6-mavzu: MCHJning Ustav fondi. Foydani taqsimlash va zararni qoplash
Reja:
MCHJning Ustav fondi haqida tushuncha.
Foydani taqsimlash va zararni qoplash
Mas'uliyati cheklangan jamiyatning ustav fondi aksiyadorlik jamiyatlariga qaraganda bir necha marta kam bo'ladi. Bunday jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo'yicha javobgar bo'lmaydi va jamiyat faoliyati bilan bog'liq zararlar uchun o'zi qo'shgan badal qiymati doirasida tavakkal qiladi. Mas'uliyati cheklangan jamiyatning ta'sischilari imzolagan shartnoma ta'sischilar tasdiq-lagan ustav hisoblanadi. Agar mas'uliyati cheklangan jamiyatni bir kishi ta'sis qilsa, uning ta'sis hujjati ustav hisoblanadi.
Ustav fondining miqdori ta'sischilarning qo'shgan ulushi orqali aniqlanadi va Ustav fondida qayd qilinadi. Ustav fondining miqdorini faqat davlat hisobga olish reyestrida qayd qilinganidan keyingina o'zgartirish mumkin.
Toshkent shahrida MCHJning ustavi Toshkent shahar hokimi-ning 2006-yil 27-martdagi «Toshkent shahrida avtomobil transpor-tida yo'lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorhk faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to'g'risida»gi 146-sonli qarorining 2-ilovasida keltirilgan shaklda tuzilishi mumkin.
Qarorda tavsiya etilgan ilovaga ko'ra, mas'uliyati cheklangan jamiyatning Ustavi lining titul varag'idan boshlanadi. Titul varag'i.. ning yuqori chap tomonida MCHJning qaysi davlat organida ro'y~ xatga olingani va reyestr raqami ko'rsatiladi. Varaqning yuqori o'ng burchagida ta'sischilarning yig'ilishi o'tkazilgan va tasdiqlangan sanasi hamda bayonnoma raqami ko'rsatiladi va umumiy yig'ilish raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Titul varag'ining o'rtasida mas'uliyati cheklangan jamiyat nomi yoziladi.
MCHJning ustavi bir qancha bo'limlardan iborat bo'ladi.
Ustavning birinchi bo'limi umumiy qoidalar deb nomlanib, unda ta'sischilar to'g'risidagi (ta'sischilarning ism-sharifi, yashash manzili, MCHJning nomi, filiallari, joylashgan manzili hamda qaysi qonun yoki hujjatlar asosida faoliyat ko'rsatishi) ma'lumotlar ko'rsatiladi.
Ustavning ikkinchi bobida uni tashkil etishdan iborat bo'lgan asosiy maqsad foyda olish ekanligi, buning uchun esa u qanday faoliyat turlari bilan shug'ullanishi (litsenziya asosida aholiga transport xizmatini ko'rsatish,tashqi iqtisodiy aloqalarni o'rnatish, O'zbekiston qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari) sanab o'tiladi.
Ustavning uchinchi bo'limida ko'pchilik MCHJ o'zining Ustav fondi bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlarni, masalan, Ustav fondi-ning umumiy miqdori, manbalari, ta'sischilarga tegishli bo'lgan ulushning nominal qiymati va ularning ulush miqdorlari, bu ulushlarni ular qaysi muddatda kiritishlari kerakligi, Ustav fondini oshirish yoki kamytirish tartibi, qatnashchilarni jamiyatga a'zo qilish yoki undan chiqarib yuborish tartibi va boshqalarni ko'rsatadi. Jamiyatning Ustav fondi miqdorini faqat ta'sischilar o'z ulush-larini to'liq kiritganlaridan so'nggina ko'paytirishlari mumkinligi alohida qayd qilinadi. Bunda Ustav fondining miqdori ta'sischilarning qo'shimcha ulushlari yoki jamiyat hisobidan ko'paytirilishi mumkin. Jamiyat ta'sischilarga tegishli bo'lgan ulushlarning nominal qiymatini yoki Jamiyatga tegishli bo'lgan ulushlarni to'lash yo'li bilan Ustav fondi qiymatini kamaytirishi ham mumkin. Jamiyatning Ustav fondini kamaytirish yoki ko'paytirish to'g'risida qaror qabul qilinganida', shu kundan boshlab 30 kun davomida bu to'g'rida barcha kreditorlar ogohlantirilishi va ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinishi kerak. Ustavning ushbu moddasiga ko'ra ta'sischilar o'z Ustav fondidagi ulushlaridan voz kechishlari yoki boshqa ta'sischilarga o'z ulushlarini sotishlariga ham ruxsat etiladi.
Jamiyat Nizom fondidagi ulushlarning kamida 10% ga ega bo'lgan ta'sischilari jamiyat oldida o'z majburiyatlarini qo'pol javishda buzgan yoki uning faoliyat ko'rsatishiga xalaqit bera-yotgan ta'sischini sud orqali jamiyatdan chiqarilishini talab etishi jnumkin. Jamiyatdan chiqqan ta'sischining ulushi jamiyat hi-sobiga o'tadi.
Ustavning 5-bo'limida Jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyati natijasida vujudga kelgan sof foyda ta'sischilar o'rtasida ularning Nizom fondiga kiritilgan ulushlariga teng miqdorda moliyaviy yil natijalari bo'yicha taqsimlanishi, foydani taqsimlash to'g'risida qaror ta'sischilarning umumiy yig'ilishi tomonidan qabiil qilinishi ta'kidlanadi.
Ta'sischilarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi Ustavning 6-bo'limida sanab o'tiladi.
Ustavning 7-bo'limida uning boshqaruv organi, uning huquqlari, majburiyatlari va vakolatlari qayd qilinadi.
Jamiyat faoliyatini yuritish, hisob, hisobot va nazorat masa-lalari Ustavning keyingi 8-bobida, Jamiyat hujjatlarini yuritish tartibi 9-bobda, Jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish tartibi 10-bobda qayd qilingan.
|