-mavzu: Ochiq tenderlarni tashkil etish va o`tkazish




Download 394 Kb.
bet14/29
Sana23.07.2021
Hajmi394 Kb.
#15941
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
14-mavzu: Ochiq tenderlarni tashkil etish va o`tkazish

to`g’risidagi Nizom
Reja:

1. Ochiq tenderlarni tashkil etish va o`tkazish to`g’risidagi Nizomning mazmun-mohiyati.

2. Tender o`tkazishning asosiy maqsad va vazifalari.
UMUMIY QOIDALAR

1. Ochiq tenderlarni tashkil etishdan maqsad shaharda yo`lovchilar tashish transporti tomonidan xizmat ko`rsatish sohasida sog’lom raqobat muhitini yaratish, yo`lovchilarni yuqori sifatli tashish va xizmat ko`rsatishning eng qulay sharoitlarini aks ettiruvchi eng foydali takliflarni aniqlash, yo`lovchilar transporti xizmatlari bozorini tartibga solish, foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya kilish, yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash hisoblanadi.

2. Ochiq tenderda, mulkchilik, shakllaridan qati nazar, O`zbekiston Respublikasi hududida ro`yxatdan o`tgan, shaharda yo`lovchilar tashishni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo`lgan har qanday yuridik shaxs ishtirok etishi mumkin.

Tender qatnashchisi davlat soliq xizmati organlarida hisobda turishi hamda tender takliflarida tavsiya etilayotgan har bir avtotransport vositasi uchun tegishli litsenziyaga va litsenziya kartochkalariga ega bo`lishi shart. Tender qatnashchisi aynan bitta avtotransport vositalarini har xil yo`nalishlarga tavsiya etishga haqli emas.

Tugatish yoki bankrotlik bosqichida turgan yoxud mulkiga arest solingan talabgorlarning tenderda qatnashishiga yo`l qo`yilmaydi.


  1. Tenderga alohida yo`nalishlar ham, yo`nalishlar paketlari ham

qo`yilishi mumkin.

4. Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb ataladi) ochiq tenderlar tashkilotchisi hisoblanadi. U ochiq tenderlarni o`tkazish shartlari va tartibini belgilaydi.

5. Tender jarayonining davom etish muddati u e’lon qilingan sanadan boshlab g’olib(lar)ni va u(lar) bilan kontraktni imzolash muddatigacha - ko`pi bilan 60 kundan iborat bo`lishi tavsiya etiladi.

6. Shahar yo`lovchilar transporti xizmatlarini ko`rsatish yuzasidan ochiq tenderlar g’olib(lar) bilan kontrakt Komissiya qarori asosida shaxdr yo`lovchilar transportini boshqarish organi bilan tuziladi.

7. Tender kamida ikki qatnashchi mavjud bo`lgan taqsirda o`tkaziladi.

Tashuvchiga tender o`tkazilmasdan yo`nalishda ishlash huquqining birkitilishiga yo`l qo`yilmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:

yangi yo`nalish ochilgandan keyin uch-to`rt oy mobaynida yangi yo`nalishda

avtotransport vositalarining muntazam sinov ishlari bajarilishi;

ko`cha-yo`l tarmog’ida oldindan kutilmagan vaziyatlarda, ayrim uchastkalar, transport uzellari va maydonlari yopilganda vaqtinchalik yo`nalipshar joriy etilishi;

yo`nalishlarning tashkilotlar buyurtmalari bo`yicha soatbay haq to`lash asosida bajarilishi;

dam olish zonalari, sport-sog’lomlashtirish komplekslari, yarmarkalarning faoliyat ko`rsatish davrida mavsumiy yo`nalishlarning tashkil etilishi;

maxsus yo`nalishlar (tashkilotlar xodimlarini ishga olib borish va ishdan olib ketish kabilar uchun) tashkil etish.

Tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalar mavjud bo`lmaganda yoxud unda atigi bir nafar tashuvchi qatnashganda Komissiya ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda takroriy tender tashkil etishi kerak, bunda yo`nalishlar paketiga yoki yo`nalishga qo`yiladigan talablarning qayta ko`rib chiqilishiga yo`l qo`yiladi.

Agar takroriy tenderni o`tkazishda yo`nalishga (yo`nalishlar paketiga)

yana atigi bir nafar tashuvchi talabgor bo`lsa, Komissiya ushbu tashuvchiga yo`nalishda (yo`nalishlar paketida) ishlash huquqini mazkur tashuvchining tendsr takliflari ko`yilayotgan talablarga muvofik bo`lgan takdirda biriktirib qo`yish xuquqiga egadir.

8. Zarurat bo`lganda, tendsrlar o`tkazish bo`yicha amaliy tajriba to`planishiga qarab, Komissiya tenderlarni tashkil etish tartibotiga o`zgartirishlar kiritishi mumkin,

9. Tender o`tkazishning asosiy prinsiplari;

yo`nalishlarni mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar o`rtasida adolatli, xolisona taksimlash;

Ғolibni tanlash, tashuvchini tanlash masalalarining sub’ektiv ravishda hal qilinishiga imkoni boricha mo`l ko`ymaslik uchun tender qatnashchilar, matbuot xodimlari, kuzatuvchilar ishtirokida o`tkazilishi kerak;

tashishning eng kulay shartlarini taklif etgan tashuvchi yo`lovchilarni tashish huquqiga ega bo`ladi;

tashuvchilar tender hujjatlarida belgilangan yagona talablar asosida rakobatlashishlari ksrak.

10.Tenderning vazifalari:

yo`lovchilar transporti bilan xizmat ko`rsatish sohasida raqobat muhitini yaratish;

yo`lovchilar tashish va ularga sifatli xizmat ko`rsatishniig eng qulay shartlarini aks ettiruvchi eng foydali takliflarni aniqlash. Bu - qatnovlarning muntazamligi, qatnovlar oralig’i belgilab qo`yilgan holdagi tashishlar tartibi, avtobus harakat qilayotgan vaqtda yo`lovchilarga xizmat ko`rsatishning kulayligi,. yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish madaniyatining darajasi, avtobuslarning holati, tashqi ko`rinishi va joylashuvi, yo`l harakati xavfsizligi ta’minlanishidir.



Download 394 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Download 394 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Ochiq tenderlarni tashkil etish va o`tkazish

Download 394 Kb.