Texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana20.12.2023
Hajmi0,56 Mb.
#125477
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektronika mustaqil ish-1

Elektr ta’minoti sxemalari
Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti sxemasi shartli ravishda ichki elektr 
ta’minot va tashqi elektr ta’minot sxemalariga bo‘linadi. Taqsimlash yoki mahalliy 
elektr tarmoqlariga sanoat korxonalarining tashqi elektr t a’minoti sxemasi sifatida 
qaraladi.
Sanoat korxonasi quriladigan joy ma’lum bo‘lgandan keyin uning tashqi ta’minot 
sxemasi tanlanadi. Tashqi elektr ta’minot sxemalarining uch k o‘rinishi mavjud:


1. 
Korxona hududida 35/6 yoki 35/10 kVli pasaytiruvchi podstansiya qurish va 
korxonaning ichki hududida elektr energiyasini sexlar va bo‘limlarga 6 yoki 10 kV 
li kuchlanishda taqsimlash.
2. 
Korxona hududida 6 yoki 10 kV li taqsimlash uskunasini qurish, sexlar va 
bo‘linmalarga elektr energiyasini 6 yoki 10 kV li kuchlanishda uzatish.
3. 
Tarmoq 35/6 yoki 35/10 kV li pasaytiruvchi podstansiyadan kabel EULni 
bevosita sex 6/0,4 yoki 10/0,4 kV li pasaytiruvchi podstansiyalar bilan bog‘lash. 
Ana shu elektr t a’minot sxemasini ko‘rib chiqamiz.
Faraz qilaylik, 10-rasmda sanoat korxonasi va tarmoq podstansiyasi, ya’ni elektr 
tarmoqlar boshqarmasiga qarashli 35/10 yoki 35/6 kV kuchlanishli podstansiya 
berilgan. Korxonaning elektr ta’minoti tizimini (ETT) loyihalashtirish kerak. Har 
bir sex yoki bo‘linma va butun korxonaning elektr yuklamasi ( yuklamasi) 
jadvaldan aniqlanadi.
Loyihalashtirishning birinchi bosqichida tashqi elektr ta’minoti tanlanadi. 
Yuqorida ko‘rsatganimizdek, bu masala uch variantda yechilishi mumkin. Shuni 
hisobga olish kerakki, transformatorlarning isrofi uning pasport kattaliklariga 
bog‘liq bo‘lsa, havo yoki kabel EULning isrofi uning masofasiga va kuchlanishiga 
bog‘liq:


Faraz qilaylik, tarmoq podstansiyadan BPPgacha birinchi variant sifatida 35 kV li 
EUL, ikkinchi variantda 10 kV li EUL qurishni mo‘ljallasak, birinchi variantda 
ikkinchi variantga nisbatan isrof keskin kamayadi, chunki yuqoridagi formula 
maxrajida IP–H = 352= 1225, ikkinchi variant maxrajida LPh = 102= 100. Demak, 
isrof 1,225 marotaba kam bo‘ladi. Lekin kapital xarajat ko‘payadi, chunki 35 kV li 
EUL transformatorlari va kommutatsion apparatlari 10 kV liga nisbatan ancha 
qimmat. Shuning uchun tarmoq podstansiyasi va BPP orasidagi masofa
korxonaning umumiy quvvati va hokazolarni nazarga olib ikkala variant 
hisoblanadi hamda elektr tarmoqlarda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash 
asosida istalgan variant qabul qilinadi.
Agar birinchi variant qabul qilinsa, yuklamalar markazida 35/0 yoki 36/6 kV li 
pasaytiruvchi podstansiya qurilishi lozim. Sex va bo‘linmalargacha kabel EUL 10 
yoki 5 kV li bo‘ladi.
Agar ikkinchi variant qabul qilinsa, korxonaning ichki sxemasi quyidagicha 
bo‘lishi mumkin:


1. Yuklanmalar markazida 10/0,4 yoki 6/0,4 kV li podstansiya quriladi. Barcha 
sex va bo‘limlar 0,4 kV kabel EUL orqali elektr bilan ta’minlanadi. Ushbu 
variant arzon bo‘lsa ham korxonaning ichki EULda isrof ancha katta bo‘ladi.
2. Yuklanmalar markazida 10 kV li taqsimlash uskunasi quriladi.
Barcha sex va bo‘limlar 10 yoki 6 kV li EUL orqali elektr bilan ta’minlanadi. Har 
ikki yoki uchta sex yoki bo‘linma uchun bitta 10/0,4 yoki 10/0,6 kV li podstansiya 
quriladi.

Download 0,56 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish