-mavzu: Avtomobil transporti sohasidagi iqtisodiy islohotlar




Download 394 Kb.
bet3/29
Sana23.07.2021
Hajmi394 Kb.
#15941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
1-mavzu: Avtomobil transporti sohasidagi iqtisodiy islohotlar
Reja:

  1. Avtomobil transporti sohasidagi iqtisodiy islohotlar.

  2. Mustaqillik yillarida avtomobil transporti sohasifa erishilgan yutuqlar.

  3. O`zbekistonda iqtisodiy islohatlar. mamlakat iqtisodiyoti.

O'zbekiston Respublikasining mustaqilligi qaror topishi biz va bizning kelajak avlodlarimiz uchun chinakam tarixiy hodisa bo'ldi. Xalqimiz necha yillardan beri orzu qilib kelayotgan maqsadiga erishdi. Yangi suveren davlat mustaqilligining huquqiy asosini 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «Davlat mustaqilligi to'g'ri-sida»gi Qonun tashkil etdi.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq respublikada davlat va iqtisodiyotni qayta qurish boshlandi.

Prezidentimiz LA. Karimovning «O'zbekiston iqtisodiy islo-hotlarni chuqurlashtirisb yo'lida» nomli kitobida qayta qurish-ning pirovard maqsadlari aniq belgilab berildi. Bu «barqaror ijti-moiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo'lgan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolar ja-miyatini barpo etishdir».

Bu maqsadga mazmun va tuzilish jihatdan sobiq Ittifoq dav-ridagi siyosiy-iqtisodiy tizimni butunlay isloh qilmay turib erishib bo'lmas edi.

Sobiq Ittifoq davrida shunday siyosiy tuzim mavjud ediki, u jamiyatning hokimiyatdan begonalashuvi, hokimiyatning kom-munistik partiya apparati qo'lida to'planishi, partiyaning monopol hukmron tashkilotga aylanishiga olib kelgan edi. Bunday tizim oxir-oqibatda xalqning hokimiyatdan begonalashuvigagina emas, balki odamlarning mulkdan ham begonalashuviga olib kelgan edi.

Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan xo'jalik davrida shaxsiy tashabbus va tashabbus ko'rsatib mehnat qilishdan moddiy man-faatdorlik deyarli yo'qqa chiqqan edi.

Buyraqqa asoslangan, odamlarning manfaatlari bilan hisob-lashmaydigan tizim faqat iqtisodiy munosabatlar mohiyatini buzib-gina qolmay, balki huquqiy boshqarishni ham buzib keldi.

Sobiq Ittifoqdan qolgan salbiy oqibatlarni faqat ijtimoiy hayotning barcha sohalarini va birinchi galda siyosiy tizimni demokratlashtirish orqali bartaraf etish mumkin edi.

Respublikamizda demokratiyalashtirish jarayoni markaziga inson va uning huquqlari bo'lgan yashash, erk, qadr-qimmat huquqlarini ta'minlash masalalari qo'yildi.

«Demokratiya» so'zi yunoncha bo'lib (demos — xalq, cratos — hokimiyat) «xalq hokimiyati” degan ma'noni anglatadi.

Demokratik jamiyat qurish uchun qo'yilgan birinchi qadam deb 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respub-likasining Konstitutsiyasini ko'rsatish mumkin. Konstitutsiya shakl-lanib borayotgan huquqiy davlatning asosiy tamoyillarini qonun yo'li bilan mustahkamlab qo'ydi (1992-yil 8-dekabrda O'n ik-kinchi chaqiriq Respublika Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasi O'zbekiston Konstitutsiyasini qabul qildi. 8-dekabr umumxalq bayrami — «Konstitutsiya kuni» deb e'lon qilindi),

Konstitutsiya asosida bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi va yangilari ishlab chiqilyapti, mavjud qonunlar davr talablaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirilib borilyapti. Sunday qonunlarga bozor xo'jaligini yaratish va rivojlantirishga qaratilgan mulkchilik, yer, tadbirkorlik faoliyati, davlat tasarrutldan chiqa-rish va xususiylashtirish, ijara, bank tizimi to'g'risidagi va boshqa ko'pgina qonunlarni misol qilib ko'rsatish mumkin.

