-mavzu: Avtomobil transportida mulkchilik shakllari va xo'jalik




Download 394 Kb.
bet6/29
Sana23.07.2021
Hajmi394 Kb.
#15941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
4-mavzu: Avtomobil transportida mulkchilik shakllari va xo'jalik

yurituvchi sub’yektlar turlari
Reja:

  1. Iqtisodiy faoliyat erkinligi.

  2. Xususiylashtirish va mulkchilikning shakllari.

  3. Tadbirkorlik faoliyati va mulkiy munosabatlar.

Iqtisodiy faoliyat erkinligi, xo'jalik yurituvchi subyektlarning turJiligi va teng huquqliligi, ular o'rtasidagi raqobat, tadbirkorlik tashabbuskorligi, o'zini o'zi boshqarish va moliyalashtirish kabi bozor tamoyillari, o'z navbatida, ularga mos keluvchi mulkchilik shakllari va munosabatlarini shakllantirishni talab qiladi.

Har qanday tadbirkorlik faoliyatida ishlab chiqarish omillari (pul, ishchi kuchi, ishlab chiqarish vositalari) kimningdir mulki bo'ladi.

Mulk o'zi nima? Mulk — ishlab chiqanlgan moddiy ne'matlarni o'zlashtirishning ijtimoiy shaklidir.

Bozor iqtisodiyotiga o'tish, awalambor, xususiy mulkchilik shakllari va munosabatlarini joriy etishni va shu maqsadda davlat mulkini xususiylashtirishni taqozo etadi.

Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o'tishi bilan xususiy mulkchilik huquqini rivojlantirish maqsadida fuqarolik qonun hujjatlariga mutlaqo yangi me'yorlar kiritildi.

Mulkchilik huquqi isloh qilingandan keyingina O'zbekistonda ishlab chiqarish vositalari, boshqa mol-mulklar haqiqiy egalari qo'liga topshirilishi va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun asos bo'lishi murnkin edi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «O'zbekistonning bozor munosabatlarini rivojlantirishga yo'nal-tirilgan iqtisodiyotning asosini xilma-xil shakllardagi mulkchilik tashkil etadi» deb belgilab qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'-risida»gi Qonuni mulkchilik haqidagi qonunni ro'yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni ta'minladi, davlat mulkini turli xil jamoa va xususiy mulklarga aylantirish jarayonini tezlatdi.

Bu yerda yana shuni eslatib o'tish joizki, davlat mulkini xusu-cjylashtirish davlat mulkining yo'q bo'lib ketishini anglatmaydi. gar qanday jamiyatda ham davlat mulki saqlanib qoladi va u ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash va aholi ehtiyojlarini qondirish uchungina emas, balki davlatning o'zini yashab turishi uchun ham zarurdir.

O'zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlariga jnuvofiq mulkchilik xususiy va ommaviy shakllarga bo'linadi.

Yangi fuqarolik qonun hujjatlari bo'yicha joriy etilgan chegaralashga ko'ra, fuqarolar va yuridik shaxslar xususiy mulk-dorlarga, davlat va boshqa ommaviy tuzilmalar esa ommaviy mulkdorlarga aylandilar.

O'zbekiston davlat mulkining yangi huquqiy maqomi Fuqarolik kodeksida mustahkamlab qo'yildi. Ushbu kodeksga muvofiq respublika mulkidan va ma'muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan jborat davlat mulki ommaviy mulk deb ataldi.

O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq yer, yerosti boyliklari, suv, havo bo'shlig'i, o'simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy resurslar Respublika mulki hisoblanadi.

Mahalliy budjet mablag'lari, munitsipial uy-joy fondi, kom-munal xo'jaligi va boshqa mulkiy komplekslar Davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol-mulki hisoblanadi.

Alohida shaxslarga va xo'jalik yurutuvchi subyektlarga tegishli bo'lgan mol-mulklar xususiy mulk deb ataladi.

Xususiy mulk, asosan, bir shaxsga tegishli mulk, oila mulki, jamoa mulki, shirkat mulki, qo'shma mulk, hissadorlik mulki kabi shakllarda bo'ladi.

Respublikada iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida, aso­san, kichik -jcorxonalar, maishiy xizmat muassasalari xususiy-lashtirila boslilandi. 1994-yilga kelib esa o'rta va yirik korxonalar ham xususiylashtirila boshlandi.

Xususiylashtirishning dastlabki paytlaridan boshlaboq, mulk-chilikning barcha shakllariga mansub korxonalarning amalda teng huquqliligini joriy etishni ta'minlaydigan huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi. Masalan:

— 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan O'zbekiston Respub­likasining «Shahar yo'lovchi transport! to'g'risida»gi Qonunining 4-moddasida «shahar yo'lovchilar transport! ommaviy yoki xu­susiy mulk asosida ishlashi mumkin» deb qayd qilingan;

— 1998-yil 29-avgustda qabul qiJingan O'zbekiston Respub, likasining «Avtomobil transporti to'g'risida»gi Qonunining 4-mod-dasi «Avtomobil transportining mulk shakllari» deb nomlanadi va unda «O'zbekiston Respublikasida avtomobil transporti xususiy va ommaviy mulk asosida faoliyat ko'rsatishi mumkin. Avtomobi] transportining barcha mulkdorlari teng huquqlarga egadirlar va qonun himoyasidan bab-baravar foydalanadilar» deb yozib qo'yilgan.

