Og’ir jismoniy ishlar uchun ishlab chiqarish xonalari, ish joyidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligining me’yorlari
yil fasli
|
Havoning harorati ºC
|
nisbiy namligi, %
|
Havoning harakat tezligi, m/s
|
sovuq
|
16-18
|
60-40
|
0.3
|
iliq
|
18-21
|
60-40
|
0.5
|
issiq
|
20-30
|
60-30
|
0.5-1.0
|
Payvandlash jarayonida turli xil zararli gazlar va aerozollar ajralib chiqadi. Buni oldini olish uchun birinchi navbatda payvandlovchi zarur himoya vositalaridan foydalanishi lozim. Bundan tashqari payvandlash postida zararli gazlarni so’rish qurilmalari bo’lishi lozim.
Shaxsiy himoya vositalari -asosan inson tana a’zolari ( nafas olish yo’llari, yuz, ko’z, bosh, eshitish a’zolari, teri va boshqalar.) himoyalovchi vositalarga bo’linadi.Shaxsiy himoya vositalari qo’llanilishiga qarab bir necha sinflarga bo’linadi.
1.Himoya kostyumlari(pnevmo,gidrokostyum,skafandrlar).
2.Maxsus kiyimlar( kurtkalar, shimlar, kostyumlar, xalat, fortyuk, nimcha va palto’lar).
3.M axsus oyoq kiyimlar ( etik, yarim etik, botinka, kalish va boshqalar).
4.Boshni himoyalash vositalari (kaska, shlem, shapka, qalpoq va shlyapalar).
5.Qo’lqoplar, ko’zoynaklar, shovqindan himoyalovchi vositalar, himoya tasmalari, poyondoz qo’l ushlagich va boshqalar.
6.Teri a’zolarini saqlovchi dermotologik vositalar ( sovun, pasta, krem va mazlar).
7.Odam boshini mexanik va elektr tokidan himoyalovchi vositalar.
Pаyvаndchining ish o‘rni yaxshi yoritilgаn bo‘lishi kеrаk. Kаbinаlаrdа, yig‘ish mаydоnchаlаridа vа аyniqsа sig‘imlаr (idishlаr) ichidа ishlаgаndа elеktr xаvfsizligigа аsоsiy e’tibоrni qаrаtish zаrur, yoyni tа’minlаsh mаnbаlаri, drоssеllаr, biriktirgich-аjrаtgich kоrpuslаri, pаyvаndlаsh stоllаrini yеrgа ulаshning аmаldаgi mе’yorlаri vа qоidаlаrigа qаt’iy аmаl qilish zаrur. Sig‘imlаr ichidа pаyvаndchi himоyalоvchi kuzаtuvchi bilаn ishlаshi kеrаk.
|