Yuqorida ta'kidlab o'tilgan qonunlar asosida ijtimoiy yo'nal-tirilgan bozor xo'jaligi iqtisodiy-siyosiy konsepsiyasi huquqiy davlat kafolatlaydigan erkinlik, shu jumladan, iqtisodiy erkinlik va ijti­moiy himoyalangan va ijtimoiy adolat bilan bog'liq bo'lgan rjtimoy davlat ideallarining birlashtirib yuborilishiga tayanadi.

Bozor iqtisodyotining afzalligi, eng awalo shundaki, unga shaxsrii iqtisodiy rag'batlantirish, insonning o'z mehnati sifati va unumli bo'lishidan manfaatdorligini rag'batlantirish xosdir.

Bozor nima? Sodda qilib aytganda, sotuvchi va xaridor uchra-shadigan joy bozor deb ataladi.

Bozor o'zini o'zi boshqaradigan tizim bo'lib, u oldindan bel-gilab qo'yilgan reja, tashqaridan beriladigan buyruqlarga bo'ysun-maydi. Bozorning o'zi iqtisodiy munosabatlarni boshqaradi, xaridorlarm'ng ehtiyojlarini aniqlaydi va hisobga oladi, mahsulot-larning sifatini, uning miqdori va narxini belgilaydi.

Tarix shuni ko'rsatadiki, bozorga qo'qqisdan, sakrab o'tilganda jamiyat uning salbiy ko'rinishlari qarshisida himoyasiz qoladi. Rozorga o'tish faqat birgina xo'jalik sohasini o'zgartirish bilan cheklanniaydi. U ijtimoiy hayotning bir-biri bilan chambarchas bog'liq barcha jabhalarini, shu jumladan, siyosiy, ma'naviy-axloqiy> maisbiy va boshqa sohalarni ham tubdan o'zgartirish orqali erishiladi.

BoG’orga keskin sur'atda o'tish muqarrar ravishda ijtimoiy hayotning beqarorlashuvi, ishsizlikning o'sishi, ba'zi birovlarning boyib, qolganlarning qashshoqlanib qolishi (jamiyatning keskin tabaqalanishi), an'anaviy tarkib topgan munosabatlar va o'zaro aloqalarning buzilib ketishi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.

Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o'tishda davlatning bosh-qaruvchi rolini bajarishi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim shartidir.

Tabiiyki, har bir mamlakatning, har bir xalqning faqat o'ziga xos bo'lgan tarixiy, ijtimoiy va milliy qadriyatlari va xususiyatlari mavjud. Masalan, o'zbek millati o'zining an'anaviy og'ir-bosiqligi, puxta o'ylab qaror qabul qilishga ruhiy moyilligi hamda tinchlik-sevarligi tufayli bir holatdan ikkinchisiga, ayniqsa, turmush tar-zida, sakrab o'tishga rag'bati yo'qligi bilan ajralib turadi.

Respublikada ishlab chiqilgan huquqiy islohotlar dasturida huquqiy davlatni shakllantirish bilan bog'liq bo'lgan murakkab-liklarni bir zarb bilan hal etib bo'lmasligi hisobga olindi. Shuning uchun huquqiy islohotlar sohasidagi chora-tadbirlarni evolutsion, ya'ni tadrijiy yo'l bilan, asta-sekin va izchil ro'yobga chiqarish tarixiy zarurat edi.

O'zbekistonda iqtisodiy islohotlar mamlakat iqtisodiyotini markazlashtirilgan tartibda boshqarib kelgan davlat tuzilma-larini tugatishdan boshladi. Shu maqsadda Davlat rejalashtirish qo'mitasi, Davlat narx qo'mitasi, Davlat ta'minot qo'mitasi, Davlat agrosanoat qo'mitasi tugatilib, ularning o'rniga Davlat is-tiqbolni belgilash va statistika qo'mitasi, Respublika ulgurji va birja savdo aksiyadorlik jamiyati, monopoliyadan chiqarish va monopol yuqori narxlar ustidan nazorat qilish bosh boshqarma-lari tashkil etildi.

Qisqa muddat ichida Davlat soliq qo'mitasi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash davlat qo'mitalari tuzildi.

