Mashinasozlik texnologiyasi




Download 5,23 Mb.
bet8/60
Sana24.04.2021
Hajmi5,23 Mb.
#14245
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60
1-rasm. To'rli sirtlar turlari

a) po'lat simdan to'qib qalaylangan; b, v) har xil tеshikli tunukadan yasalgan



Uskunalarning tozalash samaradorligi chigitli paxtaning iflos qo'shilmalari miqdoriga qarab o'zgaradi: ular qancha ko‘p bo‘lsa, tozalash vaqtida shuncha ko‘p chiqindi ajratiladi. Mayda iflosliklar chigitli paxtadan barabanli va shnekli tozalagichlarda yaxshi ajraladi va ularni ajratish uchun tozalash jarayonida chigitli paxtani elash yetarli deb hisoblanadi. Shu sababli chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash uchun qoziqli-titkilash uskunalari ishlatiladi.

Mashina ishlaganda chigitli paxta bo‘lakchalari to'rli sirt ustiga urilishi natijasida undagi iflos qo‘shimchalar ajraladi va to‘rli sirt teshiklari orqali tashqariga chiqib ketadi.

Ba’zi tozalagichlarning barabanlarida ikki qator qoziqchalar o‘rnatilgandan keyin uchinchi qatorga yaxlit planka o‘rnatilgani uchun bunday tozalagichlar qoziq-plankali deb ataladi. Qoziq-plankali tozalagich­larning tozalash samaradorligi birmuncha yuqori bo‘ladi, chunki ularda chigitli paxta qoziqchalar bilan titiladi, planka esa havo oqimini kuchaytirib, tozalash sifatini yaxshilaydi.

Chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash uchun ishlatiladigan uskunalar paxta tozalash korxonasining quritish-tozalash bo‘limiga, tozalash bo'limiga va har bir jinning ta’minlagichiga o‘rnatiladi. Chigitli paxtadan mayda iflosliklarni ajratish uskunalari pnevmatik, pnevmamexanik va mexanik tizimlarga bo'linadi.

Mayda iflosliklarni ajratish uskunalari texnologik qatorda o‘rnatilish joyiga qarab shaxsiy va qatorli, ish qismlarining chi­gitli paxtaga ta’siri jihatidan bir ta’sirli va qayta ta’sirli, ish qism­larining soniga qarab bir barabanli va ko‘p barabanli, konstruksiyasi bo'yicha esa barabanli va shnekli xillarga bo'linadi.

Hozirgi kunda paxta tozalash sanoati korxonalarida chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalashda, asosan, SCH—02; 1XK rusumli qoziqchali barabanli tozalagichlar va YN178 qoziqchali qismlar ishlatilmoqda.



Ishlash jarayoni quyidagicha: chigitli paxta ta’minlash valiklari (1) ustiga o‘matilgan shaxtaga tushiriladi. Bir-biriga qarshi aylanuv- chi ta’minlash valiklari chigitli paxtani qoziqchali barabanga bir tekis uzatadi. Qoziqchali baraban, o‘z navbatida, chigitli paxtani titkilab, to‘rli sirt ustidan olib o‘tadi va ikkinchi barabanga uzatadi. Shu tartibda chigitli paxta hamma barabanlardan o‘tib, mayda iflosliklardan tozalanadi. Ajratilgan iflosliklar barabanlar tagidagi to‘rli sirt teshik- lari orqali chiqindilar bunkerlarining qiya devorlari bo'ylab pastga tushadi va pnevmatransport bilan so‘rib olinadi. Tozalangan chig­itli paxta esa uskunadan chiqarilib, keyingi texnologik jarayonga uzatiladi.




Download 5,23 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60




Download 5,23 Mb.