatlariga, yo'l va chipta-hisob varaqasiga, liniyaga chi-qishdan oldin yo'l varaqalarida avtotransport vositasining texnik ko'rikdan va haydovchilarning tibbiy ko'rikdan o'tganligi to'g'ri-sidagi Harakatlanish jadvaliga va yo'nalish sxemasiga ega bo'lish;

    transportda tekin yoki imtiyozli yurish huquqidan foydala-nuvchi yo'lovchilarni to'sqinliksiz tashish;

    harakatlanish jadvaliga rioya qilish va «Buyurtmachi»ning liniya-dispetcherlik punktlarida, sotilgan chiptalar sonini ko'rsatgan holda, reyslar bo'yicha qaydlarni amalga oshirish;

    yo'lovchilarga har bir to'xtash joyi va undan keyingi punkt nomini to'g'ri va aniq e'lon qilish, yo'nalish o'zgargan taqdirda esa — bu to'g'rida har bir bekatda e'lon ilish, yo'lovchilarga avtobusG’ mikroavtobus salonida xulq-atvor qoidalariga rioya qilish hamda yo'l va bagaj haqini o'z vaqtida to'lash zarurligi to'g'risida eslatish;

    yo'lovchilarni faqat yo'nalishning to'xtash punktlarida trans-portga chiqarish va undan tushirish (to'xtash punktlarida trans-portga chiqarish va undan tushirish yo'lovchilar talabi bo'yicha amalga oshiriladigan yo'nalishli taksilardan tashqari);

    salonda spirtli ichimliklar ichishga, chekishga, transport vositasi ishlayotgan vaqtda paydo bo'ladigan noxush hidlarning bo'lishiga yo'l qo'ymaslik;

    transport vositasi tizimlarida va mexanizmlarida avtobusG’mik-roavtobuslardan keyingi foydalanish chog'ida harakatlanish xavf-sizligiga xavf tug'diradigan texnik nosozliklar mavjud bo'lgan hollarda avtobusG’mikroavtobusni to'xtatish, barcha eshiklarini ochish, zarurat bo'lganda esa avariya luklarini ham ochish, salon-dan yo'lovchilarni tushirish, ularni ushbu yo'nalishda qatnaydigan boshqa avtobusG’mikroavtobusga aynan shu chiptalar bilan chiqarish;

    «Buyurtmachi»ning hamda tekshirish va ko'rikdan o'tkazish uchun tegishli vakolatlari bo'lgan nazorat organlarining birinchi talabiga ko'ra transport vositasini ko'zdan kechirishga ruxsatno-masi bo'lgan shaxsga zarur ma'lumotlarni taqdim etish va yordam ko'rsatish;

    yo'lovchilar uchun biron-bir noqulaylik tug'dirmasdan ularga yo'l chiptalari sotish;

    Yo'l harakati qoidalariga, Avtomobil transportida yo'lovchilar va bagajni tashish qoidalariga hamda O'zbekiston Respublikasida avtobuslarda yo'lovchilar tashish xavfsizligini ta'minlashga doir talablarga rioya qilish.

    2.4. Ko'rsatilgan dispetcherlik xizmatlari va shahar yo'lovchi tashish transport! infratuzilmasi obyektlari (avtostansiyalar, to'x-tash punktlari)dan foydalanganligi uchun «Tashuvchi» har oyda ___so'm miqdorida haq to'laydi. Pul mablag'lari «Buyurtmachi»ning hisob raqamiga hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay o'tkaziladi.



    Download 394 Kb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




    Download 394 Kb.