Olib borilayotgan ishlar bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga, bozor munosabatlariga o'tishning umumiy bo'lgan jihatlari mavjud bo'lishiga qara-may, barcha davlatlar uchun yagona bo'lgan usuli yo'q ekanligini ko'rsatdi.

Xususiy mulk shakllarining xilma-xilligi, xo'jalik subyektlari-ning tenghuquqliligini ta'minlash va ularning o'zaro raqobatla-shuv muhitini yaratish, monopoliyaga qarshi siyosat har qanday mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o'tishidagi umumiylik hisob-landi. Shu bilan birga, har bir mamlakat o'zining tarixiy rivojla-nishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi, millatning o'ziga xos mentaliteti bilan bir-biridah farq qiladi.

O'zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o'tishining o'ziga xos yo'li Prezident Islom Karimov nomi bilan bog'liq bo'lib, «o'zbek modeli» deb atalmoqda.

Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o'tishi LA. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyilga asoslangan:

1. Iqtisodiyotni mafkuradan to'la xoli qilish va uning siyosatdan ustun turmog'i. Bu tamoyilga ko'ra, iqtisodiyot va uni barqaror hamda yuqori sur'atlar bilan rivojlantirish davlat siyosatining mazmunini tashkil etadi.

2. Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlatning o'zi bosh islohotchi vazifasini bajaradi, ya'ni davlat bu davrda butun xalq manfaatlaridan kelib chiqib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraq-qiyotining yetakchi va ustuvor yo'nalishlarini belgilab beradi, ya'ni islohotlarning tashabbuskori rolini bajaradi.

3. Barcha ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda qonun ustuvorligini ta'minlash taqozo etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundaki, iqtisodiy o'zgarishlar va jamiyatning yangilanish jarayoni mamla-katda amal qiluvchi qonunlarga tayangan holda amalga oshiriladi.'

4. Bozor munosabatlariga o'tish aholining kam ta'minlangan qismini moddiy qo'llab-quwatlashga qaratilgan talablarni amalga oshirish bilan qo'shib olib boriladi. Buning uchun davlat kishilarni islohotlarga ruhan tayyorlash va ularni ijtimoiy himoyalashga qaratilgan kuchli va ta'sirchan siyosat olib boradi.

5. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o'tish puxta o'ylab" bos-qichma-bosqich, ya'ni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, bir bosqich tamomlangandan keyingina va zarur shart-sharoitlar yaratilgandan so'ng keyingi bosqichga o'tiladi. Iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlarining mexanizm-larini qadam-baqadam shakllantirib boradi.

Islohotlarning «o'zbek modeli» mavjud «Turkiya modeli», «Yaponiya modeli», «Janubiy Koreya modeli»ga o'xshamaydi va strategik jihatdan to'g'ri tanlanganligi xo'jalik hayotimizning barcha sohalarida o'z tasdig'ini topyapti.

«O'zbek modeli»ning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundan iboratki, bu modelga binoan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va ko'p ukladli iqtisodiyotni barpo etish islohotlarining ustuvor yo'nalishi deb belgilanadi.

Avtomobil transporti sohasida ham iqtisodiy o'zgarishlar «o'z-bek modeli» asosida evolutsion yo'l bilan amalga oshirilyapti. Bunday islohotlarga misol qilib islohotlar taraqqiyotining bi-rinchi bosqichida O'zbekiston avtomobil transporti vazirligining tugatilib, uning negizida «O'zavtotrans» davlat-aksiyadorlik korpo-ratsiyasining tuzilishi, keying! bosqichda esa bu korporatsiya-ning ham tugatilishi va boshqaruv vakolatlarining mahalliy ho-kimiyat organlariga yuklatilishi, xususiy mulk sifatida yuk avto-mobillari va avtobuslarning paydo bo'lishi, tashish bo'yicha tad-birkorlik bilan shug'ullanish uchun jismoniy shaxslarga ham rux-sat berilishi, va, nihoyat yo'lovchilar va yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida yo'lovchilarni tashish bo'yicha tadbirkorlik bilan shug'ullanishga ruxsat faqat yuridik shaxslarga berilganini ko'rsatib o'tish mumkin.




Download 394 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 394 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Avtomobil transporti sohasidagi iqtisodiy islohotlar

Download 394 Kb.