MA’ruzalar matni navoiy sh O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 394 Kb.
bet10/29
Sana23.07.2021
Hajmi394 Kb.
#15941
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
10-mavzu: Transport xizmati bozori
Reja:

  1. Transport xizmati bozorida talab va taklif tushunchasi.

  2. Transport xizmati faoliyatida bozor segmentlari va ularning turlari.

Har qanday tuzumda jamiyatning tovarlar va xizmatlarga bo'l­gan ehtiyojini «talab» deb ataladi. Ana shu ehtiyojlarni unga bo'l­gan takliflar vositasida qondirish mumkin. Awal aytib o'tilganidek, talab bilan taklif uchrashgan har qanday joy «bozor» deb yuritiladi. Demak, bozor ikki xil ishtirokchilar uchrashadigan joy bo'lib, ulardan birinchisi tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar bo'lsa, ikkinchisi ularni sotib oluvchilar ekan.

Hozirgi paytda tovarlarni oldi-sotdi jarayoni mijozlarga buyurtmalarni telefon orqali yig'ib olib, zamonaviy yer yo'ldoshlari orqali amalga oshiriladigan aloqa vositalari yordamida ham sotish mumkinligini hisobga olib, o'zbek marketing olimlaridan biri bo'lgan S.A. Salimov rivojlangan jamiyatda bozor bu, al-batta, xaridor va sotuvchilar uchrashadigan jismoniy joy emas-ligini ta'kidlaydi.

Bugungi kunda bozorlarning bir-biridan har xil belgilari bilan farq qiluvchi turlari mavjud. Joylashishiga qarab bozor ichki va tashqi bozorlarga bo'linadi. Biron-bir ma'muriy hudud (respub-lika, viloyat, shahar va hokazo) ichidagi barcha bozorlar ichki bozorlar toifasiga kiradi. Tashqi bozorlar toifasiga O'zbekistonning tashqarisidagi bozorlar kiradi. Savdo-sotiq shakliga qarab bo­zorlar ko'tara va chakana savdo bozorlariga bo'linadilar. Ma'lum tovarlarni sotishga ixtisoslashganiga qarab bozorlar quyidagi tur-larga ajratilishi mumkin:

— buyum bozori;

— dehqon bozori;

— mehnat bozori;

— qimmatbaho qog'ozlar bozori;

avtomobillar bozori;

— transport xizmati bozori va hokazo.

Bozor iqtisodiyotiga o'tish boshlanguniga qadar transport ishining samaradorligi bajarilgan ish hajmi (tonna va tonna kilometr-lar yoki yo'lovchi va yo'lovchi-kilometr) bilan baholanar edi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida transport ishiga yangicha yonda-shish zarurligi, ya'ni bozor iqtisodiyotining asosiy tushuncha-laridan biri bo'lgan «xizmat» tushunchasidan foydalanish zarur ekanligini ko'rsatdi.

ISO 8402-86 standartida «xizmat» deb materiallashtirilmagan mahsulot yaratish faoliyati va jarayonlariga aytiladi.

Yo'lovchi avtomobili transportining xizmatlariga quyidagilar kiradi:

— vokzallar, shoh bekatlar va oraliq bekatlarda bilet sotish;

— o'rinlarni awaldan band qilish;

— yo'lovchilarga harakat jadvah' bo'yicha ma'lumotlar berish;

— qo'l yuki, bagaj va yo'lovchilarni tashish;

— bagajni rasmiylashtirish bo'yicha ma'lumotlar berish;

— yo'lovchilarga tibbiy xizmat ko'satishni tashkil etish;

— yo'lovchilarni avtobuslarga chiqarish va tushirish ishlarini bajarish;


  • yuklarni saqlash xizmatlari;

— yo'lovchilar transportda ketayotganida dam olib ketishini ta'minlash;

— harakatlanuvchi tarkibni tashishga tayyorlash;

— transport-ekspeditsion xizmatlari va boshqalar.

Xo'jalik yurituvchi turli-tuman subyektlar (shirkatlar, AJ, MCHJ, XK va hokazo)ning bo'lishi taransport xizmati bozorining shaklini ham o'zgarishiga olib keldi. Bugungi kunda mavjud trans­port xizmati bozorini quyidagicha tasvirlash mumkin.

