Mashina detallariga qo`yiladigan asosiy talablar. Mashinasozlikda ishlatiladigan asosiy materiallar va ularni tanlash. Detallardagi ruxsat etilgan kuchlanishlar. Ruxsat etilgan kuchlanishlar haqida ma`lumot




Download 21.82 Kb.
bet1/2
Sana27.09.2023
Hajmi21.82 Kb.
#84706
  1   2
Bog'liq
ma\'ruza
organik bo\'yoqlar, amaliy mashg\'ulot № 13, 2-курс. Курилиш механикаси, tabiiy-gazni-nordon-komponentlardan-tozalashda-absorbentning-yo-qotilishi, Chastota o`zgartkichlar, намуна аттистация саволлари учун, 1 презентация, ТАУ ТЕМА2 ОБЩИЕ ПРИНЦИПЫ УПРАВЛЕНИЯ, oriental renaissance 2022, Amaliy ustaxona 2- kurs ishchi, 1807c61ce5675f5ad20377f91ac8a4e0, Теоретико методолгические основы глобалистики, 4-AMALIY, 6-mavzu. Guruxlab tandalash, uning xisobi va moxiyati, ariza soni

Mashina detallariga qo`yiladigan asosiy talablar. Mashinasozlikda ishlatiladigan asosiy materiallar va ularni tanlash. Detallardagi ruxsat etilgan kuchlanishlar. Ruxsat etilgan kuchlanishlar haqida ma`lumot.


Reja:


  1. Detallarga qo`yilgan asosiy talablar.

  2. Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallarni tanlash.

  3. Ruxsat etilgan kuchlanish haqida ma`lumot.

  4. Detallarga tushadigan yuklanish turlari.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Tojiboyev R.N., Jurayev A.J. “Mashina detallari” T.: O`qituvchi,


2002 y.
2. Tojiboyev R.N., Shukurov M.M. “Mashina detallari kursidan masalalar to`plami” T.: O`qituvchi, 1992 y.
3. Tojiboyev R.N., Shukurov M.M. “Mashina detallarini loyihalash” T.: Fan, 1997 y.
4. Sulaymonov I. “Mashina detallari” T.: O`qituvchi, 1981 y.
5. Timofeyev S.I. “Detali mashin”: Uchebnoe posobie dlya vuz. Rostov na – Donu, Feniks, 2007. – 416 s.
6. Ivanov M.N. “Detali mashin” M.: Visshaya shkola, 1991 g.

Mashinasozlik sanoat va qishloq xo`jaligining taraqqiy etishi uchun zarur bo`lgan texnikaviy baza yaratadi. Shunday ekan, har bir ishchi, muhandis, hamda olimning vazifasi zamonamiz talabiga to`la javob beradigan, yuqori unumli, mustahkam va foydali ish koeffisienti yu qori bo`lgan yangidan - yangi mashinalar yaratishdan iborat.


