O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
Fan :
Elektronika va sxemalar
Mustaqil ish-1
Guruh : KIS 22-06
Talaba : ABDURASULOVA M.
Rahbar : NURMURODOV J.
Samarqand-2023
Mavzu: Elektr iste’molchilari va elektr ta’minot sxemalari.Elektr
yuklama (nagruzka) va elektr energiya sarfini hisoblash.
Reja
1. Elektr iste’molchilari va elektr ta’minot sxemalari.Elektr yuklama
(nagruzka) va elektr energiya sarfini hisoblash.
2. Elektr ta’minoti sxemalari
3. Elektr ta’minoti tizimining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari
4. Xulosa
Elektr iste’molchilari va elektr ta’minot sxemalari.Elektr yuklama (nagruzka)
va elektr energiya sarfini hisoblash.
Elektr energiya iste’moli ko‘pincha «elektr yuklama» yoki «yuklama» tushunchasi
bilan yuritiladi. Sanoat korxonalarini loyihalashda yuklamani hisoblash katta
ahamiyatga ega, chunki aynan shu kattalik asosida barcha elektrotexnik
asbobuskunalar, EUL (elektr uzatish liniyasi) podstansiyalar transformatorlarining
quvvati, kommutatsion qurilmalar va hokazolar tanlanadi, demak, kapital
mablag‘4.ning qiymati aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda hisobiy yuklamani aniqlash usullari ko‘p. Hisobiy yuklamani
aniqlashning qator usullarini ko‘rib chiqamiz.
Yuklamaning solishtirma quvvat zichligi usuli. Elektr ta’minotini loyihalashning
dastlabki bosqichida, yuklamaning taxminiy qimmatini aniqlashda bu usuldan
foydalaniladi.
Bu usul bo‘yicha har bir sexning yuzasini F (m
2
) bilgan holda, har bir sohaning
solishtirma quvvatini ma’lumotnomalardan olib, butun korxona sexlarining
taxminiy quvvatini aniqlaymiz.
Ishlab chiqariladigan mahsulotga sarflanadigan quvvat asosida ham butun korxona
yoki sexning umumiy quvvatini aniqlash mumkin. Masalan, bir juft poyabzal
(ko‘rinishiga qarab) ishlab chiqarish uchun A = A
0
– M
y
elektr energiya sarflandi
deylik, bu raqam ma’lumotnomalarda beriladi. Shunga asoslanib, bir yil davomida
sarflanadigan elektr energiya hisoblanadi. Bu formulada: M
y
– bir yilda ishlab
chiqariladigan mahsulot. Agar korxona ikki-uch xil mahsulot ishlab chiqarsa,
ularning yig‘indisi olinadi. Butun korxonaning elektr energiya iste’moli:
Bu ifodaning ikkinchi tashkil qiluvchisi elektr ta’minlash tarmog‘i isrofini hisobga
oladi. Bu ham taxminiy hisoblash usulidir va faqat loyihalashtirishning dastlabki
bosqichlarida qo‘llaniladi.
Bir fazali iste’molchilar asosan yoritish asboblari bo‘lib, tok fazalararo
taqsimlanadi. Taqsimlashda har bir fazadagi yuklamaning bir-biridan farqi 15 %
dan oshmasligi shart. Sanoat korxonalarida yoritish yuklamasi umumiy
yuklamaning 7–15% ini tashkil etadi.
|