|
”Машина игналари ва улар классификацияси” мавзуси маъруза дарси ишланмаси
|
bet | 1/3 | Sana | 02.01.2024 | Hajmi | 0,84 Mb. | | #129508 |
Bog'liq Dars ishlanmasi SHOYMARDONOV JAVLON
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Buxoro muxandislik-tenologiya instituti
“Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot kommunikatsiya tizimlari” kafedrasi
“TEXNOLOGIK JARAYONLARNI BOSHQARISHNING DASTURIY TA’MINOTI”
FANIDAN
M7-20TJBAKT GURUH MAGISTRANTI
JAVLON SHOYMARDONOVNING
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETILGAN
DARS ISHLANMASI
“Funksiyalar e’loni va aniqlash. Oddiy funksiyalar tuzish” MAVZUSI BO`YICHA MASHG`ULOTI ISHLANMASI.
Mashg`ulot mavzusi:
” Funksiyalar e’loni va aniqlash. Oddiy funksiyalar tuzish”
Mashg`ulot maqsadlari:
Funksiyalar e’loni va aniqlash. Oddiy funksiyalar tuzish tahlili to`g`risida o`quvchilarda bilimlarni shakllantirish va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Tarbiyaviy:
O’quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, ularni algoritmlar bilan ishlash saviyasini boyitish.
Rivojlantiruvchi:
O`quvchilarning faolligini oshirish, turli algoritmlarda ishlatilinadigan funksiyalarni oson o’qib olish va ularni tahlil qilish kabi ko’nikmalarni hosil qilish.
Mashg`ulot turi:
Amaliy
Mashg`ulot uchun ajratilgan vaqt:
2 soat
Mashg`ulot o`tish joyi:
Zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan auditoriya.
Foydalaniladigan jihoz va vositalar:
O`z aksini topgan slaydlar, tarqatma materiallar, internet adabiyotlari (B.Straustrup – Библия С++), kompyuterlar.
Mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism.(darsga tayyorgarlik).
Tashkiliy tadbirlarni o`tkazadi.
Nazariy mashg`ulotni tashkil qilish, o`qitish joyini tanlash, auditoriyani darsga tayyorgarligini ko`zjan kеchirish, jihozlarning ishchi holatini tеkshirish, mavzuga tеgishli tеstlar, tarqatma matеriallar, slaydlar tayyorlash, nazariy mashg`ulot vaqti va darsning davom etishini bеlgilash.
|
| |