• Elektr taʼminoti
  • Texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,56 Mb.
    #125477
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Elektronika mustaqil ish-1
    Amaliy ish-1
      
      
    Korxonaning ichki elektr ta’minotining kuchlanishidan qat’i nazar BPP, taqsimlash 
    uskunasi, sex va bo‘linmalar radial yoki magistral sxemada qurilishi mumkin. 
    Radial sxema bo‘yicha barcha sex yoki bo‘linma podstansiyalari BPP yoki 
    taqsimlash uskunasidan alohida kabel EUL orqali elektr bilan ta’minlanadi. 
    Magistral sxemada sex yoki bo‘linma podstansiyalari ketma-ket ulanadi. 11rasmda 
    TPl, TP2, TP3, TP4 magistral sxema bo‘yicha elektr bilan ta ’minlash ko‘rsatilgan. 


    TP5 magistral sxemani kiritish befoyda, chunki bu holda kabel EULning uzunligi 
    oshadi. Vaholanki, magistral sxemani qo‘llashdan asosiy maqsad korxonaning 
    ichki elektr ta’minotida kabel EULning uzunligini iloji boricha kamaytirish, ya’ni 
    tejashdir. Magistral sxema qo‘llanilganda butun elektr
    ta’minoti tarmoqlarning ishonchliligini kamaytirmasligi kerak.
    Shuning uchun iste’molchilar yuqori ishonchlilikni talab qilganda, elektr t a’minot 
    tizimi ko‘rsatilganday radial sxemada bajariladi. 
    Elektr taʼminoti — elektr energetikasining sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, 
    shahar xoʻjaligi, aholi va boshqalarni elektr energiyasi bilan taʼminlash hamda 
    uning taqsimoti bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Unga elektr energiya manbalari
    kuchlanishni oshiruvchi va pasaytiruvchi elektr st-yalari, taʼminlashtaqsimlash 
    elektr tarmogʻi, turli yordamchi qurilmalar va inshootlar kiradi. Ishlab 
    chiqariladigan elektr energiyasining asosiy qismi sanoat ehtiyojlari uchun 
    ishlatiladi. 
    Elektr taʼminotining asosiy manbalari elektr st-yalari (qarang Elektr stansiyasi), 
    hududiy energetika tizimlarining energiya bilan taʼminlash tarmoqlari 
    (qarang Elektr tarmogʻi). Yirik sanoat korxona 
    ʼminlash uchun issiqlikelektr markazlari IEM (TETS) dan foydalaniladi. Bularning 
    quvvati sanoat korxonalari va shahar xoʻjaligining energiya va issiklikka boʻlgan 
    ehtiyoji bilan belgilanadi (qarang Issiklikelektr markazi, Issiqlikelektr stansiyalari). 
    Elektr taʼminoti tizimida koʻpincha yuqori kuchlanishli tok ishlatiladi. Maishiy 
    korxonalar va uyroʻzgʻorda 220 V (kamdan kam hollarda 110 V), yirik sanoat 
    korxonalari, transport va shahar xoʻjaligida 110 va 220 kV, ayrim yirik sohalarda 
    330 va 500 kV kuchlanishli elektr energiyasidan foydalaniladi. 
    Elektr taʼminoti tizimining sxemasi elektr energiyasi manbaidan energiyani 
    isteʼmolchilarga uzatishda oraliq kommutatsiya va transformatsiya (kuchlanishni 
    oʻzgartirish) bosqichlari soni kam boʻlishiga, energiya manbaini iloji boricha 
    isteʼmolchiga yaqinroq qilib qurishga asoslanadi. Energiyani isteʼmolchilarga 
    uzatishda kabelli va simli uzatish usullaridan foydalaniladi. Kuchlanishni 


    oʻzgartiruvchi (asosan, pasaytiruvchi) st-yalar isteʼmolchilar zich joylashgan 
    hududning oʻrtarogʻiga quriladi. 
    Oʻzbekistonda Elektr taʼminoti asosan, 20-asr boshlarida Toshkentda 2 elektr st-ya 
    qurish bilan boshlandi. Eng yirik GESlar: Chorvoq GES, Xoʻjakent GES, 
    Gʻazalkent GES, Farhod GES, eng yirik issiqlikelektr markazlari (IEM): Fargʻona 
    IEM, Muborak IEM, Toshkent IEM; yirik elektr uzatish liniyalari (EUL) soni 20 
    dan ortiq (qarang Energetika). Resggublika shaharlari va qishloqlarini elektr bilan 
    taʼminlash markazlashtirilgan. 
    Toshkent shahrida dastlabki elektr st-yalari 20-asr boshlarida qurilgan. 
    Markazlashgan shahar Elektr taʼminotining boshlanishi Boʻzsuv GES ning birinchi 
    navbati (1926) va 6 kV kuchlanishli oʻzgaruvchan tok kabel tarmogʻining ishga 
    tushirilishi bilan bogʻliq. Hozir asosiy shahar Elektr taʼminoti manbalari: Toshkent 
    DIES, Toshkent issiqlik elektr markazi (IEM), Toshkent GES lari kaskadi. Bundan 
    tashqari, Elektr taʼminoti tizimida 60 dan ortiq kichik st-yalar, transformator 
    punktlarq, taqsimlash punktlari, kabel va havo simlari bor. 

    Download 0,56 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish