5. Hayot faoliyati havfsizligi
Loyihalanayotgan korxonada asosiy xavflar va zararlar
Qoziqli barabanni yig’ish va payvandlash jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarur hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tilganidek, qoziqli barabanning flanesi, vali tayyor holatda olib kelinadi. Ushbu detallar bir-biriga bolt- gaykalar yordamida biriktiriladi. Faqatgina qoziqchalar korpusga payvandlash yo’li bilan biriktirilaadi. Bu ishlarning hammasini bitta sexda amalga oshiriladi. Qoziqli baraban “O’zpaxtamash” korxonasida ishlab chiqariladi. Bu korxona O’zbekistondagi yirik ishlab chiqarish obyektlaridan biri hisoblanadi. Ushbu korxona asosan paxtani qayta ishlash korxonalari uchun zarur uskunalar, jihozlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi.
Qoziqli barabanni yig’ish va payvandlash jarayonida ishlab chiqarish jarayonining buzilishi natijasida, ishchining e’tiborsizligi yoki malakasizligi oqibatida va boshqa turli xil sabablarga ko’ra sex ichida turli darajadagi xavflar yuzaga kelishi mumkin. Detallarni ishlab chiqarish jarayonida sexlardagi hayot faoliyati xavfsizligiga oid xavflar va ulardan foydalanish va himoyalanish chora tadbirlarini ko’rish zazur.
Payvand sexlarida metallarni payvandlash jarayonida turli xil xavf-xatarlar yuzaga kelishi mumkin. Bularga quyidagilarni misol keltirishimiz mumkin:
1.Suyuq metal tomchilarini teriga sachrashi. Ma’lumki har bir moddaning erish temperaturasi mavjud. Metallar ham o’z erish darajasiga yetganda suyuqlanib sachrashi mumkin. Bu holatda inson hayotiga katta xavf tug’diradi.Insonga metal tomchilari sachrashi oqibatida kuyishlar yuzaga kelishi mumkin.
2.Metallarni payvandlaganda turli xildagi chang va gazlarning ajralib chiqishi. Metallarni payvandlaganda o’zidan changlar hamda zaxarli gazlar ajralib chiqishi inson organizmiga har xil kasalliklarni olib keladi. Inson organizmiga juda katta changlardan ko’ra mayda changlar xavfli hisoblanadi. Ular kishi organizmiga asosan nafas yo’llari, teri va ovqat bilan kirishi mumkin. Zararli moddalar inson organizmiga kirgach,biologik muhitda erib, ular bilan o’zaro reaksiyaga kirishib normal hayotiy jarayonni buzadi.Gazlar ajralib chiqishi ham inson organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ba’zi gazlar esa havo bilan reaksiyaga kirishib portlash xavfini yuzaga keltirishi mumkin.
3.Elektr qurilmalaridan foydalangandagi xavflar. Tok urishi hamda yong’in chiqishlar bo’lishi mumkin. Inson organizmi uchun 36 V dan baland kuchlanish xavfli bolishi mumkin. Kuchlanish ortishi hisobiga inson o’lishi mumkin. Yong’in xavflari esa inson uchun yomon xavflardan biri hisoblanib, buning oqibatida hamma narsa jumladan metallar ham yonishi mumkin.
4.Metallarni payvandlashda yoydan chiqadigan ultrabinafsha va infraqizil nurlar ko’zni qamashtirishi. Infraqizil nurlar (760 dan – 3400 mmk gacha) ko’z pardalarini yallig’lashi oqibatida inson ko’z organlarining faoliyati susayadi. Bunday holatlar payvandlash jarayonida juda ko’p ro’y beradigan holatlardan biridir. Ultrabinafsha va infraqizil nurlar ko’zga yomon ta’sir qiladi. Bu nurlarning ta’sirida ko’zning ichki qismi qizarib ketadi, yoshlanadi va achishtiradi. Bunday holatlar ro’y bermasligi uchun payvandlash ishlarini doimo himoya vositalari bilan bajarish zarur.
5.Payvandlash ishlarini bajarish paytida sex ichida bo’ladigan( har xil buyumning sinishi, e’tiborsizlik oqibatida yuzaga keluvchi xavflar, texnika, transport vositalaridan keladigan va boshqa xavflar) xavflar. Bularning oqibatida inson hayot faoliyati tugashi yoki butun umrga nogiron bo’lib qolishi mumkin. Masalan, yig’ish jarayonida qoziqli baraban vali komplektlash moslamasiga noto’g’ri o’rnatilishi oqibatida ish jarayonida val qo’zg’alib tushib ketishi mumkin. Bunda ishchi jarohat olishi mumkin.
|