1XK rusumli mayda ifloslikdan tozalash uskunasining texnalogik ko’rsatkichlari.
Paxta bo’yicha mak.unumdorligi, t/soat
1-2 navlar 7
3-5 navlar 5
O’natilgan quvvati,kvt jami 12
Aylanishlar soni, ayl/daq.
Taminlovchi valiklar uchun 0-14
Qoziqli baraban uchun 480
Texnologik tirqishlar, mm:
Qoziqli baraban qoziqlar bilan to’r orasi 12-14
Gabarit o’lchamlar, mm
Uzunligi 3945
Kengligi 2683
Balandligi 1843
Massasi, kg 3100
Barcha tоzalash mashinalarni lоyihalashda ularga quyidagi texnоlоgik talablar qo`yiladi:
1. Ishlоv berilayotgan xоm ashyoga kamrоq mexanik ta`sir etish maqsadida ilоji bоricha ishchi barabanlar sоnini kamaytirish bilan yuqоri tоzalash samaradоrligiga erishish.
2. Texnоlоgik mashinaning tоzalash samaradоrligi yuqоri darajada bo`lib, uning ish unumdоrligi оshishi bilan kamayib ketishiga yo'l qo`ymaslikka erishish.
3. Tоzalash jarayonida tоla va chigitning tabiiy xususiyatlariga salbiy ta`sir etmaslik.
4. Yuqоri tоzalash samaradоrlikni ta'minlagan xоlda yuqоri ish unumdоrlikka erishish.
5. Tоzalash jarayonini avtоmatik bоshqarish tizimini yaratish.
Qoziqli baraban korpusi silindr shaklida bo’lib, korpus bir butun qilib tayyorlanmagan. Korpus to’rt qismga bo’linadi va ular bir-biriga bolt gaykalar yordamida mahkamlanadi. Korpus 3 mm qalinlikdagi listdan shtampovka yordamida tayyorlanadi. Qoziqchalarning diametri 12mm , uzunligi 50mm qilib tayyorlanadi va ular korpusga tashqi tomondan shtampovka yordamida biriktiriladi, ichki tomondan esa payvandlanadi. Qoziqchalar orasidagi masofa 50mm. Barabanning uzunligi 1890 mm, val bilan birgalikda esa 1927 mm hisoblanadi. Korpus yon devorining diametri 280 mm, korpus bilan birgalikdagi diametri esa 310 mm Korpusning har bir qatorida 37 tadan qoziqchalar bo’ladi. Baraban valining diametri 50mm bo’lib, uning shkiv o’rnatiladigan tomoni uzunligi 275 mm, ikkinchi tomoni esa 95 mm hisoblanadi. Barabanning mustahkamligini ta’minlash uchun korpus o’rtasiga devor qo’yilgan.
Qoziqli baraban korpusi va qoziqchalar СТ3СП ГОСТ14637-89 markadagi konstruksion po’latdan, korpus yon devori SCH18 markali cho’yandan tayyorlanadi.
СТ3СП po’latning kimyoviy tarkibi (%)
|