Talabalar bilimini baholash (TBB)
|
TBB1
|
Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarining barcha mavzularini to‘la o‘zlashtirgan hamda mustaqil ishni bajargan talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semestr oxirida yakuniy nazorat topshiradi.
|
TBB2
|
Talabalar bilimini baholash semestr va yakuniy nazorat davomida o‘qitish materiallarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (topshiriqlar, mustaqil ish, test va yozma ish natijasi)ga asoslanadi.
|
TBB3
|
O‘quv mashg‘uloti davomida talabalar 100 ballik tizimda baholanadi. Bunda,
oraliq nazorat uchun – 50 ball,
yakuniy nazorat uchun – 50 ball ajratiladi.
|
|
TBB4 Nazorat turlari bo‘yicha ballarning taqsimlanishi
|
Nazorat turi
|
Ajratilga maksimal ball
|
Oraliq nazorat bo‘yicha
|
50 ball
|
Seminar mashgʻulotlaridagi topshiriqlar bo‘yicha
|
15 ball
|
Oraliq baholash bo‘yicha
|
20 ball
|
Mustaqil ish bo‘yicha
|
15 ball
|
Yakuniy nazorat bo‘yicha
|
50 ball
|
Jami:
|
100 ball
|
TBB5 Mezonlar
|
Seminar mashg‘ulotlari (15 ball)
|
ajratilgan 15 ball seminar mashg‘ulotlari mavzulari va ularga ajratilgan soatlardan kelib chiqqan holda taqsimlanib, aniq topshiriqlar beriladi.
|
Oraliq baholash bo‘yicha
(20 ball)
|
Fanning ma’lum bo‘limlari yakunlangandan so‘ng test yoki yozma ish ko‘rinishida tashkil etiladi. Bunda ajratilgan ball nazorat (test) savollarining miqdoriga mos ravishda taqsimlanadi.
|
Mustaqil ish (15 ball)
|
Tanlab olingan taklif majmuidagi 1-topshiriq uchun – 3 ball;
Tanlab olingan taklif majmuidagi 2-topshiriq uchun – 3 ball;
Tanlab olingan taklif majmuidagi 3-topshiriq uchun – 3 ball;
Tanlab olingan taklif majmuidagi 4-topshiriq uchun – 3 ball;
Tanlab olingan taklif majmuidagi 5-topshiriq uchun – 3 ball.
|
Yakuniy nazorat (50 ball)
|
seminar topshiriqlari, davomat, oraliq nazorat va mustaqil ta’lim natijasi 30 balldan past bo‘lgan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
yakuniy nazorat test yoki yozma ish ko‘rinishida tashkil etiladi:
yakuniy nazorat test shaklida o‘tkazilganda nazorat variantlari 50 ta savoldan iborat qilib shakllantiriladi va har bir to‘g‘ri javob 1 ball darajasida baholanadi.
yakuniy nazorat yozma ish shaklida o‘tkazilganda nazorat variantlari 5 ta savoldan iborat qilib shakllantiriladi va har bir javob maksimal 10 ballik darajada baholanadi.
|
Yakuniy nazoratda 30 va undan ko‘p ball to‘plagan talaba nazoratni topshirgan hisoblanadi.
Yakuniy nazoratda qatnashgan va fan bo‘yicha kamida 60 ball (3 baho) to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi va u fan bo‘yicha kreditlarga ega bo‘ladi.
|
Fan bo‘yicha yuqorida keltirilgan nazoratlarda to‘plangan reyting ballari umumlashtiriladi va yakunda ballar 5 baholik tizimga konvertatsiya qilinadi.
|