• 2.Zararli gazlar va aerozollar bilan zaharlanishning oldini olish.
  • Mashinasozlik texnologiyasi




    Download 5,23 Mb.
    bet50/60
    Sana24.04.2021
    Hajmi5,23 Mb.
    #14245
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60
    Xavflarni oldini olish:

    1.Erigan metall va shlakning tomchilaridan himoya qilish.

    Yoy bilan payvandlashda hosil bo’ladigan erigan metall tomchilarining temperaturasi 1800°S gacha yetadi, bunday temperaturada esa har qanday gazlamadan tikilgan kiyim-bosh ishdan chiqadi. Bunday tomchilardan himoya qilish uchun korjomalar (shimlar, kalta kamzullar, qo’lqoplar)ni brezent yoki maxsus gazlamadan tikiladi.



    2.Zararli gazlar va aerozollar bilan zaharlanishning oldini olish.

    Yoyning yuqori temperaturasi (6000- 8000°S) ta'sirida payvandlash simi, qoplamalar, flyuslarning bir qismi albatta bug’simon holatga keladi. Bu bug’lar sex atmosferasiga o’tib, kondensasiyalanadi va kondensasiya aerozollariga aylanadi, aerozolning zarralar dispersligi jihatidan tutunlarga yaqin bo’lib, payvandchilarning nafas olish sistemasiga osongina kiradi. Bu aerozollar payvandchi mehnatining asosiy kasbiy xavfi hisoblanadi. Payvandchi nafas oladigan zonadagi chang miqdori asosan payvandlash usuli va payvandlanadigan materiallarga bog’liq, biroq ma'lum darajada konstruksiya tipiga ham bog’liq.

    Yoy bilan payvandlashda chang bilan birga gazsimon mahsulotlar - azot, uglerod oksidlari ham hosil bo’ladi va ajralib chiqadi; "B" qoplamali elektrod va flyus qatlami ostida payvandlashda ftorli birikmalar hosil bo’ladi. Payvandchilarning sog’ligi uchun ayniqsa marganes aerozollari xavflidir, chunki marganes bilan zararlanish markaziy nerv sistemasining uzoq muddatli va surunkali shikastlanishiga olib kelishi va falaj qilib qo’yishi mumkin.Rux, qo’rg’oshin, xrom angidrid bug’lari og’ir zararlanishga va hatto surunkali kasalliklarga olib kelish ehtimoli bor. Changlarning o’pkalarda uzoq muddat o’tirishi pnevmokonikoz kasaliga olib keladi.

    Aytib o’tilgan hamma shikastlanishlar xavfsizlik texnikasining umumiy va mahalliy ventilyasiyani ta'minlash, ayniqsa rangli metallar va ularning qotishmalarini payvandlashda individual himoya vositalari (niqob, respiratorlar)dan foydalanishga oid qoidalari qo’pol ravishda buzilgan hollarda payvandlash ishlari olib borilganda, shuningdek, yetarlicha ventilyasiya qilinmagan tor, berk bo’lmalarda payvandlashda va hokazolarda yuz beradi.

    Payvandlash ishlarini bajarishda ventilyasiya sohasiga qo’yiladigan qattiq talablar bor. Stasionar postlarda va agar iloji bo’lsa, nostasionar postlarda payvandlash aerozollarini tutib qolish uchun mahalliy so’rish shkaflari, bir tekis so’radigan vertikal yoki qiya panellar, panjara ostidan so’rib oladigan stollar va boshqalar o’rnatish kerak. Konduktorlarda, manipulyatorlarda va shu kabilalarda

    katta gabaritli seriyali konstruksiyalarni payvandlashda mahalliy so’rish qurilmalarini bevosita shu moslamalarning ichiga o’rnatish zarur. Berk va yarim berk joylarda (bo’lmalarda) nostasionar payvandlash postlarida ishlashda ejektor

    tipidagi mahalliy so’rish qurilmalari, yuqori vakuumli qurilmalardan foydalanib, bitta payvandlash postidan 400-500 m3/soat hajmdagi, lekin kamida 100- 150 m3/soat hajmdagi havoni chiqarib tashlashni amalga oshirish zarur, bu havoning ifloslanishining yo’l qo’yiladigan darajasini ta'minlaydi.


    Download 5,23 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60




    Download 5,23 Mb.