Xulosa va takliflar
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, paxta sanoati O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy tayanchlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, paxtani dastlabki ishlash sohasida keyingi yillarda davr talabiga ko’ra yuz berayotgan o’zgarishlar, joriy etilayotgan yangi texnika va texnologiyalar, paxtani dastlabki ishlashda ko’proq va sifatli tola ishlab chiqarish bilan tannarxini kamaytirish ishlari olib borilmoqda. Sifatli paxta tolasi olish paxta tozalash korxonalaridagi tozalash mashinalarining sozligiga bevosita bog’liq.
Men bu bitiruv malakaviy ishimda paxta tozalash korxonalarida ishlatiladigan qoziqli baraban korpusini yig’ish va payvandlashni loyihalash bo’yicha ish olib bordim. Paxtani iflosliklardan tozalashda qoziqli baraban asosiy konstruksiya hisoblanadi. Konstruksiyani yig’ish va payvandlash ishlarini loyihalashdan oldin konstruksiya materialini o’rganib chiqdim. Undan so’ng korpus materialining xossalariga va payvandlanuvchanlik xususiyatlaridan kelib chiqib payvandlash usulini tanladim. Payvandlash usulini tanlashda ikki xil usulni solishtirib, eng samaralisini tanlab oldim. Shu alohida aytish kerakki, konstruksiyani yig’ish va payvandlashda eng ko’p vaqt qoziqchalarni korpusga payvandlash ishlariga sarf bo’ladi. Shuning uchun quyidagi takliflarim mavjud: payvandlash ishlarini osonlashtirish maqsadida yangi payvandlash moslamasini yaratdim. Bu moslama qoziqchalarning korpusga perpendikulyar va bir-biriga nisbatan parallel payvandlanishini ta’minlaydi, payvandlash uchun vaqt kamroq sarf bo’ladi va payvandlash jarayoni ham osonlashadi.
Bir so’z bilan aytganda, bitiruv malakaviy ishimni bajarishda paxta tozalash jihozlari va uskunalari haqida juda ko’p yangi ma’lumotlarga ega bo’ldim va shu o’rinda to’rt yil davomida olgan bilimlarimni yanada mustahkamlab oldim.
|