Buning uchun mashinalar loyihalashda ularning qismlari mum­kin qadar yengil, yetarli darajada mustahkam, ish bajarishga chidam­li, shakli oddiy, ishlatilishi qulay, xavfsiz va davlat standarti talablarini to`la qondiradigan bo`lishiga erishishi kerak. Bundan tashqari, detallar ishdan chiqqan taqdirda tez va oson almashtiriladigan bo`lishi ham zarur.
Tabiiyki, bunday vazifani yuqori malakali, mutaxassislar­gina hal qila oladi. Ana shunday mutaxassislar tayyorlashda "Ma­shina detallari" fani alohida o`rin tutadi.
Bir qancha detallardan tuzilgan mexanizmlar majmui bo`lib, ma`lum ish bajarish uchun mo`ljallangan vosita mashina deb ataladi.
Har bir mashina uch guruhga mexanizmdan: harakatlantiruvchi, ijro etuvchi va uzatuvchi mexanizmdan tuzilgan.
Mashinaning ayrim bo`laklarga ajralmaydigan qismi detal deb ataladi. Masalan: bolt, gayka, shponka, val va shu kabi detallardir.
Mashinaning ma`lum vazifani bajarish uchun mo`ljallangan bir necha detallardan tuzilgan qismi uzel deyiladi. Masalan: reduk­tor, mufta, podshipnik va boshqalar.
Demak mashina uzellardan, uzellar esa detallardan tuzilgan bo`lar ekan.
Juda ko`p detal va uzellar bo`ladi, lekin hamma turdagi ma­shinalarda ishlatiladigan detallar ham bor. Bunday detallar va uzellar mashinalarda umumiy vazifalarni bajaradi. Ularning tu­zilishi va loyihalanish usullari mashina detallari fanida o`rgani­ladi.
Shunday qilib, mashina detallari fani muhandislik amaliyotida ko`plab uchraydigan, deyarli hamma turdagi mashinalar uchun umumiy bo`lgan detal va uzellarning tuzilishini va ularni iqtisodiy ji­xatdan tejamli qilib hisoblash va loyihalash usullarini o`rgatuvchi fandir.
Bu fan nazariy mexanika, mexanizm va mashinalar nazariyasi, materiallar qarshiligi va texnologiyasi, chizmachilik kabi fanlar­ga asoslanadi.
Mustahkamlik - ishlash sharoitida detalning deformatsiyalanish me`yorida bo`lgani holda sinmay benuqson ishlay olish xususiyati uning mustahkamligi deyiladi.
Bikirlik - ayrim detallar uchun faqat mustahkamlikning o`zi yetarli emas. Masalan: vallar ruxsat etilganidan ko`proq egilishi mumkin. Bunday valni ishlatib bo`lmaydi, chunki valga o`rnatilgan detallar, masalan tishli gildiraklar orasidagi masofa chegara­langan bo`ladi. Valning ko`p egilishi natijasida tishli g’ildirak­lar tez ishdan chiqadi. Demak bunday detallarni mustahkamligidan tashqari bikirligini ham ta`minlash kerak. Buning uchun detalning qay yeri ko`proq egilishi mumkin bo`lsa, o`sha yeridagi deformatsiya qiymati aniqlanadi va ruxsat etilgan qiymati bilan taqqoslana­di. Topilgan qiymat ruxsat etilgandan kichik yoki unga teng bo`l­sa, detalning bikirligi qoniqarli bo`ladi. Bikirlik detallar­ning chidamliligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Masalan tishli gil­dirakda dinamik kuchlar paydo bo`lishi va shovqin hosil bo`lishi mumkin.
Titrashga chidamlilik. Mashinada ishlash tezligini oshirish na­tijasida titrash yuzaga keladi. Buni yo`qotish uchun rezonans hodi­sasini oldini olish kerak. Rezonans hodisasi detalning o`zida hosil bo`ladigan xususiy tebranish chastotasi tashqi kuch ta`sirida bo`ladigan tebranish chastotasi bilan bir xil bo`lib qolganda ro`y beradi. Shuning uchun bu ikki xil chastotani bir - biriga teng bo`lib qolmasligini ta`minlash kerak. Titroq so`ndirgichlar, ya`ni maxsus elastik elementlar titrash hodisasini kamaytirish uchun mashinalarga o`rnatiladi.

Mashinasozlikda ishlatiladigan asosiy materiallar va ularni tanlash


Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallarning xili juda ko`p bo`lib, ularni uch gruppaga bo`lish mumkin: 1) qora metallar; 2) rangli metallar; 3) metallmas materiallar. Bulardan eng ko`p ishlatiladigani qora metallar – po`lat va cho`yandir.


