MA’ruzalar matni navoiy sh O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 394 Kb.
bet22/29
Sana23.07.2021
Hajmi394 Kb.
#15941
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
3-modda. Tomonlarning huquqlari

3.1. «Tashuvchi» quyidagi huquqlarga ega:

«Buyurtmachi»ga yo'nalishni o'zgartirish yoki yopish, trans­port vositalarining rejadagi sonini, jadvallarni, ish rejimini qayta ko'rib chiqish, yo'lovchilar tashish tariflarini o'zgartirish bo'yicha asoslangan takliflar kiritish;

yo'nalishning ko'cha-yo'l tarmog'i harakatlanish xavfsizligi yoki yo'lovchilar tashish talablari va shartlariga javob bermaydi-gan uchastkalarida yo'lovchilar tashishni bajarishni rad etish yoki to'xtatish;

«Buyurtmachi» bilan kelishuv bo'yicha avtotransport vosita-sini, tegishli litsenziya kartochkasi bilan ta'minlagan holda, ay-nan shunday avtomobil bilan almashtirish;

belgilangan tartibga muvofiq yo'l kartochkalarini sotishdan daromad olish va transportda tekin yoki imtiyozli yurish huquqi-dan foydalanuvchi yo'lovchilarni tashish munosabati bilan yo'-. qotilgan daromadlar uchun kompensatsiya olish;

tashish jarayonini tashkil etish bo'yicha zarur shart-sharoitlar ta'minlanishini talab qilish.

3.2. «Tashuvchi» yo'nalishga xizmat ko'rsatishni uchinchi shaxsga berish huquqiga ega emas.

3.3. «Buyurtmachi» quyidagi huquqlarga ega:

yo'nalishlarga xizmat ko'rsatish huquqlarini xizmat ko'rsatish huquqini yo'qotgan bitta tashuvchidan tender asosida belgilana-digan boshqa tashuvchiga berish o'rtasidagi davrda ko'rsatib o'til-gan yo'nalishlarga (tendersiz) to'liq yoxud qisman xizmat ko'rsa­tish huquqini boshqa tashuvchilarga vaqtinchalik berish;

ushbu kontrakt shartlarining bajarilishini nazorat qilish, na-zorat natijalari asosida, aniq qoida buzilishlarini ko'rsatgan holda dalolatnomalar (ma'lumotnomalar) tuzish, «Tashuvchi»ga aniq-langan qoida buzilishlarini bartaraf etish vazifasini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoida buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilash;

davlat tegishli organlariga transport vositalaridan foydalanish qoidalari buzilishida aybdor bo'lgan «Tashuvchi»ni qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortish to'g'risida takliflar kiritish.




Download 394 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Download 394 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MA’ruzalar matni navoiy sh O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 394 Kb.