Karbonat angidrid muhitida avtomatik va yarim avtomatik
payvandlab qoplash. Karbonat angidrid muhitida qoplash bir qator muxim
afzalliklarga ega. Ulardan asosiylari flyus ostida avtomatik payvandlashga nisbatan
yuqori unumdorligi (18...20 sm2/min) va yuqori qoplash koeffitsientiga egaligi.
Ushbu usul bir qator texnologik afzalliklarga ega:
1.qoplash jarayonini kuzatib turish mumkinligi;
2.jarayonni to’xtatmasdan bir necha vallarni qoplash mumkinligi;
3.kichik diametrli detallarga qo’llash mumkinligi;
4.yupqa qatlam (0,8...1,0 mm) qoplash mumkinligi.
5.Kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
6.katod elementlarining kuyib, bug’lanib ketishi;
7.erigan metal vannasida vodorod va azot bug’langanligi tufayli chokda
8.g’ovaklar xosil bo’lishi;
9.elektrod materiallarining ko’p qismi (10...15 % gacha) sachrab ketishi;
10.yuqori qattiqlikka ega bo’lgan qatlamni faqat yuqori legirlangan sim yoki
kukunli sim va keyinchalik, termik ishlov berish bilan olish mumkinligi.
|