Qora metallarning ko`p ishlatilishiga sabab shuki, ular mustahkam bo`lish bilan birga, nisbatan arzon turadi. Qora metallarning salbiy tomoni zichligi katta bo`lib, korroziyaga uncha chidamli emasligidir.
Mashinasozlikda ishlatiladigan asosiy materiallarning kimyoviy tarkibi va xossalari metallshunoslik va boshqa maxsus kurslarda o`rganilganligi sababli bu erda ularni tanlash masalalari haqidagi, shuningdek, so`nggi yillarda keng ko`lamda ishlatila boshlagan plastmassalar haqidagi ma`lumotlargina bayon etiladi.
Mashinalar loyihalashda ularning detallari uchun material tanlash muhandis-konstruktorning eng mas`uliyatli vazifalaridan biridir.
Mashina detallari uchun material tanlashda uning faqat xossalarigagina ahamiyat bermay, balki buni har tomonlama o`rganish lozim. Material tanlashdagi asosiy talab shuki, tanlab olingan material avvalo, detalning ishga layoqatli bo`lishini ta`minlashi hamda nisbatan arzon turishi kerak. Bu talabni hamma vaqt ham osonlikcha qondirib bo`lmaydi, chunki, odatda, mustahkam, puxta, sifatli materiallar qimmat turadi. Shunday ekan, material tanlashda yanglishmaslik uchun ulardan bir necha xilini tanlab, ularni hisoblab ko`rgan ma` qul. Masalan, diametri 100 mm va aylanish chastotasi 5000 ayl/min bo`lgan shkivni cho`yandan yoki alyuminiy qotishmasidan tayyorlash mumkin. Alyuminiy qotishmasi cho`yanga qaraganda ikki marta qimmat turadi. Lekin alyuminiy qotishmasi dastgohda cho`yanga qaraganda 8 – 10 marta tez ishlanadi. Natijada alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan shkiv cho`yandan tayyorlangan shkivga qaraganda 25 % arzon bo`ladi. Ko`rinib turibdiki, tannarxi qimmat bo`lsada, alyuminiy qotishmasidan shkiv tayyorlash cho`yandan tayyorlashdagiga qaraganda foydalidir. Bordiyu detalga nisbatan qo`yilgan hamma talabga ham javob beradigan material tanlash mumkin bo`lmasa, u holda eng zarur talablarni qondiruvchi materialni olish lozim. Quyilgan talablarni qondirish uchun ayrim hollarda, bir detalning o`zi turli materiallardan ishlanishi ham mumkin. Masalan, gidroturbinalarning parragi avvalo mustahkam, qolaversa korroziyabardosh bo`lishi kerak. So`nggi yillargacha bu maqsadda yuqori sifatli zanglamas, ammo qimmatbaho po`lat ishlatilar edi. Hozirgi vaqtda bunday parraklar oddiy uglerodli po`latdan tayyorlanib, ularning sirtiga zanglamas po`lat qoplanmoqda, natijada kattagina mablag tejalmoqda. Yana bir misol. Ma`lumki, tishli gildirak tayyorlash uchun ishlatiladigan materialning asosiy massasi uning tanasiga ketadi. Holbuki, tishli gildirak tanasiga to`gri keladigan kuchlanish tishlariga to`gri keladigan kuchlanishning juda ham oz qismini tashkil etadi. Ana shu nazarda tutilib, Toshkent-politexnika institutining "Mashina detallari" kafedrasida tishli gildirakning yangi turi yaratildi. Bu gildirakniig tanasi arzon turadigan cho`yandan, tishli gardishi esa sifatli po`latdan yasalib, ular elastik material vositasida bir-biriga ulanadi. Bunday gildiraklar etarli darajada chidamli bo`lishi bilan birga, ishlash vaqtida paydo bo`ladigan shovqin odatdagi tishli gildiraklardagiga qaraganda birmuncha kamdir.
Shunday qilib, lozim bo`lgan taqdirda, bir detalning o`zini bir necha xil materialdan tayyorlashni tavsiya etish ham mumkin ekan.
Buning uchun detalning ishlash sharoitini detalga nisbatan qo`yilgan talablar va materiallarning xossalarini yaxshi bilish kerak.
So`nggi yillarda mashinasozlikda plastmassalar deb ataladigan materiallardan keng ko`lamda foydalanila boshlandi. Qora metallar o`rnini asta-sekin plastmassalar egallamoqda. Agar 1930 yilda butun dunyoda atigi 0,1 mln. t. plastmassa tayyorlangan bo`lsa, 1960 yili uning miqdori 7 mln. t. ga etdi. Keyingi vaqtda olib borilgan tekshirishlar shuni ko`rsatdiki, 1967 yili butun dunyoda jon boshiga 4,3 kg plastmassa, 17,6 kg temir, 1,3 kg boshqa metallar to`gri kelgan bo`lsa, 2020 yilda aholining o`sishi ham hisobga olinganda; jon boshiga to`gri keladigan plastmassa miqdori 211 kg ni, temir miqdori 41 kg, boshqa metall miqdori esa 13,6 kg ni tashkil etadi. Bu degan so`z; kelgusida plastmassalar sanoatning hamma tarmoqlarida, shu jumladan mashinasozlikda ham, asosiy material bo`lib qoladi, demakdir.
Binobarin, plastmassalardan mashina detallari uchun material sifatida foydalanish masalalariga alohida e`tibor berish lozim. Hozirgi zamon kimyo fanining rivojlanishi mashinasozlikda ishlatiladigan detallar uchun yengil, mustahkam, texnologik nuqtai nazardan qulay, yeyilishga chidamli va boshqa bir qator xossalarga ega bo`lgan materiallar ishlab chiqarishga imkon beradi.
Plastmassalarning afzalliklaridan yana biri shuki, juda murakkab shaklli detallar ham yuqori unumli ravishda bosim ostida quyish, shtamplash, purkash usullari va boshqa usullar bilan tayyorlanishi mumkin.
Mashinasozlikda ishlatiladigan plastmassalar termoplastlar (termoplastik plastmassalar) va reaktoplastlar (termoreaktiv plastmassalar) deb ataladigan ikki gruppaga bo`linadi.
Termoplastlarga xos xususiyat shundan iboratki, ular suyuqlantirilib, so`ngra sovitilgandan so`ng suyuqlantirishdan oldingi xossalari tiklanadi. Demak, bunday material chiqindilarini, o`zdan yasalgan eski detallarni qayta suyuqlantirib, yangi detal tayyorlash mumkin. Reaktoplastlar suyuqlantirilib, so`ngra sovitilgandan keyin ularning dastlabki xossalari tiklanmaydi. Birinchi gruppaga - har xil poliamidlar, hamma turdagi kapralonlar, poliuretanlar, polikarbonat, polipropilen, polivinilxloridlar, polietilen, ftoroplastlar kabi materiallar kiradi. Ikkinchi guruhga har turli tekstolitlar, voloknitlar va yog’och qatlamli plastiklar (DSP) kiradi. Ancha keng tarqalgan plastmassalarning turlari, ular chegaraviy va ruxsat etilgan kuchlanishning qiymatlari haqidagi asosiy ma`lumotlar keltiriladi.
Plastmassalarning qora metallarga nisbatan asosiy kamchiligi shundaki, birinchidan ularning mustahkamligi yetarli darajada bo`lmaydi, ikkinchidan, vaqt o`tishi bilan tashqi muhit ta`sirida mexanikaviy xossalari, ba`zan esa detalning o`lchamlari o`z-o`zidan o`zgaradi. Ammo kimyo fanining tobora rivojlanishi bu kamchiliklarni bartaraf qilishga imkon berishi muqarrar. Shuning uchun plastmassadan tayyorlangan detalning biror kamchiligi sezilsa, uni butunlay ishlatmaslik noto`gri.

