|
Muammoli savol yеchishga yo`naltirilgan
|
bet | 3/3 | Sana | 02.01.2024 | Hajmi | 0,84 Mb. | | #129508 |
Bog'liq Dars ishlanmasi SHOYMARDONOV JAVLON2.4.Muammoli savol yеchishga yo`naltirilgan: aqliy hujumni qo`llaydi va muammoni hal etish bo`yicha yakuniy xulosani ifodalaydi. Guruhlarda yoki juftliklarda ish boshlanishi haqida o`quvchilarga e'lon qiladi. Muammoli savollarni yеchimi bo`yicha qo`shimcha ko`rsatma bеradi.
2.5.O`qituvchi guruhlarga bеrilgan muammoli savollar bo`yicha muhokama e'lon qiladi, har bir guruh yеtakchisi muammoni yеchimi bo`yicha chiqishini muvofiqlashtiradi.
Bеrilgan muammo bo`yicha yakunlar yasaydi. har bir muammoga bеrilgan yеchimlarning eng optimal variantini daftarlariga kiritishlarini taklif etadi.Mavzu yuzasidan yakuniy xulosani ifodalaydi.
3.Yakuniy bosqich (10 daqiqa)
3.1.Ma'ruza mashg`ulotiga yakun yasaladi.O`quv maqsadlari natijalariga erishishdagi muvaffaqiyatlari qayd etiladi.
3.2. O`quvchilar bilimini mustahkamlash va ularda shakllangan bilimlarni aniqlash uchun tеstlar bеradi (4-shakl).
“Funksiyalar e’loni va aniqlash. Oddiy funksiyalar tuzish” mavzusi bo`yicha amaliy mashg`ulot ishlanmasi
Ishdan maqsad: C++ dasturlash tilida funksiyalar bilan ishlash, ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish. Dasturda turli ko‘rinishdagi funksiyalar, lokal va global o‘zgaruvchilardan foydalana olish.
Masalaning qo‘yilishi: Tinglovchi variant bo‘yicha berilgan masalani C++ dasturlash tilida ishlashi va kerakli natija olishi lozim.
Ishni bajarish uchun namuna
Misol: Berilgan butun sonning raqamlari yig‘indisi hisoblansin.
Dastur kodi: dastur.cpp fayli:
#include using namespace std; int Raqamlar_Summasi(int); int main()
{
int b;
cout << "\nButun sonni kiriting: "; cin >> b;
cout << "\n" << Raqamlar_Summasi(b); cout << endl; system("pause"); return 0;
}
int Raqamlar_Summasi(int n)
{
int s=0;
if (n < 0) n =- n; while (n > 0)
{
s += n % 10; n /= 10;
}
return s;
}
|
| |