Bozor iqtisodiyotida mulkchilikning har xil shakllari orasidagi erkin raqobatni ta'minlash uchun birinchi galda monopoliyaga qarshi iqtisodiy islohotlarni o'tkazish va ularni huquqiy ta'minlash zarur edi.

Bozorlarni monopoliyadan chiqarish deganda monopoliyani butunlay yo'qotish tushunilmasligi kerak. Ijtimoiy zarur, Jekin ziyon ko'rib ishlaydigan tarmoqlarning daviat monopoliyasi bo'lib qolishi va daviat tomonidan qo'llab-quwatlanishi shart. Yonilg'i-energetika, tog'-kon sanoati, paxtani qayta ishlash va h.k. daviat monopoliyasi saqlanib qolishi kerak.

Xalq xo'jaligining ko'pchilik tarmoqlarini atroflicha o'ylanmagan holda xususiylashtirish va monopoliyadan chiqarishlar tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmining keskin pasayib ketishiga, hatto to'xtatib qo'yishgacha olib kelganiga ko'plab misollar keltirish mumkin. Shu bilan bir qatorda, tarmoqlarning ba'zi turlari daviat tasarrufidan chiqarilganidan keyin ham ular tomonidan monopol hukmronlik saqlanib qolganligi natijasida ko'proq foyda ko'rish ishtiyoqi narxlarni o'z bilganicha belgilashiga, o'z tovar va xizmatining sifatini oshirishga urinmasligi keyinchalik ularning o'zini iqtisodiy qiyinchiliklarga olib kelib qo'ydi. Bunday voqealar boshqa sohalar kabi avtomobil transportida ham sodir bo'ldi (narxlarning yuqo-riligi va transport xizmati sifatining pastligi ko'pgina avtokorxona-larning yo'q bo'lib ketishiga, ko'pchilik tarmoqlar esa o'z tarkibida alohida transport bo'limlarini tashkil etishiga olib keldi).

Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish ishlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 4-iyundagi «Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish to'g'-risida»gi Farmonidan so'ng tez sur'atlar bilan amalga oshirila boshlandi.

O'zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligi to'g'risida»gi Qonunining asosiy vazifasi fuqarolarning tadbirkorlik erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faoliyatini oshirishdan, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining jjUquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat deb belgilab qo'yilgan.

Qonunda tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta'rif berilgan: tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga fliuvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o'z mulkiy javob-garligi ostida daromad(foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.

Tadbirkorlik faoliyati mulkiy munosabatlarni taqozo etadi va ular doirasida amalga oshiriladi. Mamlakatimizda bozor iqtiso-diyoti sharoitida shakllangan va tobora rivojlanib borayotgan tad­birkorlik mulkchilikning quyidagi shakllariga:

— tadbirkorning o'z mol-mulki;

— boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki;

— davlat va jamoat tashkilotlari mol-mulkini ijaraga olish;

— yuqoridagi mulkchilik shakllarining kombinatsiyasiga asoslanadi.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga belgilangan tartibda ro'y-xatdan o'tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar kiradi.

O'zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik to'g'risida»gi Qo-nuniga binoan tadbirkorlik faoliyatining quyidagi turlari mavjud:

— yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati;

— xususiy tadbirkorlik faoliyati (yollanma ishchi kuchidan foydalanib olib boriladigan tadbirkorlik);

shirkat tadbirkorligi;

— aralash tadbirkorlik.

O'zbekiston Respublikasining «Korxonalar to'g'risida»gi Qo-nuniga muvofiq tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun korxo-nalar tashkil etilishi kerak va ular quyidagilarga bo'linadi:

— to'liq shirkat;

— kommandit shirkat;

— aksiyadorlik kommanditi;

— mas'uliyati cheklangan jamiyat;

— qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat;

— aksiyadorlik jamiyati.

Ishtirokchilari shirkat nomidan o'zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadigan va uning majburiyatlari bo'yicha o'zlariga tegishli barcha mulk bilan javobgar shirkat to'liq shirkat deb ataladi.

Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadigan va uning majburiyatlari bo'yicha o'zlariga tegishli barcha mulk bilan javobgar bo'lgan ishtirokchilar (to'liq sheriklar)dan tashqari shirkat faoliyati bilan bog'liq zararni qoplash uchun qo'shilgan summa yoki badallar chegarasida tavakkal qiladigan va shirkat amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha ishtirokchilari (omonatchilar, kommanditlar) bor shirkat kommandit shirkat deb hisoblanadi.

Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amlaga oshiradigan va shirkat majburiyatlari bo'yicha butun mulki bilan javobgar hisob-langan bir yoki bir nechta ishtirokchi (to'liq sherik)dan tashqari shirkatning aksiyalarga joylashgan Ustav (nizom) fondining bir qismini shakllantirishda qatnashadigan va shirkat faoliyati bilan bog'liq zararlarni qoplash uchun o'zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida tavakkal qiladigan ishtirokchilari (kommandit aksiyalar) ham mavjud shirkat aksiyadorlik kommanditi deb e'tirof etiladi.

Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilishning eng keng tarqalgan (xususan, avtotransportda ham) shakllaridan biri mas'uliyati cheklangan jamiyat hisoblanadi va ularning nomiga aksariyat hollarda LTD, ya'ni «limited» (cheklangan) so'zi qo'shiladi. Yo'lovchi tashish maqsadida tashkil etiladigan mas'uliyati cheklangan ja-miyatlarni tuzish tartibi keyingi bo'limda to'liq bayon etiladi.





Download 394 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 394 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Avtomobil transportida mulkchilik shakllari va xo'jalik

Download 394 Kb.