Mashinasozlik texnologiyasi




Download 5,23 Mb.
bet11/60
Sana24.04.2021
Hajmi5,23 Mb.
#14245
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
1-jadval

C

Si

Mn

Ni

S

P

Cr

N

Cu

As


0.14 - 0.22

0.05 - 0.15

0.4 - 0.65

0.3 gacha

0.05 gacha

0.04 gacha

0.3 gacha

0.008 gacha

0.3 gacha

0.08 gacha

СТ3ПС markali po’latning Т=20С haroratdagi mexanik xususiyatlari

2-jadval

Sortament

σ в

σ т

σ5

Qalin list ГОСТ 14637-89

370-480

205-245

23-26

σ в-qisqa muddatli mustaxkamlik chegarasi

σт-proportsioallik chegarasi (qoldiq deformatsiya uchun oquvchanlik chegarasi)

σ5- uzilishda nisbiy uzayishi (qoldiq deformatsiya uchun oquvchanlik chegarasi)

Uglerodli konstruksion po’latlar mashinasozlikda eng ko’p qo’llaniladigan po’latlar bo’lib, metallurgiya sanoatidagi hamma ishlab chiqarilayotgan po’latlarning qariyb 80 foizini tashkil qiladi. Bunday po’latlarning tannarxi arzon bo’lib, yetarli darajada yaxshi mexanik va texnologik xususiyatlarga ega. Bunday po’latlar katta tezlikda sovitish bilan toblanadi, lekin toblash chuqurligi katta emas (12-15 mm), bo’shatishga bo’lgan barqarorligi ham kam. Odatda, uglerodli po‘latlar ishlab chiqarish usuliga, oksidlardan elementlarni qaytarilganlik darajasiga, kimyoviy

tarkibiga, sifatiga, ishlatilish joylariga va strukturasiga ko‘ra bir necha turga ajratiladi.

Ishlab chiqarish usuliga ko‘ra konvertorlarda, marten va elektropechlarda olingan, qaytarilganlik darajasiga ko‘ra qaytarilmagan, chala qaytarilgan va to‘la qaytarilganlarga, kimyoviy tarkibiga ko‘ra uglerodli va legirlanganlarga,sifatiga ko‘ra oddiy sifatli, sifatli va yuqori sifatlilarga, ishlatilish joyiga ko‘ra konstruksion, asbobsozlik va maxsus xossali po‘latlarga, strukturasiga ko‘ra ferritli, perlitli, ferritperlitli, perlit-ferritli va perlit-sementitli po‘latlarga ajratiladi.

Uglerodli konstruksion po’latlar sifati jihatidan bir necha sinflarga bo’linadi.

Oddiy sifatli konstruksion po’latlar “A” , “Б”, “B” guruhlarga bo’linib, ular mehanik xususiyatlari hamda kimyoviy tarkiblari bilan bir-biridan farq qiladi. Shuni ham qayd etish zarurki, GOST 380-71 da A guruhga kiruvchi po‘latlarning asosiy mexanik xossalari beriladi, kimyoviy tarkibi berilmaydi, В guruhga kiruvchi po‘latlarni kimyoviy tarkibi beriladiyu mexanik xossalariberilmaydi, V guruhga kiruvchi po‘latlarni esa mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi beriladi.


Download 5,23 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Download 5,23 Mb.