4-modda. Tomonlarning javobgarligi
4.1. «Buyurtmachi» «Tashuvchi»ni yo'nalishlarda ishlash uchun zarur sharoitlar bilan ta'minlash, ko'cha-yo'l tarmog'ining holati tufayli yo'nalishlarda tashuvlarning to'xtatilishi yoki cheklanishi sabablarini bartaraf etish yuzasidan o'z vaqtida chora-tadbirlar ko'rilmaganligi, ko'chalarning «Tashuvchi» bilan oldindan kelishil-masdan to'silganligi uchun ko'rilgan zarar miqdorida javob beradi.
4.2. «Tashuvchi» tomonidan ushbu tender kontrakti shartlarining buzilishi holatlari yuzasidan «Buyurtmachi» ko'rilgan moddiy va ma'naviy zararni qoplash to'g'risida sud organlariga da'vo bilan murojaat qilishi mumkin.
|