Mehnat gigienasi
Mehnat gigienasini tashkil etishda birinchi navbatda ishlab chiqarish binosi ichidagi mikroiqlimni to’g’ri tashkil etish kerak. Buning uchun sex ichidagi havo aylanishi yuqori darajada bo’lishi lozim. Ma’lumki sexda ko’p ishchilar ishlaydi, ular mehnat qilishi jarayonida o’zlaridan energiya ishlab chiqaradi, bu esa sex ichidagi mikroiqlimga ta’sir etadi. Sex ichidagi kislorod miqdorini yetarli darajada bo’lishi muhim hisoblanadi. Agar havo aylanishi yaxshi bo’lmasa, bu holat ishchilar sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va bu esa o’z navbatida ish unumiga ham ta’sir qiladi. Men loyiham bo’yicha konstrusiyani yig’ish va payvandlash ishlari uchun sexda jami 26 ta ishchi ishlaydi. Birinchi navbatda ular uchun sexda zaruriy mikroiqlim sharoitini yaratish zarur.
Bajariladigan ishlarning turiga qarab ish joylaridagi mikroiqlim qat’iy belgilab qo’yilgan. Standartlar tizimi “Ish mintaqalari mikroiqlimi” GOST 12.1005-76 ga asosan belgilangan. Ular gigienik, texnik va iqtisodiy negizlarga asoslangan. Ishlab chiqarish korxonalaridagi binolar, yil fasllari va ish toifalariga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan me’yorlari belgilangan.
Qoziqli baraban korpusini yig’ish va payvandlash korxonasidagi ishlar og’ir jismoniy ishlar toifasiga kiradi. Og’ir jismoniy ishlar (3-toifa) muntazam jismoniy zo’riqish, (10 kg dan ortiq) muttasil yukni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish va ko’tarish bilan bog’liq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293 J.s) dan yuqori bo’ladi.
|