Masala sharti O‘ramlar soni w =




Download 146,64 Kb.
bet2/2
Sana15.05.2024
Hajmi146,64 Kb.
#234740
1   2
Bog'liq
2-mustaqil ish masalalari

Ra = 0,8 Om va XLa= 1,2 Om; Rb= 0,4 Om va Xcb= -2 Om; Rc= 1 Om; va XLc= l,8 Om. Fazalar va liniyalar toklari, neytral simdagi tok hamda har bir fazaning quwat koeffitsienti aniqlansin. Tarmoqning liniya kuchlanishi Ulin= 380 V.



Liniya kuchlanishlari 220 V bo‘lgan uch fazah tarmoqqa nosinunetrik yuklama uchburchak usulda ulangan (rasm). Yuklamaning parametrlari; Rab =2,3 Omva XCab= - 1,5 Om; R = 1,8 Om va XLbc =3,1 Om va XCca = -2,7 Om. Faza va liniya toklari, harbir fazaning quwat koeffitsienti aniqlansin.



Liniya kuchlanishi 220 V, chastotasi 50 Gs bo'lgan uch fazali tarmoqqa nosimmetrik uch fazah yuklama avval yulduz, keyin esa uchburchak usulda ulangan (rasm). Agar R = 10 Om, RL= 5 Om; L = 60 mGn; C = 100 mkF bo‘lsa, yuklamaning aktiv va reaktiv quvvati aniqlansin.



Liniya kuchlanishi 380 V bo‘lgan uch fazah tarmoqqa sinunetrik yuklama yulduz usulda ulangan. Agar bir fazaning aktiv qarshiligi 5 Om va induktiv qarshiligi 2 Om bo'lsa, yuklamaning tok va kuchlanishlari hisoblansin.


Uch fazah yuklama yulduz usulda ulangan, induktivliklari L1=L2== L3= 11 mGn bo‘lgan uchta g'altakdan iborat. Agar faza toklari 5 A va chastotasi 400 Gs bo‘lsa, yuklamaning faza va liniya kuchlanishlari aniqlansin.G‘altaklaming aktiv qarshiligi hisobga olinmasin.


Uch fazah yuklama yulduz usulda ulangan sig‘imlari Q1= C2= C3 = 50 mkF bo'lgan uchta kondensatordan iborat. Agar liniya EYuK 380 V va chastota 50 Gs bo‘lsa, tok va faza kuchlanishlari aniqlansin.


Uch simli uch fazali tarmoqning har bir fazasiga quwati 75 Vt li 50 tadan cho‘g‘lanma lampa ulandi (rasm). Agar liniya kuchlanishi 220 V bo‘lsa, har bir fazadagi tok va kuchlanish aniqlansin.



Neytral simli liniya kuchlanishi 220 V bo‘lgan uch fazali elektr tarmog'iga uchta bir xil kondensatorlar Ca = Cb= Cc= 100 mkF, mos ravishda Ra =25 Om; Rb = 33 Om; Rc = 10 Om rezistorlar bilan ketma-ket yulduz usulda ulangan. Yuklamaning faza toklari va neytral simdagi tok aniqlansin. Vektor diagrammasi qurilsin.


Neytral simli liniya kuchlanishi 380 V bo'lgan uch fazah elektr tarmog‘iga aktiv qarshiliklari Ra= Rb= Rc= 15 Om va quwat koefiitsienti cosφa= 0,7; cosφb = 0,81; cosφc = 0,67 bo'lgan yuklama yulduz usulda ulangan. Fazalardan va neytral simdan o'tuvchi toklar aniqlansin.


Neytral simh liniya kuchlanishi 380 V li uch fazali tarmoqqa rezistor R = 13 Om, aktiv qarshiligi Rg’= 1,5 Om, induktivligi L =20 mGn bo‘lgan real g'altak va sig'imi C = 150 mkF li kondensator yulduz usulda ulangan (rasm). Fazalardan va neytral simdan o'tuvchi toklar aniqlansin.



Liniya kuchlanishi 220 V bo'lgan uch fazali tarmoqning liniyalari orasiga ketma-ket ulangan R = 6 Om li aktiv qarshiliklar va sig'im qarshiligi XC= 4 Om li kondensatorlar uchburchak usulda ulangan. Faza toklari aniqlansin.


Induktivliklari L1= L2=L3=0,2 Gn bo‘lgan g'altaklardan iborat uch fazali yuklama uchburchak usulda ulangan. Agar faza toklari 2A va chastota 50 Gs bo‘lsa, faza kuchlanishlari va liniya toklari aniqlansin.


Elektr uskunaning quvvat koeffitsientini oshirish maqsadida sig‘imlari C1= C2= C3= 100 mkF bo'lgan kondensatorlar uch fazali tarmoqqa uchburchak usulda ulandi. Agar liniyaning EYuKi 220 V, chastota 50 Gs bo‘lsa, kondensatorlardan o‘tayotgan toklar aniqlansin.


Liniya kuchlanishi 220 V li uch simli uch fazali tarmoqning liniya simlari orasiga har biri 100 Vt li 40 ta cho‘g‘lanma lampa ulangan (rasm). Faza toklari aniqlansin.



Liniya kuchlanishi 380 V li uch fazali elektr tarmog‘iga uchta bir xil L1 =L2 =L3 = 50 mGn induktiv g'altaklarga ketma-ket Ra = 33 Om, Rb = 19 Om, Rc = 27 Om li rezistorlar uchburchak usulda ulangan. Liniya toklari aniqlansin.


Liniya kuchlanishi 220 V uch fazali elektr tarmog‘iga aktiv qarshiliklari Ra= Rb= Rc= 33 Om va quvvat koeffitsienti cos φa= 0,93, cos φb = 0,85, cos φc= 0,9 bo'lgan yuklama uchburchak usulda ulangan. Vektor diagrammalar qurish yordamida liniya toklari aniqlansin.


Aktiv quvvati P1 = 11 kVt bo‘lgan elektr motor uchburchak usulda liniya kuchlanishi 220 V bo'lgan uch fazali tarmoqqa ulangan. Agar elektr motorning quvvat koeffitsienti cosφ = 0,82 bo‘lsa, uning to‘la quvvati, liniya va faza toklari aniqlansin.

Download 146,64 Kb.
1   2




Download 146,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masala sharti O‘ramlar soni w =

Download 146,64 Kb.