Ruxsat etilgan kuchlanish haqida ma`lumot.


Ruxsat etilgan kuchlanish deganda ma`lum yuklanish (nagruzka) ta`siridagi detalning xavfli kesimida hosil bo`ladigan kuchlanishning yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan va uning etarli darajada mustahkam bo`lishini hamda talab etilgan vaqt ichida benuqson ishlashini ta`minlaydigan eng katta qiymati tushuniladi.


Kuchlanishning bu qiymatini topish uchun chegaraviy kuchlanish hamda mustahkamlik ko`lami (zapasi) qiymatlari aniqlangan bo`lishi kerak.
Chegaraviy kuchlanish esa materialni mexanikaviy xossalariga bogliq va uni tajriba qurilmalarida sinash usuli bilan topiladi.
Mustahkamlik ko`lami (zapasi) ko`p faktorlarga, masalan: qabul qilingan hisoblash usulining va hisob sxemasining aniqligiga; detalga ta`sir etuvchi kuch va momentlarning qanchalik to`gri hisobga olinganligiga; ishlatiladigan materialning bir jinslilik darajasiga va xossalarining qanchalik o`rganilganligiga; detal­ning shakli, o`lchamlari, sirtining holati va sifatiga; detalning mustahkamlik darajasiga bogliq.

Download 21.82 Kb.
  1   2




Download 21.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mashina detallariga qo`yiladigan asosiy talablar. Mashinasozlikda ishlatiladigan asosiy materiallar va ularni tanlash. Detallardagi ruxsat etilgan kuchlanishlar. Ruxsat etilgan kuchlanishlar haqida ma`lumot

Download 21.82 Kb.