Agar ma'lum bir hududdagi, masalan, Toshkent shahridagi transport xizmatlari bozorini ko'radigan bo'lsak, bu yerda quyidagi transport turlari orasida raqobat vujudga keladi (metropoliten, tramvay, trolleybus, avtobus va yengil avtomobillar). Republika-rnizning ba'zi bir shaharlarida yo'lovchilarni trolleybuslarda ham tashish yo'lga qo'yilgan. Bunday shaharlarda, tabiiyki, avtomobil va trolleybus transportlari orasida raqobat mavjud bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi «Avtomobil transportida yo'lovchilar tashish sohasigi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to'g'risida»gi 303-sonli Farmoniga ko'ra faqat yuridik shaxslarga tijorat asosida yo'lovchilar tashishga ruxsat berilishi MCHJ sonining yanada ortishiga olib keldi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda endilikda MCHJ ni tu-zish va ularning faoliyatini tashkil etish eng muhim masalalardan biriga aylanganini ko'rish mumkin.

Xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlari kabi avtotransportning bozor iqtisodiyotiga o'tishi ishni yangicha tashkil etish, transport xizmati bozorining tashki] topishi, har xil turdagi transport turlari va mulkchilikdagi egalari orasidagi raqobatni vujudga kelishi bilan tavsiflanadi.

Ayonki, hech bir korxona bozor talablarini bilmay turib, o'z ishini to'g'ri tashkil eta olmaydi va ko'rsatgan transport xizmatlari uchun yuqori foyda ololmaydi, demak, raqobatda yutib chiqa olmaydi. Buni avtotransport korxonalarining o'tgan davrdagi faoliyatidan ham ko'rish mumkin. Bir paytlar 2000—3000 dona avtotransport vasitasiga ega bo'lgan korxonalar juda kichik korxonalarga aylanib qoldi, ba'zilari esa butunlay yo'q bo'lib ketdi.

Bozorni tadqiq qilish obyektlariga transport xizmatini ko'rsa-tuvchi subyektlar (korxonalar), transport xizmati turlari, trans­port xizmatidan foydalanuvchilar, transport xizmatiga bo'lgan talab va transport xizmati bozoridagi raqobatni o'rganish va bashorat qilish kiradi.

Transport xizmatini ko'rsatuvchi subyektlar (korxonalar)ga transport xizmati turlari, transport xizmatidan foydalanuvchilar, transport xizmatiga bo'lgan talab va transport xizmati bozoridagi raqobatni o'rganish va bashorat qilish kiradi.

Transport xizmatini ko'rsatuvchi subyektlar (korxonalar)ni tadqiq qilish ularning faoliyatidagi ustunliklar va zaif tomonlarni aniqlash uchun o'tkaziladi.

Transport xizmatidan foydalanuvchilarni tadqiq qilish ular­ning transport xizmatiga bo'lgan tilak va istaklarini aniqlashga yor-dam beradi.

Transport xizmati turlarini tadqiq qilish bugungi kunda mavjud bo'lgan transport xizmati turlari va ularning sifatini aniqlash bilan birga, yangi transport xizmati turlarini aniqlashda qo'l keladi.

Raqobatchilarni tadqiq qilishdan bozorda ustuvorlikka erishish uchun kerak bo'lgan m'lumotlarni tahlil qilish asosida unda yutib chiqish taktikasi va strategiyasini ishlab chiqish uchun foydalaniladi.

Bozorni o'rganishda ularni bir qancha belgilariga qarab sigment-larga ajratish qabul qilingan, masalan, xaridor tomonlarni har xil belgilariga qarab turlarga ajratish: geografik-mintaqaviy(respub-lika, viloyat, shahar va hokazo), demografik (yoshi, oilasi), iqtisodiy-ijtimoiy mezonga qarab va boshqalar.

S.A. Salimov bozorni segmentlarga ajratishning 6 bosqichini taklif etadi. Uning tavsiyasi asosida transport xizmati bozorini segmentlarga quyidagicha ajratish mumkin:

— transport xizmati bozorini segmentlash mezonlarini shakl-lantirish;

— transport xizmati bozorini segmentlasllni amalga oshirish;

— transport xizmati bozori segmentlarini tahlil qilish;

— transport xizmati bozorining maqsadli segmentlarini tanlash;

— taklif etilayotgan transport xizmati turlarining bozordagi o'rnini aniqlash;

— marketing rejasini ishlab chiqish.


Download 394 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Download 394 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MA’ruzalar matni navoiy sh O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 394 Kb.